Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha


Hokimiyat boshqaruv tizimiga ma’naviy barkamol shaxslarni jalb qilish davlat taraqqiyotining muhim sharti



Download 494,11 Kb.
bet88/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

Hokimiyat boshqaruv tizimiga ma’naviy barkamol shaxslarni jalb qilish davlat taraqqiyotining muhim sharti.
Bugun hech kimga sir emaski biz yashayotgan XXI asr - intellektual boylik hukmronlik qiladigan asr. Kimki bu haqiqatni oldindan anglab olmasa, intellektual bilim, intelektual boylikka intilish har qaysi millat va davlat uchun kundalik hayot mazmuniga aylanmasa bunday davlat jahon taraqqiyoti yo’lidan chetda qolib ketishi muqarrar. Buni chuqur anglab olgan davlat, bunday xulosani chiqargan, xalqaro hamjaviyat va taraqqiy topgan mamlakatlar qatoriga ko’tarilish uchun harakat qilayotgan jamiyat, birinchi navbatda, bugun unib-o’sib kelayotgan farzandlarning har tomonlama barkamol avlod bo’lib hayotga kirib borishini o’zi uchun eng ulug’, kerak bo’lsa, eng muqaddas maqsad, deb biladi.
Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’nalishlarida mahalliy boshqaruv organlari rahbarlik lavozimlarini yosh, yuqori malakali, kasbiy mahorat jihatidan har tomonlama puxta tayyorlangan tajribali mutaxassislar bilan to’ldirish vazifasi asosiy ustuvorlik kasb etadi. Shu maqsadda sohalarga rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish, ularning jamiyat boshqaruvidagi faolligini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylanib bormoqda. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori ushbu vazifalarni bosqichma-bosqich hal qilishda dasturul amal bo’lib kelmoqda.
Mamlakatimizda ilg’or xalqaro tajriba asosida davlat xizmatchilari faoliyatining samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunonchi, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyati ham jahon miqyosidagi yutuqlar asosida yuksak ijodiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil qarashlarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarni shakllantirishga yo’naltirilgan. Ushbu dargoh ko’p yillardan beri respublikadagi yosh rahbar kadrlarni o’qitish, malakasini oshirish, ularda boshqaruvchilik qobiliyatini va rahbarlik sirlarini o’rgatib kelmoqda.Akademiyada muntazam ravishda interfaol mashgʻulotlar, davlat va jamiyat boshqaruvining taniqli arboblari, vazirlik va idoralar hamda boshqa tashkilotlar rahbarlarini jalb etgan holda "davra suhbatlari" oʻtkaziladi, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida esa zamonaviy taʼlim texnalogiyalari va shakllaridan foydalangan holda ta’lim beriladi. Vaqtning tanqisligi, ya’ni odamlarning o’z ishlarini amalga oshirishlarida vaqtning yetmasligi tabiiy holga aylanib ulgurdi. Sababi insonlar yugur-yugur ko’pligidan ishlarini reja asosida taqsimlamaydilar va buning oqibatida kuchli stress va charchoq holatlariga duch keladilar. Buning oldini olish uchun esa vaqt boshqaruvi ko’nikmalarini egallash lozim. Kundalik reja tuzish, rejalarni qog’ozga tushirish hamda ularni o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash vaqt boshqaruvining asosi hisoblanadi. Behudaga vaqt sarf bo’ladigan jarayonlarni kuzatib ularni bartaraf etishni yo’lga qo’yish kerak. Zamonaviy rahbar ham o’z faoliyatida vaqt boshqaruviga e’tibor berishi lozim. Eng muhim vazifamiz – mamlakatimizda tinchlik va farovonlikni mustahkamlash, odamlarni, xalqimizni hayotdan rozi qilishdan iborat. Buning uchun el-yurtimiz, avvalo, biz – rahbarlarning faoliyatidan rozi bo’lishi kerak. Buning uchun har bir rahbar o’z aravasini o’zi tortishi, o’z sohasidagi ishlarning ahvoli uchun o’zi shaxsan javob berishi kerak. Shundan keyin jamiyatimizda o’zgarish bo’ladi, rivojlanish bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha 2017-2021- yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasi davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanish sur’atlarini jadallashtirish, ilg’or innovatsion texnologiyalar va fan yutuqlarini ishlab chiqarishga keng joriy etish uchun ulkan imkoniyat yaratdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish “Iste’dod” jamg’armasi faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risida Prezident farmoni 2017-yil 27-iyulda e’lon qilindi. Jamg’arma faoliyatining asosiy yo’nalishlari etib: ilg’or ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar, yuqori texnologiyalarning yangi yutuqlarida ishtirok etish, kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarni zamon talablariga hamohang tarzda yangilash, yangi kasb, ta’lim va amaliyotga yo’naltirilgan dasturlarni o’zlashtirish maqsadida 3 iqtisodiyotning turli tarmoqlari, davlat va jamoat tuzilmalarining istiqbolli mutaxassislari, ta’lim muassasalarining yuksak intellektual-ijodiy salohiyatga ega bo’lgan pedagog va ilmiy kadrlarini rivojlangan davlatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalarida malakasini oshirish va stajirovka o’tashini tashkil etish.Bundan shuni anglashimiz mumkinki, muhtaram prezidentimiz yosh kadrlarning ilmiy salohiyatini oshirishga, ularda kasbga doir bilimlarning yanada mustahkamlanishiga, chet-el yosh mutaxasislari bilan tajriba almashish hamda mamlakatimiz rivoji uchun hizmat qiladigan islohotlarni hayotga tadbiq etishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib bermoqdalar.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston mustaqilligining 26 yilligiga bag’ishlangan marosimdagi nutqlarida aytganlaridek, «Ijtimoiy sohalar, ayniqsa, odamlarda eng ko’p e’tiroz uyg’otayotgan sog’liqni saqlash, ta’lim-tarbiya, tabiiy gaz va elektr energiyasi, ichimlik suvi ta’minoti, kommunal xizmat, yo’l qurilishi sohalarida mavjud ahvolni ijobiy tomonga o’zgartirish, ichki ishlar idoralarining faoliyat samaradorligini oshirish bo’yicha olib borilayotgan ishlardan ham albatta xabardorsi. Insonlarning dardu tashvishini o’ylab yashash biz uchun odamiylikning eng oliy mezoni, eng muhim vazifa bo’lib qolishini alohida ta’kidlamoqchiman. Aholimizning ana shunday tabiiy istak va talablarini bajarish barcha rahbar va yetakchilarning asosiy burchi va vazifasiga aylanishi shart».
Rahbar ma’naviyati. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib- intizom va shaxsiy javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak” nomli kitobida bayon etilgan rahbar xodimlar va ularning asosiy xislatlari haqidagi fikrlar.
2017 yil 14 yanvar kuni bo’lib o’tgan, mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi o’rin olgan. 
Chuqur tahlil va tanqidiy yondashuvga asoslangan ushbu risolada O’zbekistonning 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur’atlariga atroflicha baho berilgan. Ayni vaqtda iqtisodiyotni boshqarish, uni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish borasida keyingi paytda turli vazirlik va idoralar tomonidan yo’l qo’yilayotgan kamchilik va nuqsonlar ochiq va xolis tanqid qilinib, ularni bartaraf etish bo’yicha amaliy takliflar ilgari surilgan. Turli sohalardagi mavjud ulkan imkoniyat va zaxiralarni to’liq va samarali ishga solishga jiddiy e’tibor qaratilgan. 
O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha 2017 yilga mo’ljallangan ustuvor yo’nalishlar, jahon bozorida raqobat kuchayib borayotgan hozirgi murakkab vaziyatda iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalar, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bilan bog’liq muhim vazifalar ma’ruzada batafsil ko’rsatib berilgan. Ayniqsa, "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturini amalga oshirish, aholining turmush darajasi va sifatini yaxshilash, jumladan, shahar va qishloqlarimizda arzon va qulay uy-joylar qurish, yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo’yicha keng ko’lamli vazifalar ham kitobdan alohida o’rin egallagan.

Download 494,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish