Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha


-mavzu: Ma’naviyat, siyosat va axloq



Download 494,11 Kb.
bet81/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

11-mavzu: Ma’naviyat, siyosat va axloq
Reja:
1. Axloq va ma’naviyat nisbati. Zamonaviy axloq muammolari.
2. Iymon-e’tiqod, mehr-shafqat, poklik va halollik, ahdga vafo ma’naviy barkamol shaxsning axloqiy fazilatlari sifatida.
3. Ijtimoiy hayot va axloq.
4. Xulq-atvorda shaxs ma’naviyatining namoyon bo’lishi. Axloqiy qadriyatlar va ulaming yosh avlod tarbiyasiga ta’siri.
5. Ma’naviyat va siyosat nisbati.
6. Hokimiyat boshqaruv tizimiga ma’naviy barkamol shaxslarni jalb qilish davlat taraqqiyotining muhim sharti.
7. Rahbar ma’naviyati. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib- intizom va shaxsiy javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak” nomli kitobida bayon etilgan rahbar xodimlar va ularning asosiy xislatlari haqidagi fikrlar


Tayanch so’zlar: axloq, xulq, ma’naviyat, inson, poklik, mehr, halollik, vafo, ijtimoiy hayot, siyosat, rahbar, hokimiyat, boshqaruv, adolat.
Axloq va ma’naviyat nisbati. Zamonaviy axloq muammolari.
Barcha davrlarda insonlar o’rtasidagi axloqiy munosabatlar siyosiy, huquqiy, iqtisodiy mezonlar asosida boshqarilgan. Ayniqsa, sharq xalqlarida, xususan xalqimizning insoniy munosabatlar asosini axloq va axloqiylik tashkil etgan: siyosiy, huquqiy, iqtisodiy munosabatlar zaminida ham axloqiy mezonlar ustunlik qiladi.
Axloq – ma’naviyatning amalda namoyon bo’lishidir. Ilm, bilim, dunyoqarash, idrok va iymon insonning xulq-atvorida o’ziga xos tarzda aks etadi. Insoniylik ma’naviyati esa axloqiy fazilatlar orqali namoyon bo’ladi.
Ma’naviyat – his etiladigan, anglanadigan, oqilonalikka asoslangan botiniy qudrat bo’lsa, axloq bevosita har bir shaxsning o’zgalarga nisbatan ma’naviy munosabatini anglatadi. Shu sababli axloqiy tushunchalar Ayni paytda ma’naviy tushunchalar sifatida e’tirof etiladi. Zotan axloq insof va adolat, iymoniylik va halollik, mehr va muruvvat, sahovatpeshalik va bag’rikenglik, rahmdillik va muruvvatlilik, mehribonlik va g’amho’rlik singari ma’naviy tushunchalarini insonning hayotiy faoliyatida yuzaga chiqaradigan ma’naviy hodisadir. Bu borada faylasuf olim E.Yusupovning «Axloq ijtimoiy munosabatlar zaminida alohida shaxs sifatida mavjud bo’lgan insonlarning o’z-o’zini idora qilish shakllari va me’yori, o’zaro muloqot va munosabatlarda ularga xos bo’lgan ma’naviy kamolot darajasining namoyon bo’lishidir»-degan fikri diqqatga sazovor. Chunki axloq yo’q joyda inson ijtimoiy shaxs sifatida shakllanmaydi, faqat axloq zaminidagina insonlarda xayotning mazmuni va maqsadi, jamiyat oldidagi burchi va mas’uliyati va boshqa axloqiy tushunchalar va normalarga muayyan munosabat shakllanadi. Ma’naviyat esa inson axloqi va odobi, bilimlari, iste’dodi, qobiliyati, amaliy malakalari, vijdoni, iymoni, e’tiqodi, dunyoqarashi, mafkuraviy qarashlarining bir – biri bilan uzviy bog’langan, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etadigan mushtarak tizimdir. Shuning uchun «Oldin odamlarga moddiy boylik berish, so’ngra ma’naviyat to’g’risida o’ylash kerak, deydiganlar haq bo’lmasalar kerak.
Ma’naviyatni mustahkamlash uchun mehnat va mablag’ni ayash o’z kelajagiga bolta urish demakdir” degan fikr g’oyatda oqilonalik bilan aytilgan. Insonning hayot tajribasi, faoliyati, bilimi, ilmi, odob-axloqi, xatti-harakati bilan o’zining ma’naviy olamini boyitib boradi. Inson aqlan va axloqan boyigan sari o’z oldiga ulug’vor vazifalarni qo’yadi va unga erishish uchun harakat qiladi. Harakat esa ma’naviy poydevorni talab qiladi.
Inson ma’naviyatida bir qator jihatlar va xususiyatlar mujassam: hayo va andisha, vafo va sadoqat, himmat va sahovat, mehr va shafqat, vijdon va oriyat, o’ktamlik va zakiylik, muloyimlik va kamtarinlik kabi insoniy fazilatlar ma’naviyatning axloqiy asosi hisoblanadi. Bu asoslarni faylasuf Abdulla Sher tomonidan talqin etilgan axloqning odob, xulq kabi ma’naviy doirada amal qilishi va «Axloq - jamiyat, zamon, ba’zan umumbashariy ahamiyatga ega, insoniyat tarixi uchun namuna bo’la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig’indisi, insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma’naviy hodisa”, ekanligi bilan izoxlash mumkin.
Axloqiy qadriyatlarga rioya qilishni har bir shaxs o’zidan boshlashi kerak. Eng asosiy narsa axloqiy qadriyatlarni bilish emas, balki ularga amal qilishdir. Shaxsning faoliyatiga nisbatan axloqiy bahoni jamoatchilik beradi. Zero, axloqlilik – shaxs faoliyatining jamoatchilik belgilagan ma’naviy mezonlariga mos kelishidir. Barcha axloqiy xatti –harakatlar tahliliga ma’naviy asos bo’lgan iymon, vijdon esa inson hayotining ichki ruhiy qonunidir. Axloq muammolari tahlilida inson ko’proq shu ichki qonunga tayanib ish ko’radi.
Axloq va odob normalari ijtimoiy munosabatlar, ta’lim-tarbiya asosida shakllanadi. Shu sababli ham insonda tabiiylikka nisbatan ijtimoiylik, tarbiyalanganlik ta’siri kuchlidir. Ta’lim–tarbiya, ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishi insonlarning xatti–harakatlarini, ular o’rtasidagi munosabatlarni ma’naviyat bilan bog’lanmagan tabiiy ehtiyojlar va imkoniyatlar chegarasidan tobora uzoqlashtirib boradi. Shu bois axloqiy tarbiya asosan quyidagi vazifalarni belgilaydi:

Download 494,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish