Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha



Download 494,11 Kb.
bet70/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

1998 yil 1 may kuni O’zbekiston Respublikasi oliy Majlisining XI sessiyasida «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi qonunning 23 moddadan iborat yangi tahriri qabul qilindi va bu Qonunni ishlab chiqishda mamlakatimizning o’ziga xos sharoiti, unda yashovchi aholining huquq va manfaatlari hamda mentaliteti hisobga olindi. Qonunning asosiy maqsadi har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e’tiqod huquqini, dinga munosabatidan qat’i nazar, fuqarolarning tengligini ta’minlash, shuningdek, diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat.
Shuningdek, qonunning 3-moddasida «Dinga e’tiqod qilish yoki o’zga e’tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va erkinliklarini ta’minlash uchun zarur bo’lgan darajadagina cheklanishi mumkin»ligi belgilangan. Bu norma «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro Pakt»ning 18-moddasi 3-bandiga hamohang tarzda ishlangan.
Shuningdek, BMT Bosh Assambleyasining «Diniy toqatsizlikning barcha shakllarini bartaraf etish to’g’risida»gi Rezolyutsiyasida ham bunday qoida mustahkamlangan bo’lib, unda tinchlik va jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadlarida din yoki e’tiqod erkinligi sohasida ma’lum cheklovlarga yo’l qo’yilishi belgilab o’tilgan.
Missionerlik va prozelitizm borasidagi cheklovlarni ayni shunday senzlar jumlasiga kiritish mumkin. Hozirgi kunda, ko’plab buzg’unchi da’vatchilar o’z strukturalarida missionerlar tayyorlash kurslari, nashriyotlar, mintaqaviy tadqiqot markazlari, moliyaviy ta’minot markazlari bilan bir qatorda, go’yoki, «inson huquqlari himoyasi» bilan shug’ullanuvchi, aslida esa missionerlarning «dushman»larini qoralashga qaratilgan markazlar tuzishga ham alohida e’tibor bermoqdalar. Shunga qaramay, bugungi kunga kelib bunday soxta demokratlarning aslida kim ekani hech kimga sir bo’lmay qoldi.
Afsuski, zamonaviy missionerlar ham, ayrim inson huquqlari «himoyachilari» ham bu kabi holatlarni tushunishni istamayaptilar. Vaholanki, «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risida xalqaro Pakt»ning 18-moddasi 2-bandida e’tiqodni o’zgartirish majburiy xatti-harakatlar bilan bog’liq bo’lmasligi, 20-moddasi 2-bandida esa dushmanlik va diniy g’animlikni keltirib chiqaradigan harakatlar qonun bilan taqiqlab qo’yilishi zarurligi haqidagi qoidalar mustahkamlab qo’yilgan.
Yuqoridagi mulohazalardan ayrim vijdon erkinligi «himoyachilari»ning da’volari ortida g’arazli maqsadlar yotganini anglash qiyin emas. Bunday «demokratiya eksporti»ning millatimiz, xalqimiz istiqboli va tinch-totuv hayotiga rahna solishdek strategiyaga qaratilgani aniq-ravshan ko’rinib turibdi. shu ma’noda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi qonunning 5-moddasida mustahkamlangan bir konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiri- tishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik faoliyatini cheklash haqidagi qoida yurtimiz xavfsizligi, turli din vakillarining tinch-totuv yashashini ta’minlashga qaratilgan.
Chunki inson o’z dini va e’tiqodini o’zgartirishi ko’p hollarda salbiy oqibatlarga olib keladi. Ayniqsa, bunday harakatlar oqibatida oila muhitida ota-bola, aka-ukaning yuz ko’rmas bo’lib ketayotganini hech qanday yo’l bilan oqlab bo’lmaydi.
Shu kabi jihatlar hisobga olingan holda qonunchilikda bunday holatlarga nisbatan javobgarlik ham belgilangan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 240-moddasi ikkinchi qismida bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati uchun eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solish yoki o’n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo’lishi belgilangan bo’lsa, Jinoyat kodeksining 2162-moddasi ikkinchi qismiga asosan bunday xatti-harakatlar ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilsa, eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi nazarda tutilgan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 23 apreldagi 196-qarori bilan tasdiqlangan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita to’g’risidagi nizomning 7-bandiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita Respublikada chiqariladigan yoki chet ellardan keltiriladigan diniy tusdagi mahsulotlarni (matbuot va elektron nashrlarni, audio, video kassetalarni, CD, DVD va boshqa disklarni) ekspertizadan o’tkazadi va mazkur faoliyatni muvofiqlashtiradi. Mazkur qoida orqali respublika hududiga diniy mazmundagi adabiyotlarning olib kirish tartibi takomillashtirildi.
Shuningdek, qonunning 19-moddasida diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g’oyalari bilan yo’g’rilgan matbaa nashrlari, kino, foto, audio, video mahsulotlari va shu kabi boshqa mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va tarqatish huquqbuzarlik ekanligi belgilab qo’yildi.
Ko’rinib turibdiki, vijdon erkinligi qonunchiligi borasidagi islohotlar amalga oshirilishi lozim bo’lgan hayotiy zarurat hisoblanadi. Bu islohotlar jamiyat taraqqiyoti bilan hamnafas tarzda rivojlanishda davom etadi. Jumladan, mavjud qonunchilik mohiyatini keng xalq ommasiga to’laqonli yetkazib berish maqsadida vakolatli davlat organlari tomonidan sohaga oid qonunlarga huquqiy sharhlar berilishi, fuqarolarning vijdon erkinligi huquqini ta’minlashga xizmat qiluvchi qonunosti hujjatlarining qabul qilinayotgani fikrimizning isbotidir.
Xulosa qilib aytganda, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi qonunni hayotga tatbiq etish va sohaga oid amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar natijasida diniy tashkilotlarni ro’yxatga olish hamda ularga rahbarlik qilish, noan’anaviy diniy oqimlarning yoyilib ketishi oldini olish, diniy ta’lim tizimini takomillashtirish, shuningdek, diniy adabiyotlarni chop etish va tarqatish kabi diniy hayot barqarorligini ta’minlashga qaratilgan vazifalarni bajarish uchun zamon talablariga mos huquqiy mexanizm yaratildi.
Biz hozirgi vaqtda yirik bir loyiha – O’zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish bo’yicha katta ishlarni boshlab yubordik, dedi Prezidentimiz. Bu markaz avvalo xalqimizning yaratuvchilik dahosi bilan bunyod etilgan noyob merosni har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiya qilish va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdir.
O’zbekistonda islom dinining insonparvarlik falsafasi, buyuk g’oyalari yosh avlod yuragidan joy olishiga barcha sharoit yaratib berilgan. Boshqacha qilib aytganda, farzandlarimiz dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda Imom Buxoriy to’plagan hadislar, Naqshband ta’limoti, Termiziy o’gitlari, Yassaviy hikmatlari asosida tarbiyalanmoqda.
Yoshlar tafakkuri sofligini saqlash, ularning kayfiyatlari, orzu-umidlari, intilishlarining mazmun-mohiyatini o’rganish, ulardan tegishli xulosalar chiqarish o’ta dolzarb vazifadir. Diniy ekstremizm va terrorizm ildiz otib borayotgan bugungi kunda jamiyatimizda yoshlar tarbiyasiga ahamiyat qaratish eng dolzarb vazifadir. Bugungi kunda BMTning xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurashish bo’yicha maxsus bo’linmalari faoliyati terrorizmga qarshi qaratilgan asosiy xalqaro uyushmalar qatoridayetakchi o’rin egallaydi.
Noan’anaviy diniy harakatlar va tashkilotlarning ko’pchiligi XX asrning 60–70-yillarida AQsh va G’arbiy yevropada paydo bo’ldi, keyin butun dunyoga tarqala boshladi. Diniy jamoa a’zolarining turmush tarzi qat’iy belgilab qo’yilgan tartiblar, ijtimoiy hayotdan uzoqligi bilan ajralib turadi, o’z rahbarlariga so’zsiz bo’ysunishlari talab qilinadi. «Sevgi oilasi» sektasi hech bir cheklanmagan munosabatlar vositasida «diniy tozalanish» yo’li bilan «xudoning o’g’li» bo’lishni tushuntirib beradi.
Janubiy koreyalik San Mun asos solgan «Birlashgan cherkov» sektasi asketik turmush tarzini targ’ib qiladi. «Krishnani anglash xalqaro jamiyati» noan’anaviy diniy fan va ta’limga oid barcha qadriyatlarni inkor qiladi». Noan’anaviy diniy harakatlar katta tashviqot va moddiy yordam berish orqaligina emas, ma’naviy qashshoqlik, maishiy buzuqlik kabi omillar tufayli ham ayrim guruhlarni o’z ta’sir doirasiga oladi. «Yangi diniy harakatlarning asoschilari» faqat ulargina mutlaq haqiqatni, barcha insoniy muammolarni hal qilishning to’g’ri yo’lini, qayta tug’ilish va u dunyoda o’lmaslik orqali abadiy farog’atga erishishni bilishlarini da’vo qiladilar. Ularning ta’limotlari mistika, sirlilik bilan yo’g’rilgan.
Hozirgi globallashuv jarayonida diniy bag’rikenglik muammosi mamlakatlar uchun g’oyat dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. 1995 yil 16 noyabrda BMTning fan, ta’lim va madaniyat bo’yicha ixtisoslashgan tashkiloti YUNESKO tomonidan Bag’rikenglik prinsiplari deklaratsiyasining qabul qilinishi buning yorqin dalilidir. Ushbu deklaratsiyada e’tiqod va vijdon erkinligiga ham e’tibor qaratilgan.

Download 494,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish