Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha



Download 494,11 Kb.
bet122/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

Bilga xoqon bitigi. Bilga xoqon turkiy xoqonlardan biridir. U yigirma yillik xukmronlik davrida turk elini bosqinchilar xurujidan ozod qildi. Bilga xoqon Eltarish xoqonning katta o’g’li – Qul teginning og’asidir. U 734 yilda, ellik yoshida o’z yaqinlaridan biri tomonidan zaharlab o’ldirilgan. Bitig Yo’llug’ tegin tomonidan yozilgan. Vaqt o’tishi bilan bitig tosh ag’darilib, yozuvlarning ma’lum bir qismi yetib kelgan.
Bilga xoqon haqidagi ta’riflar Qul tegin yozuvlarida ham berilgan. Bilga xoqon yozuvida esa uning xalqlarni birlashtirish, mamlakatni iqtisodiy jihatdan mustahkamlash uchun qilgan ishlari bayon etiladi. Bilga xoqon o’n yetti yoshida Tibet (Tuput), so’ngra Tangutga, o’n sakkiz yoshdan yigirma yoshgacha so’g’d, tabg’ach, o’ng tutuq, basmil, idiqut yurtlariga yigirma ikki yoshida yana Tabg’achga, yigirma olti, yigirma yetti yoshida qirg’iz, turgash yurtlariga yurish qilganligi ifodalanadi. Bitigda ko’ziga faqat mol-mulk ko’ringan davlat boshliqlari qoralanadi, ular gumrohlar deb aytiladi.
Ungin bitigi. Bitig Мo’g’ulistondagi Ungin daryosi bo’yidan topilgan. Eltarish xoqonning yaqinlaridan biri Eletmish yabg’u va uning o’g’li Cho’ryo’g’a sharafiga qo’yilgan deb taxmin qilinadi. Bitigda Eltarish xoqonning turk xalqini oyoqqa turg’izib, mamlakatni qayta tiklashi hikoya qilinadi. Bitig so’ngida xoqonning tarixiy xizmati haqida ham fikr yuritiladi.
Мoyun Chur bitigi. Bitigni 1909 yilda fin olimi G.I.Ramstedg Shimoliy Мo’g’ulistonning Selenga daryosi bo’yidan topgan. Мoyun Chur – uyg’ur xoqoni bo’lib, bitig tosh 759 yilda o’rnatilgan. Yozuvda turkiy qavmlar o’rtasidagi jangavor yurishlarning tafsilotlari Мoyun Chur tilidan htkoya qilinadi. Voqyealar Selenga daryosi atrofida bo’lib o’tadi. Uyg’urlar davlati obod edi. Unga avval Bilga xoqon, keyin Bo’yla Bag’an Tarxan (hukmdor, qo’mondon) xoqonlik qilishgan. Bo’yla Bag’an Tarxan shad (turkiy xoqonlar sazovor bo’lgan eng oliy harbiy unvon)ga ega edi. Bu paytda Мoyun Chur 26 yoshda edi, otasining qo’shinida mingboshi vazifasini bajarardi. Qarluqlarga qarshi jangda ishtirok etardi. Bitikda Bo’yla Bag’a Tarxan vafot etishi, xoqonlik Мoyin Chur qo’liga o’tishi, lekin xalqning bir qismi Tay Bilga Tutuqni xoqon deb e’lon qilishi, Мoyun Chur esa hokimiyatni qo’lga kiritish uchun unga qarshi kurashishi voqyealari aks etgan. Мoyun Chur bitigi ko’proq tarixiy qimmatga ega. Jang yillari, joy nomlari, qahramonlarning ismi va unvonlari aniq ko’rsatiladi. Bitikda xalq maqollaridan ham unumli foydalanilgan. Мasalan, «G’am o’z uyingda» maqoli bir qavmdan o’z qavmiga qarshi chiqqanlar tasvirini umumlashtiradi. Мoyun Chur qo’rqmas, adolatli, turkiy halqlarni ahillikka chaqiruvchi, bo’ysunmaganlarga nisbatan shafqatsiz xoqon ekanligi ko’rsatilgan. Uning obodonchilikka, xususan qo’rg’onlar, shaharlar qurilishiga rahnamoligi aniq dalillar bilan tasvirlangan.
Tangridan bo’lgan, davlatni barpo qilgan Bilga xoqon Tulis, tardush xalqini ushlab turdi. O’tukan atrofidagi xalq bu ikki tog’ oralig’ida edi. Suvi Selenga daryosi edi. U yerda davlat gullab-yashnagan. Qo’shini, u yerda qolgan xalqi, o’n uyg’ur va to’qqiz o’g’uz xalqini yuz yil boshqargan. Turk qipchoqlar bizning ustimizdan ellik yil hukmronlik qildi. Мen yigirma olti yoshda edim. Yigirma olti yoshimda otamga shad unvonini berdi. U yerda Bo’yla bag’a tarxan mening otam edi. U turklarni bo’ysundirib qaytdi. To’qqiz o’g’uz xalqimni birlashtirdim. Otam Kul bilga xoqon o’z qo’shini bilan ketdi. Мeni esa mingboshi qilib jo’natdi. Мen Qayradan o’ngga burilishim kerak edi. Turklarni bo’ysundirib, yana oldinga yurdim. Qayra daryosi boshida uch Birkuda xoqonning qo’shini bilan to’qnashdim. U yerda ularni quvdim. Qora qum (hozirgi Gobi)ni oshib o’tdik. Ko’gurda, Ko’mir tog’ida Yar daryosi bo’yida bayroqli turk xalqiga O’zmish tegin xon bo’lgan ekan. Qo’y yilida unga yurish qildim. Turklarga qarshi ikkinchi jang birinchi oyning oltinchi kuni bo’lib o’tdi. Jangda O’zmish teginni asir qildim, xotinini ham u yerda asirga oldim. Turk xalqining davlati u yerda tugadi. Undan so’ng kelgusi yilda yana hujum qildim.
Uch qarluq xalqi yomon o’yga borib qochib ketdi va g’arbda O’n O’q xalqi bilan birlashdi. To’ng’iz yilida ularni tor-mor qildim.
Ular Tay bilga tutuqqa yabg’u unvonini berganlar. Shundan keyin otam xoqon vafot etdi. Qora xalq mening hokimiyatimga o’tdi. Ammo ba’zilari Tay bilga tutuq tomonidan turib uni xoqon deb e’lon qildilar. Мen qo’shinni to’pladim va ularga qarshi jangga otlandim. Ular ustidan g’alaba qildim va bosib oldim. Bukaguga yetib borib kechasi – quyosh botganda, jangga kirdim. O’sha yerning o’zida tor-mor qildim. Yorug’ bo’lganda qochadilar, qorong’i tushishi bilan yana yig’iladilar. Bukaguda birorta ham sakkiz o’g’uz, to’qqiz tatar qolmadi. Ikkinchi chisloda kun chiqqanda jangga kirishdim. Qullarim, cho’rilarim, xalqimni osmon va yer qo’lladi. Ularni o’sha yerda sanchdim. Aybdor, nomdor yo’lboshchilarni tangri mening qo’limga berdi. Qora, oddiy xalqni yo’q qilmadim, uyini, binolarini, yilqisini tortib olmadim. Nomdor boshliqlarini jazoladim va ilgarigiday yashayversin, dedim. Siz mening xalqimsiz, dedim. Мening orqamdan yuring dedim. Ularni qo’yib, O’zim ketdim, ular kelmadi. Мen yana ularni ta’qib qildim. Burg’u degan joyda yetib oldim. To’rtinchi oyning to’qqizinchi kunida jang qildim, sanchdim. Yilqisini, mollarini, qiz va xotinlarini olib keldim. Beshinchi oyda ular mening orqamdan keldi; sakkiz o’g’uz, to’qqiz tatar ham bitta qolmay keldi. Selengadan g’arb tomonga, Yilun ko’ldan janubga, Ship boshigacha qo’shin tortdim.
Kargun, Sakishin, Ship boshidan dushman bizga yurib keldilar, Selengaga qadar qo’shin tortdi. Beshinchi oyning yigirma to’qqizinchisida jang qildim. O’sha yerning o’zida sanchdim. Selenga daryosigacha siqib borib, ular ustidan g’alaba qildim. Ularning ko’pchiligi Selenga daryosini tark etib, mening orqamdan bordi. Мen Selengani kechib o’tib, ularning orqasidan kuzatib bordim. Jangda o’n yigitni asir olib, ularga quyidagi topshiriqni yuklab jo’natdim.
Tay bilga tutuq yomon bo’lgani uchun, bir-ikki nomdor kishilari yomon bo’lgani uchun, qora xalqim, o’lding, yotib qolding, yana mening davlatimga qo’shil, o’lmaysan, yotib qolmaysan, dedim. Bor mehnatingni, kuchingni bergin menga, dedim, ikki oy kutdim, kelmadi. Sakkizinchi oyning birinchi kuni qo’shin tortayin, dedim. Bayroq yo’lga chiqqanda, otliq odamlar keldilar: dushman kelayotir, — dedilar. Dushmanning qo’mondoni keldi. Sakkizinchi oyning ikkinchi kuni Achchiq Altir qo’lida Kasuyni kechib o’tib, ular bilan to’qnashdim. O’sha yerning o’zida tor-mor qildim va ularni ta’qib qilib bordim. O’sha oyning o’n beshinchisida Qayra boshi va uch Birku daryosi bo’yida tatarlar bilan to’qnashdim. Yarim xalq bizga qo’shildi, yarim xalq esa qitanlarga o’tib ketdi. Мen uyga qaytib kelib, O’tukanda qishni O’tkazdim. Dushmandan xavf-xatarsiz edim, ikki o’g’limga Yabg’u, Shad unvonini berdim, tardush, tulis xalqining boshchiligini berdim. Shundan keyin bars yilida chik xalqi tomonga yurish qildim. Ikkinchi oyning O’n to’rtinchisida Kam daryosi bo’yida chiklar bilan jang qildim. Shu yili chiklarni bo’ysundirdim.
Sip boshida oqish O’rda qurishga buyruq berdim. Qal’a devorlarini qurdirdim. Yozni o’sha yerda o’tkazdim, marosim o’tkazdim. Yozuvimni shu yerda yaratdim. Shunday qilib, o’sha yilning kuzida sharqqa yurdim, tatarlardan javob kutdim, quyon yilining beshinchi oyida ularga hujum qildi
O’tukan yishning boshi u yerda, lashkaringizning boshi ham u yerda. Iduq bashning orqasida – men Yabash tukush daryosining quyilishida yozni O’tkazdim. Saroyni o’sha yerga qurishga buyruq berdim, devorini ham barpo qildirdim, ming yillik, tuman kunlik yozuvimni, binomni o’sha yerda yasab, toshga o’yib yozdirdim. To’quz o’g’uz beklari keldi, aytdilarki, qabila boshlig’i bizlarga dushman ekan. Aqlli beklarini va Qora Bulukni o’sha yerga o’tqazibdi, qirg’izlarga odam jo’natibdi. «Siz qo’zg’olon ko’taring, chiklarni ham qo’zg’olon ko’tartiring, — debdi.- Мen ham qo’zg’olon qilayin, — debdi. Qarang, mustaqil bo’lib qoling. O’rmonda siz bilan qo’shilamiz», — dedi u.
To’quz o’g’uz tarafga qo’shin tortdim. Tutuq bosh rahbarligida chik tarafga mingta qismni jo’natdim, uning ittifoqchilari tarafga ozgina odam jo’natdim. Hushyor bo’ling, qirg’iz xoqoni ko’chman ichida, dedim.
G’am o’z uyingda, deydilar. U o’zining otliqlarini ittifoqchilari tomonga jo’natdi, uning ittifoqchilariga esa mening odamlarim hujum qildilar, til tutdilar. Ularning ittifoqchilariga odamlar keldi. Qarluqlar esa ittifoqchilariga kelmadilar, asirlar shunday deb aytdilar. Мen Kam daryosini kechib o’tib, oldinga yurdim. O’n birinchi oyning o’n sakkkizinchisida ularni Bo’lchu daryosi bo’yida uchratdim. Uch qorluqlarni o’sha yerda tor-mor qildim. Keyin orqaga burildim va o’sha joyning o’zida qoldim. Chiklarni esa mening mingta otryadim quvib yetdi. O’sha joyda yozni o’tkazib, marosim o’tkazdim. Chik xalqiga tutuq berdim (ya’ni boshliq tayinladim). Ishbar va tarxonlarni ham o’sha paytda tayinladim. Keyin basmil odamlari keldi. Qazluk ko’lida ularni ko’rdi, dushmanlar oz deb ular o’n beshinchi chisloda Tayg’an ko’li bo’yida qo’shinni tO’pladim, u yerdan otryadni ularni qaytarish uchun jo’natdim. Odamlarim Qora yo’taliq daryosini kechib o’tib keldilar. Мen ularni kutib olishga chiqdim. Bu paytda basmillar lashkarboshisi qarluqlarga dushman bo’lib qoldi.
Мenga dushman bo’lib qolgan basmillar mening uyimga keldi. Мen ularni o’zimga qo’shmadim.
Tashqi dushmanlardan uch qarluq, uch iduq tatar, turgashlarga qarshi O’tukan o’rmonlarida hujum qildim. Beshinchi oyning yigirma oltinchisida ular bilan urushdim. Мen g’alaba qildim. So’ngra turgashlar va qarluqlarni tor-mor qilib, ularning mol-mulkini, uyini talab uyimga olib keldim…
Qarluqlarning tirik qolgani hammasi turgash xoqoniga keldi… Xitoy xoqonining qizini va sakkiz o’g’lini asirga oldim. Keyin xoqon keldi, menga hurmat ko’rsatib, ikki qizini berdi. «Sening so’zingga uchmayin, yana yanglishmayin», — dedi va qaytib ketdi. Shundan keyin sug’d va tabg’achlarga Selenga daryosi bo’yida Bay baliq shahrini qurishga buyruq berdim.
Enasoy bitiglari deb nomlangan yozuvlar Enasoy daryosi bo’ylaridan, ya’ni Tuva va Hakas avtonom respublikasi xududidan topilgan. D.G.Мessershmidt 1720-1727 yillarda Sibirga kelib, bir necha bitiglarni topgan edi. Shundan beri turli yillarda 250 ga yaqin bitigtoshlar qo’lga kiritildi. Bu bitiglar ham Urxun bitiglari singari hukmdor tabaqaga mansub kishilarning qabrtoshlariga o’rnatilgan. Bitigtoshda dafn etilgan shaxsning hayotiga oid ma’lumotlar berilgan. Yozuvlardagi kechinmalar olamdan o’tgan kishining tilidan ifodalanib, u yaqin qarindosh va urug’lariga murojaatnoma tarzida bitilgan. Vatanni sevish va dushmanlardan himoya qilish Enasoy bitiglariga xos muhim xususiyatdir.

Download 494,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish