Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha



Download 494,11 Kb.
bet121/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

Bilga xoqon butparastlar bu yodgorlikni sig’inish belgisi deb tushunishsa, yanglishadilar, deb ta’kidlaydi. U budda sanami emas, balki turkiylar tarixi bitilgan boqiy yodgorlik ekanligini uqtiradi. Kichik va katta bitikdagi epik voqyelik bir-biri bilan mantiqan bog’lanadi. Kichik yozuvdagi «ne-ne so’zim esa mangu toshga urdim» kabi satrlardagi «so’z»ning javobi katta yozuvda o’z ifodasini topadi.
Kul tegin katta bitigida ifodalangan mazmun yirik eposlar darajasidadir. Kul tegin obrazi qahramonlik ruhiyati bilan Alpomish va Мanas kabi obrazlarni esga soladi. Asar mualllifi Yo’llug’ Tegin Kul teginga xos bahodirlik xususiyatlarini ko’rsatish uchun uning tarixiy ildizlarini ochadi, ota-bobolari jasoratlarini ko’rsatib o’tadi.
Katta yozuv m’lum ma’noda turkiy alp xoqonlar shajarasi, jasorati madh etilgan qo’shiqdir.Asarda dastlabki turk xoqonlari Bumun xoqon, Istami xoqonlar ta’riflanadi. Ular shu qadar shuhrat topishgan ediki, ular vafot etganlaridan so’ng yig’isiga tabg’ach, tunut, avar, rum, qirg’iz, o’g’uz, tatar, xitoy va boshqa mamlakatlardan odamlar kelib yig’lashgan. Shundan so’ng bitikda Eltarish xoqon madhiyasi keltiriladi. Uning vafotidan so’ng xoqonlikni o’g’li-asardagi voqyealar hikoyatchisi egallaydi. Alp xoqonlarga xos jasorat, turkiy qavmlarni birlashtirish va ularning turmushini yaxshilash uchun kurash Bilga xoqon tomonidan davom ettiriladi.
Katta bitikda ko’plab tarixiy shaxslar obrazi yaratilgan. Asarning bosh qahramoni Kul tegindir. U Bilga xoqonning ukasi, otasi vafot etganida yetti yoshda edi.Qirq yetti yoshida o’zi ham olamdan o’tadi. Asarning kichik bitigi hamda ikkinchi bitikning dastlabki qismlari xotira-memuar usulida bitilgan bo’lsa-da, Kul tegin qahramonligiga oid tasvirlar uning tarixiy qahramonik dostoni janri namunasi ekanligini oydinlashtiradi. Bitikda Kul teginning bo’z, to’ruq, oq qora otlarni minib, yovga tashlanishi tasvirlari bu asar bilan turkiy xalqlar og’zaki ijodidagi qahramonlik eposlari o’rtasida g’oyaviy yaqinlik borligini ko’rsatadi. Alpomish, Мanas, Мaaday qora kabi obrazlar yuzaga kelishiga Kul tegin kabi tarixiy shaxslar qahramonligi asos bo’lgan deb hisoblash mumkin.

Download 494,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish