DAVLAT QACHON BOY BO’LADI?
“Birinchi navbatda odamlar rozi bo’lsa, boy bo’lsa, shundan keyin davlat manfaati ham ta’minlanadi, davlat ham boy bo’ladi”, deyiladi kitobning 293-betida. Bu bejiz emas. Chunki muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab, O’zbekistonda hamma to’q va farovon bo’lsin, boy bilan kambag’al orasidagi farq borgan sayin kamayib borsin, o’rta sinf – mulkdor, tadbirkor ko’paysin, buning uchun davlat hamma sharoitlarni yaratsin, degan g’oyalarni ilgari surib, ularni amalag oshirish yo’llarini belgilab berdi. Bugun esa ana shu siyosatning amaliy natijalari ko’z o’ngimizda. Ya’ni birgina tadbirkorlik sohasini oladigan bo’lsak, “Bugungi kunda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 56 foizi ana shu sohaga to’g’ri kelayotgani va ish bilan band aholining 75 foizi mazkur tarmoqda mehnat qilayotgani bu fikrni yaqqol tasdiqlab turibdi”
Do'stlaringiz bilan baham: |