Bilib oling:
Ma'nodosh so'zlarni to'g'ri qo'llay bilish gap mazmunining aniq, ifodalanishini, nutqning noo'rin takrorlardan xoli bo'lishini ta'minlaydi. Ma'nodosh so'zlar qatorini to'g'ri tuzish, undagi bosh so'zni ajrata olish muhimdir. Masalan: osmon, ko'k, gumvaz so'zlarida osmon so'zi, shirin, mazali, lazzatli, xushta'm ma'nodoshlarida shirin so'zi bosh so'zdir.
Shakldosh so'zlar so'z san'atining ta'sirchan vositasidir. Bunday so'zlarni o'rinli qo'llash orqali so'z oyinlari, askiya, payrovlar yaratiladi, mumtoz she'riyatdagi tuyuq janri shakldosh so'zlarga asoslanadi. Matn mazmunini ochishida shakldosh so'zlaring ma'nolarini to'g'ri farqlay bilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |