ATMOSFERA HAVOSINING IFLOSLANISH SABABLARI VA OQIBATLARI.
Shuni aytish kerakki, sanoat korxonalari bo’lib, atmosfera havosining ifloslanish darajasi yuqori bo’lgan, joylarga mevali, rezavor o’simliklar ekmaslik maqsadga muvofiqdir. Chunki o’ta ifloslangan havo muhitida etishtirilgan mevalarning tarkibida zaxarli omillarning salmog’i ko’p bo’ladi. Sanitariya himoyasi mintaqasining 70% i daraxtzorlar bo’lishi mumkin. Masalan 1-2-3 sinflarga taalluqli sanoat korxonalari uchun 10% maydon birorta obekt (garaj, kirxona, oshxona va xokazo) qurilishiga 20% maydoni esa yo’l va yo’lka qurish uchun foydalaniladi. Sanoat korxonalarining 4 va 5 sinflarga taalluqlilari bilan aholi istiqomat qiladigan turar joylar oralig’ida himoya masofasi ochiq qoldirib, uni o’tloqlarga, daraxtzorlarga aylantirish maqsadga muvofiqdir.
Sanitariya himoya mintaqasidagi daraxtlarga eng ko’p zarar etkazadigan tasirlangan moddalar, kimyo ko’mir qora va rangli metallurgiya sanoatlari korxonalaridan ajralib chiqadigan sulfit, sulfat angidridi, vodorod sulfit, ftor, ammiak, sulfat, azot, brom kislotalari va boshqalardir. Sanitariya himoya mintaqasida 4 va 5 sinflarga talluqli obektlar - o’t o’chirish deposi, xammom, kirxona, garajlar, omborlar, o’quv yurtlari, laboratoriyalar, avtomobil turar joylari va xokazolar joylashtirilishi mumkin. Bu mintaqada atmosfera havomini qushimcha ifloslantiruvchi obektlarni joylashtirishga ruxsat etilmaydi. Shuningdek be erda sport klublari va inshootlari, bog’lari bolalar bog’cha va yasmilari, maktablar davolash va profilaktika hamda sog’lomlashtirish muassasalarining joylashishiga ham ruxsat berilmaydi. Shaxarlar atmosfera havosiga maxallalardagi daraxtzorlar bog’lar va kukalamzorlar ijobiy tasir ko’rsatadi. Hozir dudburon yurilarning 180-220 metr baland qilib qurilishi havo ifloslanishining 10 km va undan ham uzoqroq masofaga tarqalishiga sabab bo’ladi. Umuman sanoat korxonalaridan tarqaltgan chiqindilarning ma’lum bir qonuniyat asosida bo’lishini hisobga olib, bazi korxona uchun model holatlarini tashkil qilib, tegishli hisoblar yordamida yaqin kelajakda atmosfera havosining sanitariya nazaridan ifloslanishini oldindan aytib berish va choralar ko’rish mumkin.
Yaratilgan loyiha va turli xujjatlarda shunday hisob-kitoblarning bo’lishi sanitariya vrachlari kelajakda bo’ladigan holatlarni aniqlashda katta yordam beradi.
Biroq, bunday materiallar yer relfining tekisligiga va havo qatlami haroratlari bir xil bo’lishiga bog’liqdir. Tog’lik, tepalik baland va past relfli joylarga bundayanillardan foydalanish va hisob ishlarini olib borish katta xatoliklarga olib keladi. Atmosfera havosining yer yuzasiga yaqin qatlamlarida ifloslantiruvchi moddalar kontsentratsiyasining kam yoki ko’p bo’lishiga havo harakatidagi kotekis yo’nalishlar sabab bo’ladi. Masalan, plastik joylarda havo harakatining ancha sekinligi xatto to’xtab, qolishi ham kuzatiladi. Sanitariya vrachi loyihadagi damelarni atrofiga, to’la-to’kis hisobga olib tegishli tadbirlar ishlab chiqishga yo’l ochadi. Loyihalarni yoki ularning materiallarni ko’rikdan o’tkazayotganda, shuningdek chiqindi ajratadigan manbalarni hisobltganlarida sanoat korxonalarining yillik ish rejalarini va eng ko’p chiqindi chiqadigan vaqtdagi sanitariya holatlarini nazarda tutmaqlari lozim. Masalan, markaziy issiqlik quvvati ishlab chiqaruvchi qozonlari uchun eng qulay davr haroratining past vaqtidir, chunki kun isib ketganida yoqilg’i ishlatish rejimi ancha pasayadi.
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |