Madaniyat va sivilizatsiya mohiyatini bilishda ularni bir-biri bilan qiyoslash, har birining nisbiy mustaqilligi va o’ziga xos xususiyatlarini ajratish muxim metodalogik ahamiyatga molikdir.
Sivilizatsiyaga erishish, shubhasiz, madaniyatning biron-bir darajasiga erishish, madaniyat esa, o’z navbatida, insoniyatning sivilizatsiyaga erishganlik ko’rsatkichidir. Madaniyat va sivilizatsiya elementlari inso-niyat tarixining juda uzoq davrlariga borib taqaladi: insoniyat yovvoyilikka qarshi madaniyatni, varvarlikka qarshi sivilizatsiyani yaratdi. Yovvoyilik va varvarlik bir ma’noli tushunchalar emas: yovvoyilik insoniy mohiyatdan begonalashish, nooqilona emas, balki instinktiv ravishda faollik ko’rsatishdir; varvarlik — mavjud ijtimoiy tartib, me’yor, qoida, qonun va axloqni tan olmaslik, yovuzlik, bosqinchilik va tajovuzkorlik ifodasidir.
Madaniyat — ta’lim-tarbiya bilan, ijtimoiy talablarni o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lsa, sivilizatsiya davlatning paydo bo’lishi, jamiyat a’zolarida fuqarolik tuyg’usi, davlat qonunlariga nisbatan hurmat xissining shakllanishi bilan bog’liqdir. («Sivilizatsiya» atamasining inglizcha «fukarolikka oid» degan ma’noni anglatishi hambejiz emasdir).
Insoniyat madaniyat vositasida yovvoyilikka qarshi kurashmay turib, odamlarda fukarolik hissini, davlat qonunlari, ijtimoiy tartiblarga hurmat hissini shakllantira olmas, vahshiylikning har qanday ko’rinishlariga qarshi kurasha olmas edi. Shu boisdan ham, madaniyat sivilizatsiyaga nisbatan ilgariroq vujudga keldi. Хalqlar yuksak madaniyatga erishmay turib, o’ziga xos sivilizatsiya yarata olmas edilar. Yer yuzidagi barcha xalqlar, katta-kichikligidan qat’i nazar, o’ziga xos madaniyatga egadir, bunga aslo shubha yo’q. Lekin barcha xalqlar ham sivilizatsiyaga erishgan emaslar. Amold Тoynbi Yer yuzida hozirgacha atigi o’n uchta mahalliy (lokal) sivilizatsiya mavjud bo’lganligini, ulardan faqat sakkiztasigina hozirgacha yashab kelayotganligini ko’rsatgan edi.
Madaniyatning eng muhim elementlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
1) bilim, tushuncha, tasavvur, qarashlar va ilmiy nazariyalar;
2) mazkur bilim, tasavvur, qarasMar, nazariyalaming predmetlashuvi, ro’yobga chiqishi;
3) ana shu jarayonda inson shaxsining shakllanishi va takomillashuvi.
Madaniyat elementlarining har biri o’zaro bog’liq bo’lib, inson shaxsining shakllanishi jarayonida madaniyatning insonparvarlik va taraqqiyparvarlik mohiyati to’laroq namoyon bo’ladi.
“Ma’naviyatshunoslik” fanining “Ruhshunoslik”, “Madaniyatshunoslik”, “Nafosatshunoslik”, “Tarbiyashunoslik” kabi inson va jamiyat hayotini o’rganuvchi turli fanlarga nisbati.
«Ma’naviyatshunoslik» hozir dunyoda o’qitilayotgan 2000 dan ortiq fanlar va maxsus kurslarning barchasi bilan aloqada desak, xato bo’lmaydi.
«Ma’naviyatshunoslik» falsafa fani bilan bog’langan bo’lib, falsafaning kategoriya yoki tushunchalaridan, qonunlaridan foydalanadi. Falsafa bergan umumiy xulosalar «Ma’naviyatshunoslik» uchun juda muhimdir.
Falsafada o’qitiladigan ijtimoiy ong shakllari san’at, madaniyat, axloq, estetika, din kabi sohalarsiz insonlarda yuksak ma’naviyatni shakllantirib bo’lmaydi. Bu sohalarda falsafa bergan umumiy, nazariy fikrlar «Ma’naviyatshunoslik» uchun mushohada ob’ektlaridir. Shuningdek, «Ma’naviyatshunoslik» fanini o’qitish jarayonida «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar», dinshunoslik, tarix, siyosatshunoslik, adabiyot, ona tili, iqtisodiyot nazariyasi, odobnoma, mantiq, etika, psixologiya, axloqshunoslik, sotsiologiya, ekologiya va boshqa fanlarga ham murojaat qilinadi. Shuni ta’kidlash lozimki, bu «Ma’naviyatshunoslik» fani tabiiy fanlar bilan aloqada emas, degan fikrni bildirmaydi. Binobarin, tabiiy fanlardagi o’zgarishlar, kashfiyotlar ham inson ma’naviyati bilan aloqadorligini unutmasligimiz kerak. Kashfiyot qiluvchi olimlarning faoliyati ma’rifat bilan bog’langan. Ma’rifat esa ma’naviyatning tarkibiy qismidir. Demak, «Ma’naviyatshunoslik» fani tushuncha va qonuniyatlarni rivojlantirish uchun tabiiy fanlarga ham suyanadi.
«Ma’naviyatshunoslik» fani tushunchalari xilma-xildir. Ularning ba’zi bir xarakter va xususiyati ham falsafiy, ham ma’naviydir. Ular o’zaro bog’langandir. Shunday bo’lishidan qat’i nazar, «Ma’naviyatshunoslik» fanining o’ziga xos rivojlanish qonuniyatlarini quyidagicha aks ettirish mumkin: shaxs, jamoa, jamiyat va millat ma’naviyatlarini yuksaltirish.
Bular ma’naviy-ma’rifiy jarayonlar bilan bog’liq qonuniyatlardir. Bu sohalarni har biriga o’zgacha maxsus yondoshish yo’llari va uslublari, jarayonlari bor. Mazkur ma’naviy yuksalishlarga umumiy holda yondoshib bo’lmaydi. Lekin, ularning o’zaro aloqadorligini unutmasligimiz talab etiladi. Yuksak ma’naviyatli insonni shakllantirish qonuniyatlardan tashqari milliy va umuminsoniy ma’naviyat qonuniyatlari ham mavjud, jumladan:
a) turli ijtimoiy guruhlar ma’naviyatini yuksaltirish qonuniyatlari;
b) millatlar o’rtasidagi ma’naviyat xislatlarini yuksaltirish qonuniyatlari;
v) umuminsoniy urf-odatlar, qadriyatlarni yaqinlashtirish qonuniyatlari va hokazolar.
Bu ko’rsatilgan qonuniyatlar ham o’zlarining xususiy jihatlariga ega bo’lib, ba’zi sohalar chuqur tahlilni talab etadi. Shu sababli, bu qonuniyatlar keyingi mavzularda o’z aksini topadi, degan umiddamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |