KORXONA LOYIHALARNING EKOLOGIK EKSPERTIZASIGA ASOSLANGAN TADBIRLAR NIMALARNI O’Z ICHIGA OLADI.
Korxona loyihalarining ekologik ekspertizasiga asoslangan tadbirlar quyidagilarni o’z ichiga oladi. shahar hududini zonalarga bo’lish. tabiiy changlarga qarshi kurashish.
sanitariya ximoya chegaralarini tashkil qilish.
turar joylarni kukalamzorlashtirish.
Loyihalashga asolangan tadbirlar asosan chiqindi iflosliklar atmosfera xavosida tarqalish qonuniyatlariga rioya qiladi. Sanoat korxonalarini shahar hududida oqilona joylashtirish ular majmuilarini tashkil qilish shahar bosh loyihasi va tumanlar loyihalariga hamda sanitariya normalariga asoslanishi kerae. Sanoat korxonalarini ko’rish uchun yer maydonlari ajratishda joylarning relfi, iqlim sharoiti, tumanlar paydo bo’lishi, tabiiy shabadalar esib turishi va sanoat korxonalaridan ajralib chiqadigan chiqindilar atmosferaga tarqalishi qonuniyatlari nazarda tutiladi. Shahar hududini mintaqalarga bo’ltgan shamol yo’nalishini hisobga olish katta ahamiyatga ega. Odatda sanoat korxonalarini yaxshi shamolllatadigan joylarga qurish turar joylarni tutun va dudlardan asraydi. Shamol yo’nalishini hisobga olganda o’rtacha yillik shamol yo’nalishi bilan birga uning yil fasllaridagi o’zgarishlari hisobga olinsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Odatda sanoat korxonalari joylangan erlarda noxush holatlar ayniqish faslida qattiq sovuq yoki yuqori darajadagi namlik pallalarida atmosferaning yer yuza qatlamlarida ifloslanishlar yuqori darajada bo’ladi. Shahar hududida tabiiy changlarga qarshi kurashishi choralari, obodonlashtirish bilan ham bog’liqdir. Bulardan tashqari shahar hududida tabiiy changlarga qarshi kurashish xo’jalik chiqindilari yig’ilib qolishiga yo’l quymaslik lozim, bunda sanitariya nazorati organlarining tadbirkorlik bilan olib borgan faoliyati muxim ahamiyat kasb etadi. Yig’ilib qoladigan chiqindilar yuqumli kasalliklar manbai hisoblanadi. Bu borada turar joylar bilan sanoat korxonalari joylashgan mintaqa oralig’ida ximoya masofasi bo’lishi kerak. Aholi turar joylari bilan ifloslantiruvchi manbalar oralig’idagi masofaning katta-kichikligi sanoat korxonalaridan atmosferaga tashlanadigan chiqindi moddalarning zaxarlilik darajasi, maxsus texnologik jarayonlar va xokazolarga ham bog’liq bo’ladi. MDH mamlakatlarida sanitariya ximoya mintaqasi beshta sinfga beshta sinfga bo’linadi. 1-sinf tegishli sanoat korxonalarining sanitariya ximoya masofasi ifloslantiruvchi manbadan aholi turar joylari chegarasigacha 1000 m, 2-sinf korxonalari uchun ximoya masofasi 500 m.
3-sinf sanoat korxonalari uchun ximoya 300 m 4-sinf sanoat korxonalari uchun ximoya 100 m 5-sinf sanoat korxonalari uchun ximoya masofasi 50 m.
Ayrim xollarda ushbu himoya masofalarini uzaytirish yoki qisqartirish zarur bqolganda chegenistlar tegishli davlat idoralari qaroriga asosan ularni 3 marta kengaytirishi yoki qisqartirishi mumkin. Daraxtlar zaxarli moddalarga qarshi tabiiy to’siq vazini muvofaqqiyatli o’tay olishi fanga ko’pdan ma’lum. Chang, aerozol va boshqa tasirlangan moddalarni engil qalqonlik vazifasini o’lltgan o’simliklar atmosferadan singdirib oladilar, ularni xatto zararsiz holatga keltirishlari mumkin. Daraxtzorlar va ko’kalamzorlarning atmosfera havosini chang hamda turli zararli omillardan himoya qilish qobiliyati olimlar tomonidan tasdiqlangan. Yashil mintaqalarning bo’lishi atmosfera havosidagi chang miqdorini 2-3 marta kamaytiradi. Olingan ma’lumotlarga qaraganda daraxtlar havodagi sulfid angidrid gazini singdirib oladi va sulfatlarga aylantiradi. Ko’rinib turibdiki qalqonlar changlarnigina emas, balki zararli gazlarni ham o’ziga singdirib olib, zararsizlantiradi, shu bilan mexanik va ximoyaviy filtrlik vazifasini o’taydi. Biroq mintaqalarni tashkil qilishda aloxida etibor berish kerak bo’lgan masalalar bor. Yashil to’siqlarni barpo etishda zararli gazlarga, kislota va ishqorlarga chidamli daraxt ko’chatlarni o’tqazish katta axamiyat kasb etadi. Shuni aytish kerakki, sanoat korxonalari bo’lib, atmosfera havosining ifloslanish darajasi yuqori bo’lgan, joylarga mevali, rezavor o’simliklar ekmaslik maqsadga muvofiqdir. Chunki o’ta ifloslangan havo muhitida etishtirilgan mevalarning tarkibida zaxarli omillarning salmog’i ko’p bo’ladi. Sanitariya himoyasi mintaqasining 70% i daraxtzorlar bo’lishi mumkin. Masalan 1-2-3 sinflarga taalluqli sanoat korxonalari uchun 10% maydon birorta obekt (garaj, kirxona, oshxona va xokazo) qurilishiga 20% maydoni esa yo’l va yo’lka qurish uchun foydalaniladi. Sanoat korxonalarining 4 va 5 sinflarga taalluqlilari bilan aholi istiqomat qiladigan turar joylar oralig’ida himoya masofasi ochiq qoldirib, uni o’tloqlarga, daraxtzorlarga aylantirish maqsadga