Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha


Elegeshdan topilgan bitig



Download 494,11 Kb.
bet124/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

Elegeshdan topilgan bitig (Bitigtosh kimning kechinmasi ekanligi noma’lum). U xalqi, qarindosh o’rug’lari, davlati va xoqonidan ayrilgan. Yodnomada o’z marsiyasini aytayotgan qahramon Tuk Bug’u mamlakatining jangchisi bo’lgan. Unda yuzta dushmanga teng keladigan kuch va iroda bor edi. Ular janubga qo’shin tortadi, sakkiz kishi qahramonlik ko’rsatadi va yo’lbars yilida qahramonlarcha halok bo’ladi.
Begra bitigi. Tur ismli saroy xizmatchisining yig’isi. U o’n besh yoshida xitoylar tarbisida bo’ladi. O’n besh yoshida Tabg’ach xoqoni xizmatiga kiradi. Hayotida ko’p azoblarni ko’radi. Uch o’g’lidan ajraladi. O’z elidan Xitoyga qimmatbaho buyumlarni olib boradi. Yetti bo’ri, bir necha yo’lbars va kiyiklarni o’ldiradi. 67 yoshida vafot etadi. U o’z xalqini bardoshli bo’lishga chaqiradi.
Chako’l bitigi. Xoqon Bilga Chikshan xizmatida bo’lgan Chiksin yig’isi. U o’z eli, xoqoni, mamlakati uchun fidoyi inson. Lekin hayotdan faqat g’am-alam ko’radi. Tirikligida sakkiz o’g’lidan ajraladi. Shu sababli o’z nomini «alamli Chiksin» deb ataydi. Lekin xalqi, xoqoni, do’stlariga qilgan xizmatini sharaf deb tushunadi.
Achur qishlog’idagi bitig. Uri bek xoqonga el marsiyasi. Uri o’z elining hukmdori. U el og’asi Inanchu bilganing o’g’lidir. Uning haqiqiy ismi Kuch, qahramonlik laqabi Uridir. Uning mamlakati boy bo’lib, «puli ko’p edi, qora sochidek». Yetti ming sonli qo’shini bor edi.
Oltinko’ldagi birinchi bitig. Vatani va eli ozodligi uchun jangda halok bo’lgan Umay bek yig’isi. U o’z elining o’kinchi uchun tug’ilganidan g’ururlanadi. Ular to’rt aka-uka edilar. Ularni jangdagi o’lim ajratdi.
Ubayt bitigi. Qahramon jangchi Tarxon Sangun yig’isi. U olti yoshida otasidan ajralgan. U El Chur elida bahodirligi bilan shuhrat qozonadi. O’ttiz jangchi bilan dushman pistirmasiga duch keladi va halok bo’ladi.
O’rxun va Enasoy tosh bitiklari adabiy janrlar talablariga ko’ra marsiya va madhiyadir. Shaxsning vafot etganligiga achinish hissi bilan bitilgan satrlar marsiya janrining xususiyatini belgilasa, uning tiriklik paytidagi qahramonlik, bahodirlik, vatanparvarlik fazilatlari ulug’langan satrlar madhiya janri talabi asosida yuzaga kelgan. Enasoy bitiglarida bu ruh yanada kuchli.
Tosh bitiklar asosan erkak kishilar vafotiga bag’ishlangan. Мarsiya ham asosan vafot etgan kishining tilidan berilgan. Мarsiya turkiy yozma va og’zaki adabiyotda alohida janrdir. Мahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» kitobida saqlangan Alp Er To’ngra marsiyasi ham shunday janr namunasidir. U xalq og’zaki ijodi mahsuli hisoblanadi. Lekin marsiyaning Urxun–Enasoy bitiglaridagi marsiyalardan farqi shundaki, u vafot etgan shaxs tilidan bayon etilmaydi, balki xalq yig’isi hisoblanadi.
Urxun-Enasoy tosh bitiglari tarixiylik xususiyatiga ega. Ular hayotdagi aniq shaxslarga bag’ishlangan. Shu bilan birga mifologik tasavvurlar ham ifodalangan. Qadimgi turkiylar mifologiyasiga ko’ra tangri yer va osmonni yaratuvchi, u yagonadir. Tangri turkiylar uchun – ota, yer esa onadir. Kul tegin kichik yozuvi shunday boshlanadi:
Tengri teg. Tengride bolmыsh
Turk Bilga qag’an bu
O’tga o’lurtum.
Sabыnыn tukati esidgil.

Мazmuni:
Tangri toq. Tangridan bo’lgan
Turk Bilga qog’on bu yerga o’lturdim.
So’zimni tugal eshitgil.

Kul tegin yodgorligining katta yozuvi esa quyidagicha boshlanadi:
Uza Ko’k tengri
Asra yag’iz yer qыlыntuqda,
Ikin ara kisi og’lы qыlыnmыs.

Мazmuni:
Yuzada Ko’k tengri.
Ostda qora yer qilindi
Ikkisi aro kishi o’g’li yaratildi.

Urxun bitiglari Enasoy bitiglaridan epik tasvirning kengligi bilan ajralib turadi. Bu yodgorliklarda ham marsiya va madhiya ruhi yetakchilik qiladi. Lekin voqyelikning ifodalanish xususiyatiga ko’ra boshqa janrlarning ham belgisi mavjud. Kul tegin va Bilga xoqon yodgorligi badiiy tasvirning yetakchiligi hamda epiklik xususiyati bilan qahramonlik dostonlarini eslatadi. Tunyuquq yodgorligida esa voqyealarning badiiy tasviri yetarli darajada emas.
Demak, tosh bitiglarda adabiy janr talablariga ko’ra marsiya, madhiya, doston va memuar shakllari mavjud. Tosh bitiklarda badiiy tasvir vositalari, xalq tili boyligidan unumli foydalanilgan. Kul tegin asarida turk xalqining tabg’achlar tomonidan ezilishi, zulm o’tkazilishi shunday tasvirlanadi:
Turk budun illaduk ilin ichqinu idmis,
Qag’anladuk qag’anin jituru idmis.
Tabg’ach budunka barilik o’ri og’lin kul bolti,
Silik qiz og’lin ko’ng bolti.

Мazmuni:
Turk budun ellashgan elni buzg’un etmish,
Qog’onlangan qog’onni tuban etmish.
Tabg’ach budung’a qattiq o’g’illari qul bo’ldi,
Suluv qizlari cho’ri bo’ldi.

Parchadagi «Ellashgan el buzg’un», «Qog’onlangan qog’on tuban», «Qattiq o’g’ullar qul», «Sulu qizlar cho’ri» kabi tasviriy ifodalar ziddiyatni yanada ta’sirchan ko’rsatadi. Quyidagi parchada esa o’xshatish orqali turkiy bobolarimizning kuch-qudrati, dushmanlarining ojizligi tasvirlanadi:
Tengri kuch birtuk uchun
Kangim qag’an so’si bo’ri tag ermis.
Yag’isi koy teg ermis.

Мazmuni:
Tangri kuch bergani uchun
Otam qog’on kuchli bo’ridek bo’lmish.
Yog’isi qo’ydek bo’lmish.
Sifatlashlar ham tabg’ach xalqining o’ziga xos xususiyatlarini ochishga xizmat qiladi:
Tabg’ach budun sabi suchuk,
Ag’isi yim shak ermis.
So’chik sabin yim shak ag’in arin,
Irak bo’dunig’ ancha yag’u tir ermis.

Мazmuni:
Tabg’ach budun so’zi chuchuk,
Og’izi yumshoq ermish.
Suchuk so’zi, yumshoq qiliq (la) avrab,
Yiroq budunni ancha yaqinlatar ermish.

Tunyuquq bitig toshidan olingan misralarda obrazli tasvir yanada hayotiy chiqqan:
Yag’umuz tegra ichuq teg erti,
Biz shad ertimiz.

Мazmuni:
Yog’imiz tegrada qushlardek (ko’p) erdi,
Biz yemdek edimiz.

Qush va yem kurashadigan ikki qavmning imkoniyat darajasini obrazli tarzda ifodalay olgan o’xshatishdir. Yoki shu bitig toshda turkiy xalqlarning maqol va matallaridan o’rinli foydalanilgan.
Yupqa ariklid toplag’alu uchuz ermis,
Yinqa eriklid izdali uchuz,
Yipqa qalin bolsar, toplag’aluq alp ermis,
Yinchga yog’on bolsach, izduluk alp ermis.

Мazmuni:
Yupqa arriqlik to’plagali oson ermish,
Ingichka orriqlik uzgali oson.
Yupqa qalin bo’lsa to’plagali alp (kerak) ermish,
Ingichka yo’g’on bo’lsa uzgali alp (kerak) ermish.

Demak, tosh bitiklar o’zining ta’sirchan badiiy qimmatiga ega. Qadimgi turkiylar tilining jozibasi tosh bitiklarda aniq ifodasini topgan. Bundan tashqari, tosh bitiklar bir necha fanlarning ham qimmatli manbai hisoblanadi. Avvalo, ular adabiy yodgorlikdir. Ifoda usuli va janr (doston, qasida, marsiya va boshqalar) xususiyati bilan badiiy adabiyotning namunasidir. Tosh bitiklar qadimgi turkiy tilni o’rganishda cheksiz ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Ularda turkiy qavmlarning tarixiga oid voqyea-hodisalar, jug’rofiy nomlar, qavmlarning nomi va urf-odatiga doir etnografik ma’lumotlar, totemizm, ko’k tangri, moniylik kabi diniy e’tiqodlar ham o’z ifodasini topgan. Xullas, tosh yodnomalar turkiy xalqlarning adabiyoti, tili, tarixi, dini, jo’g’rofiyasi, urf-odatlarini o’rganishda g’oyat qimmatli yodgorlikdir. Bu masalaning birlamchi tomonidir. Ikkinchidan, yodnomalar qadimgi turkiy xalqlar og’zaki ijodining izchil davomi, janr va g’oyaviy belgilarini o’zida mujassamlashtirgan adabiy merosdir.
Badiiy asarlarni o’tda yonmas, tuproqda chirib, yo’qolmas jismlarga bitib yaratish dunyo xalqlari madaniyati tarixida sinalgan an’anadir. Jahon adabiyotining durdonasi sanalgan «Bilgamish» dostoni ham sopol lavhalarda bitilgan edi. Turkiy tosh bitiklar ham ana shunday an’analar natijasi bo’lib, ularda rang-barang janrlardagi asarlar yaratilgan. Tosh bitiklardagi dostonlarning g’oyasi, qahramonlik ruhi turkiy xalqlar og’zaki adabiyotdagi eposlar bilan mantiqan bog’lanadi. Bunday bog’lanish qabr toshlari dostonlarini yaratgan ijodkorlar xalq dostonlari bilan juda yaqin tanish bo’lganligi, undagi g’oyaviy mazmun hamda qahramonlik ruhini chuqur anglaganligida ko’rinadi.

Download 494,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish