Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha


Mukarrama Turg’unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” ko’rik-tanlovi ikki yilda bir marta, dastlab 2019-yilning oktyabr oyida



Download 494,11 Kb.
bet64/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

Mukarrama Turg’unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” ko’rik-tanlovi ikki yilda bir marta, dastlab 2019-yilning oktyabr oyida;
Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” ko’rik-tanlovi ikki yilda bir marta, dastlab 2020-yilning aprel oyida o’tkaziladi.
Ko’rik-tanlov g’oliblari tegishli yo’nalishi bo’yicha oliy ta’lim muassasasining bakalavriat bosqichiga davlat granti asosida qabul qilinadi.
Har yili 21-27 mart kunlari “Teatr tomoshalari haftaligi” tashkil etiladi.
Bundan tashqari, Buyuk ipak yo’lining mamlakatimizdan o’tgan qismini “Ipak yo’li: Zarafshon daryosi vohasi” va “Ipak yo’li: Farg’ona – Sirdaryo havzasi”nomi ostida YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro’yxatiga, Xorazm “Lazgi”sini “Xorazm raqsi – Lazgi” nomi ostida YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro’yxatiga kiritish bo’yicha chora-tadbirlar kiritilgan edi.
Shaxs ma’naviyatining tarkibiy jihatlari va madaniyatning tarkibiy qismlari. Jahon madaniyati va mintaqa madaniyatlari.
Madaniyatning mohiyatini bilishga sivilizatsiyali yondashuv esa aksincha, har bir milliy madaniyatning betakrorligini, unda umumin-soniylik va o’ziga xoslik mavjudligini e’tirof etishni nazarda tutadi.
Madaniyatshunoslik tarixida madaniyat va sivilizatsiya tushuncha-larini bir-biri bilan aynanlashtirish, bir-biriga qarama-qarshi qo’yishga qaratilgan xilma-xil nazariyalar vujudga keldi. Bizningcha, madaniyat va sivilizatsiya bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, ulami bir xil hodisa sifatida tavsiflash ham, ulami bir-biriga qarshi qo’yish ham to’g’ri emas.
«Sivilizatsiya» atamasi madaniyat atamasiga nisbatan ancha keyin, ya’ni XVIII asr o’rtalarida vujudga keldi. Sivilizatsiya tushunchasini birinchi bo’lib shotland faylasufi A. Fergyusson qo’llagan. U insoniyat tarixini yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya davrlariga bo’ldi. A. Feigyusson sivilizatsiya deganda ijtimoiy rivojlanishning oliy bosqichini tushungan. XVIII asr fransuz ma’rifatparvar-faylasuflari sivilizatsiya tushunchasini keng va tor ma’noda qo’lladilar. Ular keng ma’nodagi sivilizatsiya deganda aql, adolat va diniy bag’rikenglik prinsiplariga asoslanadigan jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichini nazarda tutdilar. Fransuz ma’rifatparvarlarining sivilizatsiya to’g’risidagi bunday tasavvurlari A. Fergyusson qarashlari bilan hamohang deyish mumkin. Ularning fikricha, sivilizatsiya tor ma’noda «madaniyat» tushunchasi bilan uzviy bog’liq bo’lib, insonga xos barcha sifatlar (o’tkir zehn, yuqori ma’lumot, ko’rkamlik, muloyimlik) majmuasini ifodalaydi.
Keyinchalik sivilizatsiya tushunchasi yangicha mazmun bilan boyib bordi. Ingliz tarixchisi Amold Тoynbi sivilizatsiyaga madaniyatning muayyun bosqichi sifatida qaradi, madaniyatning ma’naviy jihatlariga alohida urg’u berdi, dinni sivilizatsiyaning eng muhim elementi deb hisobladi.
Nemis madaniyatshunosi Osvald Shpengler o’zining «Yevropa quyoshining so’nishi» (1918-1922) asarida sivilizatsiyani inqirozga yuz tutgan, o’lib va yemirilib borayotgan madaniyat sifatida ta’rifladi. Uning fikricha, madaniyat jonli organizm bo’lib, shaxs ijodiy qobiliyati va individualligini to’la namoyon etadi, san’at va adabiyotning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Sivilizatsiyada esa texnika va hissiz aql hukmronlik qilar ekan, bu narsa badiiy ijodga imkon bermaydi, insonni hissiz maxluqqa aylantiradi. Тaniqli rus faylasufi Nikolay Berdyayev ham o’zining «Тarixning ma’nosi» asarida shunday fikmi ilgari surgan edi.

Download 494,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish