NAMUNA
_______________________________________________________
______________________________________________________
o‘tkazilgan yong‘in texnik tekshiruv
D A L O L A T N O M A S I
20__ yil « » ________ _________ shahri
Biz quyidagi imzo chekuvchilar __________________________________ hamda ________________________________________________________ bilan birgalikda O‘zR NOFMKning ______yil ___________dagi ____-sonli yig‘ilish bayonining ilovasi va _________________________________________ boshlig‘ining _________ yil __________dagi ___-sonli buyrug‘i talablarini bajarish maqsadida, _____________shahar _______tumani _______________da joylashgan bino va uning hududining yong‘inga qarshi holati tekshirib chiqib, quyidagilarni aniqladik, jumladan;
- hudud yong‘inga qarshi qalqonlar bilan ta’minlangan;
- xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalar o‘tkazilgan;
- Yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida buyruq orqali xar bir sex, ombor va xonalarga javobgar shaxslar tayinlangan hamda boshqa tadbirlar amalga oshirilgan.
Shuningdek, tekshiruv davomida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish xollari aniqlandi, ya’ni-
- ishlab chiqarish, ma’muriy, omborxona, yordamchi bino va inshootlar (Suv tozalash xonasi, laboratoriya binosi, kuyish sexi omborxona sifatida ishlatilayotgan xonasi, shisha idish sexida, vino moddalarni saqlash sexi binosida) yong‘inni sezuvchi va xabar beruvchi moslamalari bilan jihozlanmagan;
- yong‘inni sezuvchi va xabar beruvchi moslamalarini nazorat qiladigan shaxslarni tayinlash bo‘yicha korxona rahbarining buyrug‘i ishlab chiqilmagan;
- Ishlab chiqarish, ma’muriy, omborxona, yordamchi bino va inshootlarda (Quyish va yuvish sexlarida, shampan quyish sexida, tayyor mahsulotlarni saqlash omborxonasida)o‘rnatilgan yong‘inni sezuvchi va xabar beruvchi moslamalari ta’mirlanmagan;
- korxona hududi, ishlab chiqarish, ma’muriy, omborxona, yordamchi bino va inshootlar me’yor talablari asosida yong‘in o‘chirish vositalari bilan ta’minlanmagan;
- hudud, sexlar va xizmat xonalariga yong‘in yoki favqulodda holat vaqtida ishchi xizmatchilarni tovushli ogohlantiruvchi moslamalari o‘rnatilmagan;
- barcha elektr sim va kabellari himoya qobig‘i laboratoriya usulida tekshiruvdan o‘tkazilmagan;
- obyektdagi barcha yong‘in o‘chirish asbob-uskunalar va ichki yong‘in o‘chirish jo‘mragi GOST 12.2.037 (Texnika pojarnaya. Trebovaniya bezopasnosti), GOST 12.4.009 (Pojarnaya texnika dlya zaщitы obyektov) talablari asosida quti bilan ta’minlanmagan va GOST 12.4.026 (Sveta signalnыe. Znaki bezopasnosti) talablari bo‘yicha qizil rangga bo‘yalmagan;
- kozonxonadagi elektr yoritish chiroqlari «Elektr uskunalarini o‘rnatish qoida» (EUO‘Q) talablari asosida bajarilmagan, hamda elektr yoritgichlari yopiiq turlarida qilinmagan;
- isitish qozondagi avtomatikasiga nostandart rezina shlanglari o‘rnatilgan;
- qozonxonada yong‘in va boshqa favqulodda hodisa vaqtida insonlarni va moddiy boyliklarni qutqarish rejasi ishlab chiqilmagan va ko‘rinarli joyiga urnatilmagan;
- havo haydash xonasida joylashgan chiqindilari olib tashlanmagan;
- havo haydash xonasida elektr yoritish chiroqlari himoya plafonlar bilan berkitilmagan hamda elektr simlar «EUO‘Q» talablari asosida o‘tkazilmagan;
- suv tozalash xonasi yong‘inni sezuvchi va habar beruvchi moslamalari bilan jihozlanmagan, elektr yoritish chiroqlari himoya plafonlar bilan berkitilmagan hamda elektr simlar «EUO‘Q» talablari asosida o‘tkazilmagan;
- laboratoriya binosi yog‘och qurilish qismlariga yonish xususiyatini pasaytiruvchi kimyoviy suyuqlik bilan ishlov berilmagan hamda shiftga o‘rnatilgan «plastik» olib tashlanmagan;
- qo‘yish va yuvish sexlarida elektr yoritish chiroqlari himoya plafonlar bilan berkitilmagan hamda elektr simlar «EUO‘Q» talablari asosida o‘tkazilmagan;
- qo‘yish va yuvish sexlaridagi yordamchi xonasida vaqtinchalik o‘tkazilgan elektr simlardan foydalanilmoqda hamda har xil chiqindilaridan tozalanmagan;
- quyish sexi omborxona sifatida ishlatilayotgan xonasi yong‘inni sezuvchi va xabar beruvchi moslamalari bilan jihozlanmagan hamda elektr yoritish chiroqlari, sim va kabellari «Elektr uskunalarini o‘rnatish qoida» talablari asosida bajarilmagan;
- quyish sexi omborxona sifatida ishlatilayotgan xonasida yog‘och qurilish qismlariga (stellaj) yonish xususiyatini pasaytiruvchi kimyoviy suyuqlik bilan ishlov berilmagan, saqlanayotgan tovar moddiy boyliklarni tartibga rioya etimagan;
- eski kleyevarka xonasi chiqindilaridan tozalanmagan;
- quyish va yuvish sexlaridagi qutqaruv yo‘laklari devorga o‘rnatilgan yog‘och qoplama olib tashlanmagan hamda zaxira eshigi turli xildagi jihozlar bilan tusib quyilgan;
- yong‘in va boshqa favqulodda hodisa vaqtida insonlarni va moddiy boyliklarni qutqarish rejasi ishlab chiqilmagan;
- bioximik omborxonasi me’yor talablari asosida yong‘in o‘chirish vositalari bilan ta’minlanmagan;
- bioximiya omborxonasidagi elektr tokni taqsimlash qutilarida qo‘lbola elektr saqlagichlardan (juchok) foydalanilmoqda, operator xonasida vaqtincha o‘tkazilgan elektr simlardan foydalanilmoqda, elektr yoritish chiroqlari himoya plafonlar bilan birkitilmagan hamda elektr simlar «EUO‘Q» talablari asosida o‘tkazilmagan;
- tayyor mahsulotlarni saqlash omborxonasida o‘rnatilgan elektr chirog‘ini yokish moslamalari tashqariga ko‘chirilmagan, ichki yong‘in o‘chirish jo‘mraklari yeng bilan to‘liq ta’minlanmagan, hamda omborxonasidagi shamolatish tizimi nosoz holatda;
- vino modalarni saqlash sexi binosida elektr taqsimlash kutisi ximoya qopqoqlari bilan berkitilmagan;
- vino modalarni saqlash sexi binosidagi omborxonasida o‘rnatilgan elektr chirog‘ini yokish moslamalari tashqariga ko‘chirilmagan;
-korxona hududida va xizmat xonalarida sigareta chekilishi taqiqlanmagan;
Tekshiruv jarayonida korxonaning barcha ishchi xizmatchilari bilan imzo quyilish yo‘li orqali suhbat va yo‘riqnomalar o‘tkazildi.
Mazkur dalolatnomada va yozma ko‘rsatmasining bandlari ijrosi yuzasidan nazorat tartibidagi tekshiruv _________ yilning _______ oyida o‘tkaziladi.
___________________________________ ____________ __________________
(Daloatnoma tuzgan) (imzo) (F.I.O.)
__________________________________ ____________ _________________
(Korxona rahbari ) (imzo) (F.I.O.)
Tanishdim va bajarish uchun nusxasini oldi
___________________________________ ____________ _________________
(Korxona rahbari ) (imzo) (F.I.O.)
Do'stlaringiz bilan baham: |