Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha



Download 494,11 Kb.
bet85/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

Ijtimoiy hayot va axloq
Inson kamoloti ko’p qirralidir. Uning buyukligi, donoligi avvalo, ma’naviy kamolot darajasi bilan belgilanadi. Yetuk ma’naviyatga ega bo’lgan insongina jamiyat muammolarini aqli va zakovati bilan yechishga harakat qiladi. Chunki inson o’z atrofidagi odamlar ta’sirida kamolotga erishadi. Zotan, inson jamiyatda yashab turib, undan chetda turolmaydi.
Insonlarga xos bo’lgan axloq normalari, uning mezonlari jamiyat taraqqiyoti va hayotiy ehtiyojlar ta’sirida o’zgarib turadi. Ta’lim-tarbiya, ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishi insonlarning xatti–harakatlarini, ular o’rtasidagi munosabatlarni ma’naviyat bilan bog’lanmagan tabiiy ehtiyojlar va imkoniyatlar chegarasidan tobora uzoqlashtirib boradi.
Abdulla Avloniy axloqqa shunday ta’rif beradi: “Axloq, bu – xulqlar majmui. Xulq esa, ezgulik yoxud razillikning muayyaan bir insonda namoyon bo’lish shakli. Binobarin, har bir xulq ezgulik va olijanoblikning yoki razillikning badbinlikning timsoli. Shu jihatdan ular yaxshi va yomonga bo’linadilar. Lekin bular kishida o’z – o’zidan paydo bo’lmaydi. Ularning shakllanishi uchun ma’lum bir sharoit, tarbiya kerak. Kishilar tug’ilishidan yomon bo’lib tug’ilmaydilar. Ularni muayyan sharoit yomon qiladi. Demak, hamma narsa tarbiyaga bog’liq. Tarbiya yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat yo falokat masalasidur”.
Jamiyat taraqqiyotini inson ma’naviy kamoloti bilan bog’lashga intilish hamma tarixiy davrlarga ham xosdir. Jamiyat ma’naviy kamolotining muayyan davri, bosqichida va turli sharoitlarida diniy e’tiqodlar ma’naviy muhitni barqarorlashtirib turuvchi omil bo’la olishini insoniyatning tarixiy taraqqiyoti juda ko’p marta isbotlab bergan. Birgina misol sifatida islom dinida jamiyat hayoti uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega bo’lgan axloq va huquq mezonlarini Ollohning irodasi, jannat rohati–yu, do’zah azobi bilan bog’lab, inson shuuriga, imon-e’tiqodiga singdirish maqsadi qanchalik katta o’rin egallaganligini ko’rish mumkin.
Yangi g’oyani, maqsadni anglash, unga asoslanish uchun oddiy istak kifoya qilmaydi, balki muayyan ma’naviy saviya ham kerak. Bu saviyani shakllantirish aniq tarbiyaviy, ma’rifiy ishlarning maqsadi kishilarni mavjud sharoitlar va vaziyatga moslashtirish bilan emas, balki istiqbol uchun kurashga, faollikka safarbar etish zarurdir. Har qanday tarbiyadan ko’zlangan maqsad ko’lami jihatidan kengroq, ahamiyati jihatidan muhimroq bo’ladi.
Insonning axloqiy hayoti uning axloqiy tarbiyasi bilan bog’liqdir. Zero axloqiy tarbiya insonning shaxs bo’lib yetishuvini ta’minlaydigan uzluksiz jarayonlaridan biri. Go’zal fazilatlar insonga xos narsa, faqat uning mulki emas. Yaxshi fazilat jamiyatning boyligi, umuminsoniy ma’noga ega. Ijobiy fazilatga ega bo’lgan kishilar jamiyatga ta’sir qiladi, uning rivojlanishini tezlashtiradi. Inson bolasi ham bu yorug’ olamga shunchaki kelmaydi. Faylasuf olim Erkin Yusupovning fikricha: “Axloq borasida tubanlashish oson, lekin yuksalish qiyin, axloqiy bo’hronga qarshi kurashishdan ko’ra uning oldini olish oson. Qayta oyoqqa turish qiyinligini anglagan kishi yiqilmaslikka harakat qiladi”.
Inson bu yorug’ olamga shunchaki kelmaydi. Hazrat Navoiy ta’biri bilan aytganda, inson olamga kamolotga erishish uchun keladi. Shunday ekan komillikka tomon yo’nalish bevosita ma’naviylik tomon borish demakdir. Shu o’rinda “komillik” tushunchasiga to’xtab o’tishni maqsadga muvofiq,debbilamiz.

Download 494,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish