Darsni borishi
Har bir madaniyatni noyob va betakror hodisa sifatida o`rganadi; shuningdek, turli madaniy jarayonlarni o`zaro taqqoslaydi, ularning o`zaro munosabati va o`zaro ta`sirini, zamon va makondagi farqlarini, madaniy taraqqiyotidagi o`ziga xos va umumiy jihatlarini tadqiq etadi. Areologlar, antropologlarning XX asrda olib borgan bir qator tadqiqotlari madaniyat terminiga yangi ma`no yukladi. Antropologlarning kuzatishlariga ko`ra, Avstaraliyaning tub xalqlari yoki Afrika bushmenlari orasida ibtidoiy qonunlar bo`yicha yashaydigan qabilalar bor. Ularda opera teatrri ham, suratlar ko`rgazmasi ham yo`q. Lekni bu qabilalarni dunyoning tsivilizatsiyalashgan xalqlari bilan bog`lab turadigan mezonlar va qadriyatlar tizimi bor. O`sha mezon va qadriyatlar ularning tili, qo`shiqlari, raqslari, urfodatlari, an`ana va xulqatvor tarzidir. Shular yordamida hayotiy tajriba tartibga solinadi, odamlar o`rtasidagi munosabat yaxshi tomonga o`zgaradi. Har ikkala jarayon yo butun jamiyatning yoki jamiyatning ma`lum qismi hayot tarzini ifoda etadi. Kundalik hayotda odamlarning atrofini o`rab turgan moddiy yodgorliklar o`tmish madaniyatni yoki madaniy merosni tashkil qiladi. Bu xalqlarda urfodatlar, yodgorliklar muqaddas bir narsa sifatida saqlanadi, avloddanavlodga o`tkazilib boraveradi. Zotan, tarixiy madaniyatda an`anaviylik kuchli. Madaniyat jamiyat mahsuli, ijtimoiy hayotning muhim mulki hisoblanadi. Madaniyatsiz jamiyat bo`lmaganidek, madaniyat ham jamiyatdan tashqarida mavjud bo`lmaydi. Murakkab ijtimoiy voqelik sifatida madaniyatning o`ziga xos xususiyati shundaki, u insoniyat ajdodlarining mehnati, bilimlari, dunyoqarashini o`zida aks ettiradi ularni saqlab muntazam boyitib boradi. Madaniyat ijtimoiy hayotning vorisi sifatida qadriyatlarni to`playdi, ularni kelgusi avlodlarga etkazib beradi. Madaniyat ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida jamiyatdagi hodisaning mazmun mohiyatiga va tahlil qilinayotgan ijtimoiy borliqning xususiyatlariga bog`liqdir. Insonlarning xattiharakati, ya`ni ularning ijtimoiy faoliyati madaniy qadriyatlarni, mezonlarni qaror toptirishda asosiy vosita vazifasini, shuningdek, insonlarning ijtimoiy va shaxsiy munosabatlari, shaxslararo va guruhlararo aloqalari shaklida ham ifodalanadi. Shaxs va madaniyat o`rtasidagi munosabat, yuqorida aytib o`tganimizdek, murakkab jarayon hisoblanadi. Shaxsning ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishiga imkon yaratuvchi ruhits va ma`naviy dunyoqarashi ijobiy va salbiy munosabatlari yig`indisidan tashkil topadi. Insonga ishchanlik, fidoiylik, matonat, o`tkir zehn kabi ijobiy fazilatlar bilan birga kaltafaxmlik, yalqovlik, shafqatsizlik, inson manfaatlarini to`g`ri tushuna olmaslik, haqiqiy qadriyatlarni soxtasidan ajrata bilmaslik illatlari ham xosdir. Shuning uchun madaniyatni nafaqat qadrlash va saqlash, balki unga tanqidiy munosabatda bo`lish ham talab etiladi.
Uyga vazifa: muhokama qilish
Sinf rahbari: Sobirova N.M
MMIBDO`: Akkulova G.B
Do'stlaringiz bilan baham: |