Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha


Milliy ma’naviyatimizda ruhiyat muammolarining o’rganilishi va bu sohada erishilgan yutuqlarning ahamiyati



Download 494,11 Kb.
bet62/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

Milliy ma’naviyatimizda ruhiyat muammolarining o’rganilishi va bu sohada erishilgan yutuqlarning ahamiyati
Qachonki Yevropada biror millat o’zligini taniy boshlasa urushga beriladi. G’arbda millatlar o’zligini to’liq his etib yashash hadisini olmagan. G’arb psixiatrlari har bir shaxsning “men”ini rivojlantirish va shu orqali insondagi millatga tegishlilik hissini so’ndirish orqali bu illatga barham bermoqchi bo’lishdi.
Biroq, buning salbiy jihati bo’y ko’rsatib, inson ko’nglining tub-tubida yashirinib yotgan yaramas odatlarni qo’zg’atib yubordi - Yevropani qutqarish ilinjida qayta jonlangan shaxsiy erkinlik endi insoniyatni ma’naviy inqiroz tomon yetaklamoqda.
Shunday, zamonaviy psixologiyaning qonun-qoidalari, tartiblari o’tgan asrning boshlarida, aynan Yevropada millatchilik avj olgan vaqtda, ushbu salbiy holatga qarama qarshi o’laroq o’rnatildi. Bugun o’sha psixologiya, uning tartib-qoidalari, xulosalari bizning hayotimizga yopirilib kirmoqda. Qizig’i, millatlarning ruhiyati bir xil emas-da! Albatta, insonlar ruhiyatida, u kim, qayda bo’lmasin, uyg’unlik bor. Biroq, bir xalqning ikkinchisidan ozgina farqi ham bo’ladi va bu millatlarning o’ziga xosligini belgilaydi.
Amaldagi psixologiya g’arb olimlari tomonidan, g’arb kishilari ruhiyatini o’rganish natijasida yaratilgan, uning har qanday qoidalari, tavsiyalari, me’yorlari o’sha tomon kishisi ruhiyati asosida ishlab chiqilgan. Albatta, psixologiya aniq fan emas. Lekin, qiziq jihati - g’arb kishisini (xususan, ruhiy kasallar) o’rganish asosida ishlab chiqilgan, ularning ruhiyatiga moslashgan, shu negizda berilayotgan tavsiyalar va xulosalar bizga mos keladimi? Bu tavsiyalar oxir oqibatda bizni g’arb ruhiyatiga moslab qayta tarbiyalamaydimi?
Psixologning oldiga muammongizni aytib borsangiz, birinchi navbatda “sen o’zingni yaxshi ko’r, o’zingni hurmat qil, o’zingga ishon!” deganga o’xshash maslahat beradi. Televideniye orqali ham buni ko’p eshitgan chiqarsiz. Ya’ni, ular har qanday muammomiz o’zimizni sevmasligimizdan, deb biladi.
Mashhur g’arb psixologining mijozlari ongiga singdiradigan asosiy qoidasini oling: “men sening muammongni hal qilish uchun tug’ilmaganman, sen mening muammomni yechish uchun yashayotganing yo’q!” . U shu yo’l bilan inson ruhiyatini davolamoqchi bo’ladi. Bu g’arblik uchun maqbul uslub. Bizda bunaqa shior bilan ruhiy siqilgan odamni davolash mumkin emas. Bu, hatto, amaldagi qonunchiligimizga ham zid. Konstitutsiyamiz bo’yicha nafaqat ota-onalar bolalar uchun, balki bolalar ham ota-ona uchun mas’ul.
Psixologlar ruhiy muammolarimizni o’zimizning emas, yaqinlarimiz manfaatlarini ustun qo’yayotganimizda, deb biladi? Va, yomon jihati, buni o’zgartirishga urinadi. Egotsentristlikka undaydi. Bu bizning millat sifatidagi yakdilligimizga tajovuz emasmi? Qonunlarimizni oyoq osti qilishga undov emasmi?
Inson o’zgalar uchun qancha ko’p qayg’ursa shuncha baxtli bo’lib boraveradi, faqat o’zini sevgan umidsizlikka, tushkunlikka va baxtsizlikka mahkum. Chunki biz uchun birovdan mehr ko’rishdan o’zgalarga mehr ko’rsatish muhimroq, hatto bu hayot-mamot masalasi.
G’arb ma’naviy hayoti ko’rsatdiki, inson o’zini sevgani bilan muammosi hal bo’lmaydi. Aksincha, ma’naviy olami qashshoqlashib, hayoti mazmunini yo’qotadi, iste’molchiga aylanadi. Bu esa ruhiyat tushkunligiga sabab bo’ladi. Demak, psixologlarning ishi o’ziga ish topish!
Ruhiyat bilan bog’liq qoidalarni ko’r-ko’rona ko’chirish maqbul ish bo’lmas. Ko’chirish mayli, tarjimadagi noqisliklar-chi?
Psixologik testlar orqali xodimlarning, ishga nomzodlarning, ayrim abituriyentlarning ruhiy holati o’rganiladi. Ushbu testlarning ishonchlilik darajasi juda past. Bundan ham hayratlanarlisi, o’zga millatlar ruhiyati asosida ishlab chiqilgan emasmi, ular bergan xulosalarga ko’ra, aynan milliy qadriyatlarni hurmat qiladiganlar salbiy baholanadi.
Albatta, “bu soha biz uchun mutlaq yot”, degan qarash ham nomaqbul. Lekin har qanday o’rganmay, sinamay yoppasiga joriy etiladigan g’oya va uslublarning foydasidan zarari ko’proq bo’lgani kabi, amaliy psixologiyada ham saralab olinadigan, terib tashlanishi lozim jihatlar bisyor.
Bir paytlar psixolog Jeyms Vikari 25-kadr to’g’risidagi afsonani o’ylab topgan. U kinoteatrda 25-kadr sifatida “Koka-kola” surati ko’rsatilgani, bu tomoshabin ongiga o’rnashib, filmdan so’ng o’z-o’zidan ushbu ichimlikni xarid qilganini aytgan. Keyinchalik ma’lum bo’ladiki, psixolog aslida bunaqa tajribani umuman o’tkazmagan. “Koka-kola” esa bu yolg’onni sifatida butun olamga yoyib yuborgan. Ichida reklamasi bor-da.

Download 494,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish