Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha


Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviyati tarixidagi uyg’unlik



Download 494,11 Kb.
bet128/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviyati tarixidagi uyg’unlik
Markaziy Osiyo xalqlarini Buyuk ipak yo’li qadimdan Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari – Ozarbaydjon, Eron, Arabiston, Hindiston va boshqa G’arb mamlakatlari bilan bog’lab turdi hamda bu yerda yashydigan xalqlarni jamiyat sivilizatsiyasi taraqqiyotining oldingi saflaridan joy olishi uchun katta imkoniyat yaratdi. Komil inson tarbiyasi, uning atrof-muhitga oqilona munosabati, milliy va umuminsoniy qadriyatlariga sadoqat g’oyalarini targ’ib qilgan ko’pgina talimotlar buyuk ipak yo’li orqali boshqa mamlakatlarga tarqaldi va yerda yashovchi xalqlar dunyoqarashi, ma’naviy dunyosi, madaniyati shakllanishiga katta tasir ko’rsatdi.
Markaziy Osiyo xalqlari insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotining eng oldingi bosqichlaridan birida bo’lgan XI-XII va XIV-XV asrlar Sharq Uyg’onish davrining birinchi va ikkinchi bosqichlarida yuzaga kelgan bir qator asarlarning umumiyligi, falsafa, badiiy adabiyot, musiqa, fan, memorchilik va sanatning o’xshashligi va bir-biriga yaqinligi Markaziy Osiyo, Yaqin va O’rta Sharq xalqlari madaniyatining o’zaro aloqadorligi va tasirchan ekanligiga yorqin misol bo’la oladi. Ijtimoiy-siyosiy hayotdagi zaruriyat, iqtisodiy va madaniy aloqalar bu xalqlarning madaniyatini bir-biriga yaqin va malum darajada mushtarak madaniyatga aylantirdi. Masalan, fors-tojik klassik adabiyotining merosi hisoblanmish Firdavsiy, Xayyom, Hofiz, Sadiy, Jomiy va boshqalarning asarlari bir necha asrlar davomida butun Markaziy Osiy xalqlari uchun malum darajada umumiy bo’lib keldi hamda ozarbayjonlik shoir va mutafakkir Nizomiy, amir Xusrav Dehlaviylarning ijodiy tasiri ostida o’zbek shoirlari va mutafakkirlarining eng yaxshi asarlari vujudga keldi.
Navoiy ijodi xususan, “Xamsa” asari XVI-XVIII asrlardagi barcha turkiy va fors-tojik badiiy adabiyoti va ijtimoiy fikrlarining rivojiga juda katta tasir ko’rsatdi. Bu davrlarda yashab ijod etgan Turk, Ozarbayjon, Xorazm, Qo’qon xonliklaridagi, sharqiy Eron va Afg’onistondagi shoir-ulamolar Navoiy ma’naviy xazinasidan ilhomlandilar va bahramand bo’ldilar va undan o’rgandilar. Ijtimoiy madaniyatning bu o’zaro tasiri xalqlar ijtimoiy milliy madaniyatining rivojlanishi va boyishiga olib keldi.
Mutafakkir olimlar Forobiy, Xorazmiy, Farg’oniy, Yusuf Xos Hojib, Qoshg’ariy, al-Beruniy, Ibn Rushd, Ibn Sino, RUdakiy, Rumiy, Hofiz va boshqalar Sharq bilan G’arb mamlakatlari o’rtasida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy aloqalarning kuchayishi, intensivlashishi, turli xalqlar madaniyatlari o’zaro integratsiyalashuviga katta hissa qo’shganlar. Bu davrlarda Markaziy Osiyo madaniyatida Zakavkazye, Eron, Vizantiya, qadimgi Gretsiya, Arab davlatlari, Hindiston, Xitoy mamlakatlari qadimgi madaniyatining tasiri va bularning boshqa xalqlar ma’naviy-madaniy hayotiga tasirini ko’ramiz.
Masalan, Forobiy qadimgi yunon ilmi va falsafasini chuqur o’rgandi. U ayniqsa, Arastu asarlarini mukammal bilgan, uning talimoti bilan yangi Aflotun talimotini birlashtira olgan, islom falsafasiga olamshumul hissa qo’shgan va shular bois, Arastudan keyingi “Ikkinchi muallif” (al-muallim as-soniy) nomi bilan mashhur bo’lgan buyuk olim sifatida tanildi.
Sharq va G’arb ijtimoiy-madaniy munosabatlari, ayniqsa, ilm-fan sohasidagi integratsiyalashuvi shunda ko’rinadiki, Markaziy Osiyo mutafikkirlarining asarlari XII asrdan boshlab, Yevropada ilmiy-adabiy til hisoblangan lotin tiliga tarjima qilina boshlandi, so’ng XVII-XVIII asrda ingliz, ispan, nemis, fransuz tillariga tarjima qilindi. Forobiyning Arestotelga yozgan sharhlarini Berlin akademiyasi nashr qildi. XVIII asr oxirlarida (1890-1891) F.Diteretsi uning falsafiy traktatlarini, ayniqsa uning siyosiy falsafasini (Al-madinat al-fadila) sinchiklab o’rgandi. Asli Sirdaryo viloyatida dunyoga kelgan alloma olim Forobiy umrining anchasini Xalabda, Hamadoniylar saroyida o’tkazgan bo’lib, “Ud” sozining ixtirochisi sifatida ham tanildi, shu sabab uni nemis faylasuf shoirlari o’zlarining she iyatida musiqa faylasufi etib talqin etadilar. Fridrix Rukert “Morgenlandisce sagen und Geshcihten” (“Sharqona rivoyatlar va afsonalar”) asarida Forobiyning bir kuy ijro etib, barchani shoju xurram qilgani, ikkinchi kuy bilan ko’zyosh to’kishga majbur etgan, uchinchi kuy vositasida esa ularni uxlatib qo’yganini tasvirlaydi. Bu holat Forobiyning G’arb sanati va ijtimoiy madaniyatiga qanchalik katta tasir etganini ko’rsatdi.
G’arb o’zining Uyg’onish davrida Sharqda erishilgan ilm-fan yutuqlaridan keng foydalandi. Aslida Sharqning G’arbga tasiri masalasi necha asrlardan buyon taraqqiyparvar ziyolilar tomonidan mushohada etib kelinadi. Taniqli olima F.Sulaymonovaning barcha nurlar Sharqdan taralishini ifodalovchi “Sharq va G’arb”nomli monografiyasi tahlil etilganidek, “Ipak yo’li” faqat Sharq va G’arb o’rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar vositasi emas, ayni chog’da Yevropani maanviy uyg’otgan hayotbaxsh yo’l ham bo’ldi. Ya’ni “Markaziy Osiyoda, xususan Samarqand, Buxoro, Xiva, Farg’ona, Kesh, Termiz kabi shaharlarda oylab, yillab istiqomat qilgan, ajnabiy savdogarlar xalqimizning turmush tarzi, urf-odatlari va ma’naviyatga xos qirralarini o’rganib, maqul bo’lganlarini o’z yurtlariga borib targ’ibot qilishga harakat qilganlar”.

Download 494,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish