Matlubot kooperativi - fuqarolar va yuridik shaxslarning a’zolik asosda ishtirokchilarning mulkiy va boshqa ehtiyojlarini qanoatlantirish maqsadida, o’z a’zolarining mulkiy payli badallarini birlashtirish yo’li bilan amalga oshiriladigan ixtiyoriy birlashuvidir.
Matlubot kooperativining nomi uning faoliyatining asosiy maqsadini ko’rsatilishi, hamda yoki “kooperativ” so’zi yoki “matlubot ittifoqi” yoxud “matlubot jamiyati” so’zlariga ega bo’lishi kerak.
Matlubot kooperativining o’zi tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlari qonun va nizomga muvofik uning a’zolari o’rtasida taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |