- İldiz bug’Zidan birinchi yon shox o’sib chiqqan joygacha bo’lgan qism tana deyiladi. Tananing vazifasi juda kattadir.
- Daraxt tanasidan yon xosil shoxlar va markaziy (lider) shox o’sadi. Markaziy shoxda keyinchalik navbatdagi yaruslar barpo qilinadi. Markaziy tanadan o’sib chiqqan yon shoxlarda birinchi tartib, ikkinchi tartib, uchinchi tartib va xokazo, tartib shoxlar paydo bo’ladi.
- Tana tepasidagi xar tomonga yoyilib o’sgan shox, butok va novdalar daraxtning shox-shabbasi deb ataladi.
- Meva daraxtlarining turiga qarab xosil novdalari xam turlicha bo’ladi. Masalan, olma, nok kabi urug’’li meva daraxtlarida uzunligi 3-5 sm keladigan xalkali meva shoxlari, uzunligi 5-15 sm li meva nayzalari va meva butoklari kabi xosil novdalari bo’ladi. Danakli meva daraxtlarida esa pixlar, dasta novdachalar, хalkasimon novdalar kabi xosil novdalar mavjud (2-rasm).
- Barg bilan qoplangan bir yillik shox novda deyiladi
- Novdadagi xar bir barg qultotidan ko’rtak chiqadi, bular yon ko’rtak deyiladi.
- Novdaning uchida uchki ko’rtak bo’ladi. Yon ko’rtaklarning xammasi xam usavermaydi. Ularning ko’pchiligi pustlok orasida kolib uycudagi ko’rtaklarga aylanadi. Biror sababga ko’ra daraxt shoxlari sinsa yoki kesilsa, uykudagi ko’rtaklardan novdalar o’sib chiqadi.
- Barg. Barg o’simlikning muxim organi bo’lib, unda fotosintez, gaz almashinuvi, transpiraciyadan iborat murakkab kimyoviy jarayonlar sodir bo’ladi. Ba`zi o’simliklarda u oziq moddalar zaxirasi tuplanadigan joy va vegetativ ko’payish organi xisoblanadi.
- Barg, barg plastinkasi, barg bandi va barg yonligidan iborat. U oval, tuxumsimon, nashtarsimon shakllarda bo’ladi. Meva daraxtlarida oddiy va murakkab barglar bo’ladi. Urug’’li, danakli meva daraxtlarining barglari oddiy, yong’oqniki esa murakkabdir.
- Meva. Meva ekinlari mevasi meva kati (perikarpi) va urug’’dan tashkil topgan bo’ladi. Perikarp mevaning tashki qismi bo’lib, u tuguncha va urug’’ devorlarining shakli uzgarishi natijasida xosil bo’ladi. Perikarp xam uz navbatida 3 qismga bo’linadi: tashki (ekzokarp), meva pusti, o’rta (mezokarp), urug’’cha (et) dan va ichki (endokarp) danakdan iborat (3, 4 - rasmlar).
- O’rik, shaftoli, gilos va olcha kabi mevalarning eyiladigan qismi mezokarpdan, citrus o’simliklariniki endokarpdan iborat, bodom, yong’oq, funduk va xandon pistaning mag’Zi iste`mol qilinadi.
- Danak mevalilarda ekzokarp - yumshok, mezokarp - suvli va endokarp
- qattiq bo’ladi. O’rik, shaftoli, olcha, olxuri, gilos, zaytun, kizil va boshqalar danakli mevalarga kiradi.
- Yong’oq, nok va bexining mevasi soxta meva, anjir va tut mevasi tup mevadir.
- Olma, nok va anjir kabi meva daraxtlarining mevasi ba`zan urug’’lanmay - partenokarpik yuli bilan xosil bo’ladi. Partenokarpiya yuli bilan xosil bo’lgan mevalarda urug’’ bo’lmay, balki mevalarida rudimentlar boshlaetichlari yoki faqat yirik urug’’ kobiklari bo’ladi.
- Ba`zi mevalar (apel.sin, limon, mandarin va boshqalar) changlanmasdan meva tugadi. Buni apogamiya deyiladi. Bunday xolda urug’’ mo’rtagi tuxum xujayradan emas, balki vegetativ xujayradan xosil bo’ladi.
- Urug’’ - urug’’ kobig’i, oziq tukimalari (endosperm, ba`zan perisperm) va mo’rtakdan iborat. Mo’rtak esa boshlaetich ildizcha, boshlaetich ko’rtakcha va 2 ta urug’’ palladan tashkil topgan.
Diqqatlarin’iz ushin raxmet !!!
Do'stlaringiz bilan baham: |