MAVZU: SO’ZNING HISSIY TA’SIRIY JIHATDAN NUTQDAGI O’RNI.
REJA:
1.So'zning hissiy to'siriy jihatdan nutqdagi o’rni.
2. Be’taraf bo'yoqli so‘zlarning qo’llash holati.
3.Nutqda so’zning bo'yoqdorligidan to’g'ri foydalanish.
Mavzuga oid tayanch atamalar: Be’taraf bo’yoqli so‘zlar, salbiy bo'yoqdor so’lar, ijobiy bo’yoqdor so’zlar.
Hissiy ta'siriy bo'yoq nuqtai nazaridan. Sinonimik qatordagi so'z hissiy ta’siriy bo'yoqsiz yoki hissiy ta’siriy bo'yoqdor bo’lishi mumkin: xunik- vadvashara.
Bo'yoqdor so'zlar ijobiy yoki salbiy munosavatni ifodalashiga ko'ra ikki turga bo'linadi: 1) ijobiy bo'yoqdor; 2) salbiy bo'yoqdor so'zlar.
Masalan: yuz - bet - aft - vashara - turq - chehra - jamol sinonimik qatorida chehra, jamol so'zlari ijobiy bo'yoqdor, vashara, tuqr esa salbiy bo'yoqdor so'zlardir.
Sinonimik qatordagi so'zlar uslubga farqli munosavatda bo'ladi.
Masalan: odam - kishi - inson - vashar sinonimik qatorda vasher so'zi, ko'krak - ko'ks - vag'ir - to'sh - siyna sinonimik qatorida siyna so'zi poezie uslubga xos. Pul - aqcha - mullajiring - yakan sinonimik qatordagi mullajiring sozi, yarashmoq - kelisjhmoq — ko’nmoq sinonimik qatoriga oid ko’nmoq so'zi va o'lmoq - vafot etmoq - qazo qilmoq - qurbon bo'lmoq - halok bo'lmoq - qulamoq - uzulmoq sinonimik qatoridagi qulamoq so'zi oddiy so'zlashuvga xos.
Uylanish vaqti-ya, lekin mullajiring qurg'ur yo'q, - dedi Abdulvohid piyolani bo'shatib.
Shunday kopiptiki, lovillaydi - ya, lovillaydi. Chol qulamay turibdi. Qulagan kuni ularaning yoqasini bo'g'aman, merosimni da'vo qilaman!
Sinonimik qatordagi so'zlar hozirgi adabiy tilga munosavati nuqtai nazaridan o'zaro farqlanishi mumkin, ya'ni sinonimik qatordagi so'z hozirgi adabiy til normasi dorirasida yoki undan tashqarida turishi mumkin. Keyingi holatda:
1) sinonimik qatordagi so'z dialektal xususiyatga yoki 2) eskilik belgisiga ega bo'ladi.
Masalan: qidirmoq - axtarmoq - izlamoq - istamoq sinonimik qatorida istamoq so'zi dialegal xususiyatga ega. O’qituvchi - pedagog - muallim - domla - afandi sinonimik qatorida afandi eskirgan so'z.
Sinonimik qatordagi so'zlar ma'noni qaydarajada ifodalanishi jihatidan ham o'zaro farqlanadi.
Yuqoridagi to'rt punktda keltirilgan faktlarning o'ziyoq sinonimlar bir xil ma'noga ega bo'lishdan tashqari, ularning har biri o'ziga xos farqli xususiyatlarga ham ega ekanligini ko'rsatadi. So'zlovchi o'z fikrini maqsadga muvofiq ifodalash uchun sinonimlarning a na shu xususiyatlaridan foydalanadi va sinonimik qatordagi so'zlardan keraklisi saylab ishlatiladi.
Ayrim ishlarda sinonimlar ko'rib o'tilgan xususiyatlari asosida ideografik sinonimlar va stilistik sinonimlar kabi ikki turga ajratiladi. Ayrim ishlarda esa uchinchi tur sifatida nutqiy sinonimlar ham ko'rsatiladi va h. Avvalo, sinonimlarni bunday gruppalashning nazariy asosi yo'q. Bundan tashqari “ideografik sinonim”, “stilistik sinonim” yoki “nutqiy sinonim” terminlarning qo’llanishi ham to'g'ri emas. Chunki, masalan, “stilistik sinonim” birikmasi birdan ortiq so'zning stil jihatdan sinonimligini bildiradi. Vaholanki, birdan ortiq so'zning sinonimligi stilistik bo'yoqdorligi yoki nutqning ma'lum turiga xoslanganligi bilan emas, valki yuqorida ko'rib o'tganimizdek, birdan ortiq so'zning bir xil ma'noga egaligi bilan belgilanadi.
Mustaxkamlash uchun savol va topshiriqlar.
1. Qanday s’ozlar neytral so’z hisoblanadi?
2. So’zlashuv uslubi qanday xususiyatlarga ega?
3. Keng iste’moldagi so’zlar deb qanday so’zlarga aytiladi?
4. Ijobiy bo’yoqdor so’zlar haqida gapiring?
5. Salbiy bo’yoqdor so’zlar haqida gapiring?
Do'stlaringiz bilan baham: |