Mavzuning dolzarbligi: Markaziy Osiyo mamlakatlarining geografik o’rni va tabiiy sharoitini o’rganish hamda boshqa o’lkalardan o’zaro farq qilishi organik dunyosi va tabiiy resuslarini, ularning geografik tarqalish xususiyatlarini o’rganish hamda iqtisodiyotning turli sohalarida to’g’ri va samarali foydalanish ishning dolzarbligini bildiradi.
Tadqiqot maqsad. Markaziy Osiyo mamlakatlarining geografik o’rnini o’rganish, iqtisodiyotini tasniflash va qiyosiy taqqoslash.
Ishning vazifalari.
MDH tashkilotining Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan davlatlariga umumiy geografik tavsif
Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan davlatlari tarixiy rivojlanish bosqichlari va hududiy ma’muriy bo’linishi
Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan davatlar aholisi va mehnat resuslariga tasnif berish
Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan davatlar iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy tarmoqlari (Sanoati va qishloq xoʻjaligi) ga tavsif
Markaziy Osiyo mintaqasi davatlarining tashqi iqtisodiy aloqalari va ularning MDHda tutgan o’rni
Tadqiqot ob’ekti va predmeti.
Kurs ishning ob’ekti –Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyoti bo’lib, uning asosiy xususiyatlarini tahlil qilish ishning predmetini belgilaydi.
Kurs ishining metodi. Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyoti tahlil qilishda ishning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda qiyosiy geografiya, tabiiy va iqtisodiy geografiya, statistik, kuzatish, matematik va kartografik kabi metodlardan foydalanildi.
Ilmiy yangiligi. Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyoti o’rganilib atroflicha tahlil qilindi.
Ishning natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ishning asosiy natijalari oliy o’quv yurtlari va umumta’lim maktab darslarida foydalanilishi hamda ko’rgazmalar tayyorlashda qo’llanilishi mumkin.
Ushbu Kurs ishi Kirish, ikkita bob, 5 ta bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati bo’lib matn 30-sahifadan iborat.
Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, tadqiqot ob’ekti va predmeti, maqsad va vazifalari, ishning yangiligi, natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati yoritilgan hamda o’ziga xos xususiyatlari ochib berilgan.
Birinchi bob MDH tashkilotining Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan davlatlariga umumiy geografik tavsif berildi.
Ikkinchi bob MDH tashkilotining Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan davatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Xulosa va tavsiyalar qismida tadqiqot natijalari umumlashtirilib, mavzu bo’yicha tavsiya va takliflar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |