Assotsiasiya (uyushma) a’zolari o’zlarining mustaqilliklari va yuridik shaxs huquqlarini saqlab qoladilar Assotsiasiya a’zolari uning majburiyatlari bo’yicha assosiyasiyaning ta’sis hujjatlarida ko’zga tutilgan miqdor va tartibda subsidiyali javobgarlikka egalar.
Shuni ta’qidlash kerakki, assosiyasiyalar va uyushmalarda, boshqa tashkiliy tuzilmalarga nisbatan, birlashgan ishtirokchi tashkilotlarning erkinligi va tashabbusi cheklanmaydi, ularda ishtirok etishdan aniq foyda ko’zda tutiladi, ayrim tashkilotlarning mustaqilligi xo’jalik vazifalarni
bajarishdagi jamlanish afzalliklari bilan muvofiq ravishda biriktiriladi.
Joriy vazifalarni amalga oshirish uchun assosiyasiya ishchi idoralar va apparatga ega bo’lishi kerak, ular unga kiruvchi tashkilotlarga nisbatan yuqorida turuvchi bo’lmaydilar, balki assosiyasiya a’zolari tomonidan o’ziga barilgan vazifalarni bajaradilar.
Jahon va mamlakatimiz iqtisodiyotida sodir bo’layotgan o’zgarishlarning ta’siri ostida tashkilotlarni integrasiyalashuvining yangi shakllari paydo bo’ladilar, ular tashkilotlarning raqobatbardoshligini oshiradilar va ularni inqirozli holatdan chiqishiga ko’maklashadilar.
Bunday tashkilotlar – birlashmalar maqsadlari, ishtirokchilar o’rtasidagi xo’jalik munosabatlarining xarakteri, ularga kiruvchi tashkilotlarning mustaqiligi darajasiga ko’ra farqlanadilar. Ularga kartellar, sindikatlar, pullar, trestlar, konsernlar, konsorsiumlar, sanoat xoldinglari, moliyaviy guruhlar kiradilar.
Tadbirkorlar uyushmalari har xil o’lchamlar va mulkchilik shakllaridagi kompaniyalarni birlashtiruvchi ixtiyoriy kooperasion bitimlar asosida tashkil qilinadilar. Bu yetarlicha egiluvchan tuzilma bo’lib, unga kiruvchi tashkilotlarga o’z harakatlarini muvofiqlashtirish, yangi sheriklarni jalb qilish, hatto bir birlari bilan raqobat qilish imkoniyatini beradi.
Ayniqsa ma’lum xududlarda klasterga(inglizchadan tarjima qilinganda – bu guruh, to’planish, jamlanish) birlashgan kompaniyalarning tadbirkorlik uyushmalari katta foydalarni beradilar, ular bu kompaniyalarga u yoki bu raqobat afzaliklarini beradilar (masalan, kerakli axborotlar, aloqa va telekomunikasiyalar vositalari, jihozlangan ishlab chiqarish maydonchalari va h.k.). Buning uchun shaharlar yoki boshqa ma’muriy –xududiy birliklarda joylashgan yirik sanoat xududlari va mamlakat xududini qayta tashkil qilinishi munosabati bilan mavjud bo’sh quvvatlardan foydalanish mumkin. Xuddi shu yerlarda kompaniyalarning klasterlarini tashkil qilish foydalidir, ularda eng boshidan faoliyatning ma’lum sohalaridagi kompaniyalar o’rtasidagi kasbga egalik, san’at infratuzilmali ta’minot va axborotli o’zaro aloqalarning jiddiy miqdori jamlangan bo’lishi mumkin. Kompaniyalarni uyushmalarga birlashtiruvchi bunday sohalar sifatida quyidagilar bo’lishi mumkin: uy uchun tovarlar ishlab chiqarish, sog’liqni saqlash, maishiy mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bog’liq har xil sohalar va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |