O‘quvchilarga qo‘shma so‘z qismlari orasidagi munosabatlarning ifodalanishini o‘rgatish



Download 58 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi58 Kb.
#20107

Aim.uz

O‘quvchilarga qo‘shma so‘z qismlari orasidagi munosabatlarning ifodalanishini o‘rgatish
O‘quvchilar 6-7-sinflarda so‘z turkumlari bilan bog’liq jihatlar, ulardagi qo‘shma, juft, takroriy so‘zlar hosil bo‘lisi va imlosi bilan tanishib boradilar. “Ona tili fanidan umumiy o‘rta ta`lim maktabining o‘quv dasturida” 6-sinf uchun 170 soat ajratilgan bo‘lib, fe`l bilan bog‘liq mavzularga 60 soat, Ot so`z turkumiga 37 soat, Sifat turkumiga 18 soat, Ravish turkumiga esa 12 soat ajratilgan. O`sha dasturda 7-sinf uchun Olmosh mavzusiga 10 soat ajratilgan1. Ajablanarlisi, qo‘shma fe`llarni o‘rgatish masalasiga mavzu ajratilmagan. Ammo darslikda “Fe`llarning tuzilishiga ko‘ra turlari (59-dars), “Qo‘shma fe`llar”(60-dars) mavzulari joy olgan.

Endi qo‘shma so‘z muchalari orasidagi munosabatlarning ifodalanishi haqida so‘z yuritsak.



Qo‘shma so‘zning tarkibidagi komponentlarning o‘zaro munosabati quyidagicha voqelanadi:

1) ular orasidagi grammatik munosabat shu tipdagi so‘z birikmasiga qarab, tarixiy rejada belgilanadi; demak, sinxronik jihatdan qaraganimizda, orada bunday munosabat faraz qilinmaydi, chunki bu aloqa saqlangan bo‘lsa, u kompleks so‘z birikmasi bo‘ladi, ikki so‘z sanaladi. Masalan, shakar qop (qo‘shma so‘z , stabil holatga ega, nutq jarayonida hosil qilinmaydi) shakarning qopi (so‘z birikmasi). Komponentlarning grammatik aloqasi, tug‘ilish e`tibori bilan ikki xil: a) tobelanish (komponentlarning munosabati aslda tobelanish yo‘lini ko‘rsatadigan qo‘shma so‘zlar): o‘q ariq, o‘q ilon, suv ilon; qo‘y tikan, cho‘l qurbaqa; dala chumchuq, shahar chumchuq, tol chumchuq; yo‘l pashsha, yo‘l chivin, it pashsha kabi; b) tenglanish (komponentlarning munosa­bati aslda tenglashishga asoslangan bo‘ladi): o‘tin-ko‘mir (yoqilg‘i), ota-ona, mosh-gurunch, soch-soqol; tarkibli sonlarda: o‘n besh (o‘n va besh. Qiyoslang: besh yuz - yuz besh: birinchisi - tobelanish, ikkinchisi - tenglanish: yuz va besh). Bu ikki xil bog‘lanishni chog‘ishtirsak, bog‘lanish - birikishning nisbatan tobelanishda kuchli ekanligini ko‘ramiz: o‘tin-ko‘mir tipidagi komplekslarda komponentlarning nisbatan ayrim-ayrimligi aniq sezilib turadi.

Komponentlarning bog‘lanish yo‘llari, ularda bog‘lanishning turli vositalarining ishlatilishi ham bir xil emas: amorf holda (affikssiz) bog‘lanish, affiks yordami bilan bog‘lanish (to‘y boshi, so‘zboshi kabi). Affikssiz bog‘lanish eng qadimgi, sodda yo‘l bo‘lib, u jonli - so‘z lashuv nutqida ko‘p uchraydi.

2) Komponentlarning semantik munosabati har xil: xoslik munosabati (it pashsha, ot to‘rva), o‘xshashlik (tosh ko‘mir, tot nok anjir shaftoli, karnay gul), o‘ringa munosabat (qo‘qon gul),biror belgiga munosabat (achchiq olma), miqdorga munosabat


(mingoyoq, qirqog‘ayni), harakat va ob`ekt munosabati (beshik tervatar, muz yorar, er teshar). Bunday munosabatning turi ko‘p:
(bular har bir turkumning o‘z ichida analiz qilinadi) birinchi
komponent ikkinchisini semantik jihatdan konkretlashtiradi -
chegaralaydi (ilon - umuman, o‘q ilon, suv ilon - shuning turlari), bu bilan bir jinsning ichidagi qismlar - tur ma`nosi ham
kelib chiqadi. Bularda ma`nolarning o‘z aro chatishish hodisasi
ham bor.

Komponentlarning ma`no munosabati butun kompleksning - tarkibning material tomoniga, so‘zturkumiga, ham bog‘liq. Masa­lan, xoslik (keng ma`noda) bildirishda yasalish ot+ot modelida (qo‘l arra, qo‘l mashina, oyoq mashina kabi), belgiga munosabat bildirishda sifat (yoki: shu funktsiyadagi boshqa so‘z ) + ot modeli­da (sassiq sarimsoq - chesnok, oq jo‘xori, ko‘k no‘xat kabi), miqdorga munosabat bildirishda son (yoki: miqdor bildiruvchi boshqa so‘z ) +ot modelida bo‘ladi.

2. Ba`zan qo‘shma so‘zlar tashqi tomondan bog‘li-turg‘un, barqaror birikma xarakteriga ega bo‘ladi: temir yo‘l, temirdan
qilingan hamma yo‘l ham temir yo‘l deyila bermaydi, chunki temir
yo‘l kompleksi toraygan - maxsuslangan, devor soat (bunda ham
maxsuslanish bor). Qo‘shma so‘zning leksik-semantik (murakkab
tushunchani bir butun holda ifodalovchi) va grammatik butunligi, tilning tayyor materiali sifatida bo‘lishi, struktura va semantik funktsiya tomonidan ayrim so‘zbilan bo‘lgan yaqinligi uni turg‘un birikma tusiga kirsa ham, lekin bular tilning nominativ funktsiyani bajaradigan bir yaxlit elementidir. Demak, tashqi tomondan turg‘un birikma tusiga egalik, ularning bir tomoni bo‘lib, ular bu holatda ham qo‘shma so‘zbo‘la beradi.

Turg‘un birikma odatda ko‘chgan ma`noni ko‘rsatadi (lekin bun­day ko‘chish turg‘un birikma bo‘lishning sharti sanaladigan doimiy belgi emas). Qiyoslang: zangori olov (gaz), zangori kema (paxta terish mashinasi); qush tili (bir xil ovqatning nomi), er yong‘oq, bosh barmoq, o‘rta barmoq. Ular so‘z birikmasidan shu tomoni bi­lan ham ajraladi: so‘z birikmasi bunday xususiyatga ega emas. Lekin «mehnat - rohat», shuning uchun tipidagi - jipslashib, bir butun holga kelib qolgan, leksikalizatsiyaga uchragan komplekslar qo‘shma so‘zsanalmaydi.

Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, qo‘shma so‘zning yasama so‘z bilan ham, so‘z birikmasi bilan ham (ayrim hollardagi tashqi bir xillik), shuningdek, turg‘un birikmalar bilan ham aloqasi bor.

3. Qo‘shma so‘zning asosiy qismi ikki komponentlidir. Bundagi


har bir komponent qanday tusda bo‘lishiga (o‘z ak + o‘z ak, o‘z ak + negiz va b.), bu qo‘shilishda ayrim so‘zlik holatidan farqlanishiga va boshqa xususiyatlariga (yangi ma`no, shakl jihatdan oxirgi qismininggina o‘z garishi, oraga so‘zkirmasligi, tartibining, odatda, turg‘un bo‘lishi va b.) qaramay, mustaqil leksemalik holati bilan munosabatini saqlab turadi, u so‘z tusida bo‘ladi.
Ikkidan ortiq so‘zdan tuzilgan qo‘shma so‘zlar, umuman, kam uchraydi, shuningdek, unga (juft so‘z ga ham) affiks qo‘shish yo‘li bilan (qo‘shma o‘zakdan) so‘zyasash hodisasi ham keng tarqalgan emas. Masalan, yarim oroldagi (o‘simliklar), tish-tirnog‘li (tish-tirnoq shakli ayrim qo‘llanmaydi: u bog‘li morfema). So‘zning tarkibi uzaygan sayin uning qisqalikka intilish tendentsiyasi bu o‘rinda ham seziladi (sarig‘ yog‘ - sariyog‘ - saryog‘, qora yog‘och - qayrag‘och). Qo‘shma so‘zning tarkibida uchraydigan fonetik o‘z garishlar (komponentlarning tutashgan o‘rnidagi turli o‘z garishlar, tovush tushishi va b.), umuman olganda, affiksatsiyadagi fonetik o‘z garishlar bilan o‘xshash, lekin bunday o‘z garishlarning doirasi qo‘shma so‘zlarda nisbatan tor. Misollar: bora oladi - boroladi (boraladi: dialektal shakl), bosh barmoq boshmaldoq, osh pichoq achpichoq: sh-ch-ch, mosh kichikiri - mochkichiri. Ko‘rinadiki, bunday o‘z garish bilan bog‘liq holda soddalanish tug‘ilishi ham mumkin.

Komponentlarning soni va boshqa ayrim xususiyatlar jihatidan qo‘shma fe`llar (ko‘makchi fe`lli turi) boshqacharoq holatga ega: uch (ba`zan ortiq) komponentli bo‘lish bularda nisbatan ko‘proq uchraydi: aytib bera qoldi, so‘z lab tura berdi, aytib bera boshladi (grammatik jihatdan ularning hamma ko‘rinishlari ham, baribir, ikki qismli bo‘ladi): ko‘makchi fe`llarning asosiy qismi o‘z mustaqil so‘z lik holati bilan bo‘lgan bog‘lanishini yo‘qotib, so‘zshakli (analitik shakl) xosil qilish funktsiyasini bajarishga o‘tgan (ba`zilarigina bu aloqani hali yo‘qotmagan); bu kompleksdan odatda affiksatsiya yo‘li bilan so‘zyasalmaydi.

4. Qo‘shma so‘zning ma`nosi undagi komponentlarning semantik xususiyati va ichki munosabatning xarakteriga bog‘liq: komponentlar, odatda, o‘z asl ma`nosi - mustaqil holati bilan aloqasini yo‘qotmaydi (ko‘chgan ma`no boshqacha xususiyatga ega). Masalan, oq o‘rik (o‘rikning turi), qo‘l arra, uch burchak (termin). Bunda ma`no umumlashish jihatidan qaraladi. Masalan, qo‘l arra va qo‘l soat (keng ma`noda: xoslik bildiradi, holbuki, bular semantik ottenkasi bilan farqlanadi), muz yorar, tovon teshar (harakatva uning ob`ekta): ot + fe`l: it + qarash: Boy menga it qarash qildi (G‘afur G‘ulom), harakat va uning belgisi: ravish funktsiyasidagi ot+harakat oti (bunday qo‘shilishlarni ko‘rsatishda ot, sifat, fe`l kabi, so‘zning leksik-grammatik kategoriyasini ko‘rsatadigan, terminlar shartli ravishda – o‘sha so‘zlarning mustaqillik holatidagi turkumiga qarab ishlatiladi, xolbuki bular qo‘shma so‘ztarkibida ayrim so‘zemas, balki so‘zning qismidir). Ko‘rinadiki, qo‘shma so‘zning ma`nosi komponentlarning turi qaysi leksik-grammatik kategoriyaga kirishi bilan ham bog‘liq (har bir leksik kategoriyaning qo‘shma so‘zlari o‘z bahsida bayon qilinadi).

5. Qo‘shma so‘zlar ot, sifat, son, ravish va qisman fe`llarda keng tarqalgan. Qo‘shmalik holati yordamchi so‘zlarda ham uchrab qoladi.

6. Qo‘shma so‘z yasash rus tilining ta`sirida ham tez rivojlandi deyish mumkin, chunki turmushdagi, ongdagi ulkan o‘z garishlar, progress natijasida yangi so‘zlarga talab-ehtiyoj tug‘ildi. Bu ehtiyoj rus tilidan juda ko‘p so‘zlar olish, shuningdek, yangi so‘zlar yasash (shu jumladan, qo‘shma so‘zlar hosil qilish) yo‘li bilan qondirilib kelmoqda. Yasalgan qo‘shma so‘zlarning, umuman, yasalmalarning ichida rus tilidan kal`kalash yo‘li bilan (boshqarma, o‘rinbosar, safdosh, muz yorar kabi) hosil qilinganlari ham ko‘p. Demak, o‘zbek tili leksikasining (fonetika, grammatika, stilistika kabi boshqa sohalarning ham) rivojlanishida rus tili etakchilik rolini o‘ynab kelmoqda.

Rus tilidan olingan so‘zlar ichida tarkibi uqiladigan, qismlarga ajraladigan qo‘shma so‘zlar ham ko‘p: fotovistavka, kino­lenta, kinokamera, kinoteatr, fotokabinet kabi.

7. Qo‘shma so‘zning komponentlari o‘z turg‘un tartibiga ega. Masalan, otlarda ular, odatda, aniqlovchi + aniqlanmish tartibida o‘rinlashgan bo‘ladi (tish cho‘tka, ko‘k no‘xot, qizil olma).

8. Qo‘shma otlarning bir qismi konversiya hodisasi bilan bog‘lanadi (konversiya – bir leksik-grammatik kategoriyadagi so‘zning boshqa kategoriyaga ko‘chishi). Masalan, sifatning otga o‘tishi: Bron teshar (bron teshadigan o‘q); muz yorar (muzni yorib o‘tadigan kema), bo‘ri kalla (qovunning bir turi: bo‘ri kalla qovun: bo‘rining kallasiga o‘xshagan qovun), qizilurug‘ (bu ham qovunning nomi, qizil urug‘li qovun), qo‘sh quloq (bir xil idishning nomi: qo‘sh quloqli idish) kabi (konversiya bahsiga qarang).

Qo‘shma so‘zning yuqorida, asosan, bir turini (keng ma`noda «aniqlovchi+aniqlanmish» shaklida hosil bo‘lgan turni) - aniqlovchili qo‘shma so‘zlarni ko‘rib o‘tdik. Qo‘shma so‘ztermini, bundan tashqari, juft so‘zlarni (ota-ona, qovun-tarvuz kabi), qisqartma so‘zlarni (BMT - Birlashgan Millatlar Tashkiloti kabi), shuningdek, reduplika­tsiya, so‘ztakrori yo‘li bilan hosil qilingan so‘zlarni (ququ: qush kabi) ham o‘z ichiga oladi. Juft so‘zlar va reduplikatsiya yo‘li bilan yasalgan so‘zlar qo‘shma so‘zning boshqa turlaridan ancha keskin farqlanadi.

So‘z birikmalarining va qo‘shma so‘zlarning qisqarishidan ham yangi so‘zhosil bo‘lishi mumkin (mashina-traktor stantsiyasi - MTS kabi). Bunday so‘zlarning (abbreviaturalarning - qisqartma so‘zlarning) yasalish yo‘li abbreviatsiyadir. Rus tilidan olingan bu so‘z yasash yo‘li ixchamlik bilan xarakterlanadi: u ekonomiya prinsipiga juda mos keladi. Uning nomi rus tilidan kal`kalash yo‘li bilan yasalgan: slojnosokraщennie slova –qisqartma qo‘shma so‘z: qisqartirilgan qo‘shma so‘z. Bu­lar qo‘shma so‘zning qisqartib biriktirish yo‘li bilan yaratilgan bir ko‘rinishi bo‘lib, bir so‘zkabi qo‘llanib, o‘zi maxsus affikslar ham oladi (rayijrokomdan kabi), so‘z yasashning bu turi ot turkumiga xosdir.

Rus tilidan olingan so‘zlar ichida abbreviaturalar ham bor, bular ham o‘zbek tilini boyitib kelmoqda. O‘zbek tilida ruscha - internatsional so‘zlar qatlamining o‘sa borishi, leksikani rivojlantirish bilan birga, xalqlarni va tillarii yaqinlashtirib, qisqartma so‘zlarning to‘la shaklining ham o‘zlashib, natijada, bunday leksemalarning qo‘shma so‘z sifatida o‘qi lishiga yo‘l ochadi. Qiyoslang: telekamera (televizion kame­ra; yana teleocherk, telestudiya, telefil`m), zoopark, (zoologiya parki, yana: zookabinet, zoomagazin, zoomuzey), aviabomba (avia­tsion bomba: aviatsiya bomba; yana: aviazavod, aviapochta, aviabaza), agitbrigada (agitatsion brigada: agitatsiya brigadasi; yana: agit­poezd, agitmashina, agitpunkt). (Qiyoslang: teleocherk, televizion eshittirish). Bunday hollarda ham asosiy norma saqlanadi: qisqa element ishlatiladi (tele­zritel` – teletomoshabin, teleperedacha – teleeshittirish, teletsentr – telemarkaz, aviapismo – aviaxat kabi). Bu hol kalkalashning bir ko‘rinishidir.

Hozirgi o‘zbek tilidagi qisqartma otlar yasalish texnikasi jihatidan bir qancha ko‘rinishlarga ega. Bu o‘rinda misollarni ko‘rib o‘tish bilan chegaralanamiz): O‘zTAG (O‘zbekiston telegraf agentligi), raykom (rayon komiteti), O‘zdavnashr (O‘zbekiston davlat nashriyoti), avtozavod (avtomobil` zavodi), Toshunivermag (Toshkent universal magazini), ToshPI (Toshkent politexnika instituti) va b.

Endi Ona tili darsligida qo`shma so`zlarni o`quvchilarga o`rgatish yuzasidan berilgan ta`rif-u tavsiflar, mashq va topshiriqlarining berilishiga e`tiborni qaratsak. Yuqorida ta`kidlanganidek, “Ona tilidan o`quv dasturi”da qo`shma fe`llar haqida gap yo`q. Ammo darslik mualliflari qo`shma fe`llarni yoddan chiqarmaganlar. Darslikning 68-bet, 60-darsida “qo`shma fe`llar degan mavzu berilgan”. “Bilib oling” ruknida: “Birdan ortiq asosdan tashkil topib, asoslar orasiga boshqa qo`shimchalarni qo`shib bo`lmaydigan, bitta so`roqqa javob bo`luvchi fe`llar qo`shma fe`llar sanaladi. Masalan, sayr etmoq, taq etmoq, olib kelmoq, bunyod qilmoq”, degan ixcham qoidani uchratamiz. Bu bolalarning qo`shma fe`l haqidagi tasavvurini oshiradi, albatta. “esda saqlang” ruknida “...qo`shma fe`llarning har ikki qismi lug`aviy ma`nosini saqlagan bo`ladi. Masalan, borib keldi (ham bordi, ham keldi...)” degan ta`rif berilgan. Mavzuni mustahkamlash uchun 2ta topshiriq, 3ta mashq berilgan.

O`qituvchi bolalarga qo`shma fe`l haqidagi ma`lumotni yetkazgandan so`ng, 188-mashq bajarish bo`yicha uning shartini bolalarga o`qib tushuntiradi: Qo`shma fe`llarni topib ularning yasalishini tushuntiring.



1.Xamir yaxshi qorilsa, barakasi ham yaxshi bo`ladi,-dedi Matqovul. Bu yerda o`qituvchining mahorati kerak bo`ladi. Qo`shma fe`llarning hosil bo`lishida fe`l+fe`l qolipli qo`shma fe`llargina qatnashmasdan, ot, sifat, son, olmosh, undov va taqlid so`zlarning qil, et, bo`l so`zlari bilan birikib kelib qo`shma fe`l yasashdagi o`rni o`quvchilarga yaxshilab tushuntirilishi kerak bo`ladi. O`qituvchining “qo`shimcha mehnati” shundaki, o`quvchilarning esidan qariyb chiqib ulgurgan yuqorida sanalgan turkumlarni yana bir boshdan qayta eslashga vaqt va imkon topa bilishidadir. Shu taxlitda yuqoridagi gap tarkibida qatnashgan “yaxshi bo`ladi” qo`shma fe`li sifat+fe`l qolipli qo`shma fe`l ekanligi ta`kidlanadi va mashqni bajarish davom ettiriladi.

Qo`shma fe`l bilan unga shaklan o`xshash bo`lgan etakchi fe`lli so`z qo`shilmasini bir-biridan farqlash masalasi ham ancha ter to`kishni talab qiladigan jarayon. Buning uchun o`qituvchi ko`makchi fe`lli so`z qo`shilmasi nima? degan savolga bolalar e`tiborini tortishi zarur. Ko`makchi fe`lli so`z qo`shilmasini tushuntirishda quyidagi misoldan taxtada unumli foydalanish maqsadga muvofiq



прямая соединительная линия 5 chiqmoq

прямая соединительная линия 4 yubormoq

прямая соединительная линия 1прямая соединительная линия 3прямая соединительная линия 2 ...o`qib tashlamoq

bo`lmoq


qo`ymoq

Bu misolda o`qib etakchi fe`l, chiqmoq yubormoq, tashlamoq, bo`lmoq, qo`ymoq fe`llari esa ko`makchi fe`l ekanligini, ya`ni ular ushbu qo`shilmada o`z ma`nosini yo`qotib, yordamchi, ko`makchi ma`noda kelayotganini, o`qimoq fe`lining ma`no diapozonini o`zgartirayotganini shunga o`xshash boshqa misollar bilan ham tushuntirishi talab qilinadi. 189-mashq ayni shu savolga javob topishni talab qiladi. Bizning nazarimizda, qo`shma fe`lga ajratilgan mashqlar soni va sifati ko`ngildagidek emas.



O`quvchilarga qo`shma ot, qo`shma sifat, qo`shma ravish, qo`shma olmoshlarni tushuntirishda ham ayni shu xildagi usulni qo`llash foyda beradi. Yoki “Zinama-zina”, “So`z zanjiri”, “Mos so`zni tanla” kabi o`yin usullaridan foydalanish zarur natijani beradi.


1 Ona tili fanidan umumiy o`rta ta`lim maktabining o`quv dasturi. –Toshkent, 2010.

Aim.uz


Download 58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish