Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha


-mavzu: Turkiy toshbitiklar ma’naviyati



Download 494,11 Kb.
bet117/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

16-mavzu: Turkiy toshbitiklar ma’naviyati
Reja:

  1. Milliy adabiyotning vujudga kelishi. Turkiy toshbitiklarda milliy g’oyaning ifodalanishi.

  2. “Turk buduni” tushunchasining ma’naviy ahamiyati.

  3. Kultegin, Bilga hoqon, To’nyuquq, Ungin bitik toshlariga bitilgan hikmatlarning Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviyatiga ta’siri.

  4. O'rxun-Enasoy, Kul-Tegin va Bilga-Xoqon yodgorliklari O’rta asr ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida

Tayanch so’zlar: To’nyuquq, Kul tegin, Bilga xoqon, Ungin, Мoyun Chur, Eletmish, Uyuq Tarlaq bitigi, Uyuq, Turan bitigi, Elegeshdan topilgan bitig, Begra bitigi, Chako’l bitigi, Achur qishlog’idagi bitig, Oltinko’ldagi birinchi bitig, Ubayt bitigi
Milliy adabiyotning vujudga kelishi. Turkiy toshbitiklarda milliy g’oyaning ifodalanishi
Tosh va yozma badiiy bitiglarning topilishi turkiy adabiyot tarixida yangi davrni boshlab berdi. Мarkaziy Osiyoga arablarning kelishiga qadar yaratilgan yozma adabiyotni o’rganishda O’rxun va Enasoy daryolari yoqasidan topilgan tosh bitiglar alohida ahamiyatga ega. Turkiy halqlarning bu adabiy-tarixiy yodgorliklari VI-VIII asrlarga oid bo’lib, ular turk runiy yozuvlari deb yuritiladi. Turkiylarda tosh bitiglar tarixi uzoq tarixga ega.
1970 yilda Olmaotadan 50 kilometr uzoqlikdagi Esik shaharchasidan topilgan qabrdan Urxun alifbosidagi harflar bitilgan runiy yozuvdagi tosh bitig qo’lga kiritilgan edi. Yozuv qadimgi turk tamg’alarida uchraydigan shakllarga asoslangan bo’lib, unda quyidagi so’zlar bitilgan. «Xonning o’g’li 23 yoshida o’ldi. Issiq elining boshi omon bo’lsin!» Qabr qaysi xonga tegishli ekanligi aniqlanmagan bo’lsa-da, yozuv bundan 2500 yil muqaddam yaratilgani isbotlangan. Demak, runiy yozuvlarning tarixi uzoq, bu yozuvda yaratilgan yozma adabiyot ham shunday qadimiylikka egadir. Lekin mukammal darajadagi tosh bitiglar qo’lga kiritilmaganligi sababli yozma davrni miloddan oldingi davrlardan boshlashga hali vaqt erta.
Runiy yozuvda bitilgan adabiy tarixiy bitiklar Sibir, Мo’g’ulistonning turli joylaridan, Sharqiy Turkiston, Мarkaziy Osiyo, Qofqaz, Volga bo’yi, shuningdek, Yevropadan topilsa-da, u tarixda O’rxun-Enasoy yodgorligi nomi bilan yuritiladi. Bu yodgorliklarning topilish tarixi, bitiklarning adabiy-tarixiy qimmati darslik va qo’llanmalarda, bir necha ilmiy tadqiqotlarda o’rganilgan. Jumladan, N. Мallayevning «O’zbek adabiyoti tarixi» (oliy o’quv yurtlarining til va adabiyot fakultetlari uchun darslik), B. To’xliyevning «O’zbek adabiyoti» (9-sinf uchun darslik), «O’zbek adabiyoti tarixi» (Besh tomlik. 1-tom), A. Qayumovning «Qadimiyat obidalari», mualliflar jamoasi tomonidan tayyorlangan «Qadimiy hikmatlar» va boshqa asarlarda yoritilgan. O’rxun va Enasoy bitiglari jahon turkiyshunoslari e’tibori qaratilgan nodir yodgorliklardandir. Qadimgi turkiy yozuvlarni o’qigan birinchi kishi daniyalik professor V. Tomsondir. Shundan so’ng R.Radlov, S.Ye. Мalov, S.G.Klyashtorniy, I.V.Stebleva, H. O’rxun, T.Tekin, Najib Osim, G.Aydarov, o’zbek olimlaridan A.Rustamov, G’. Abdurahmonov, N. Rahmonovlar o’rganishgan. Bitiglar qadimgi turkiy tildan hozirgi o’zbek tiliga ham o’girilgan. Bu jihatdan A.P.Qayumov, G’. Abdurahmonov, A. Rustamovlarning xizmati salmoqlidir.
Run yozuvlari qog’ozga, shuningdek, boshqa buyumlarga ham bitilgan. «Irq bitigi» («Ta’birnoma») qog’ozda yozilgandir. Run yozuvi hozirgi Avliyo ota va Taroz shahri yaqinidagi qoyada, Sibir o’lkasida kumush ko’zachalarda bitilgani kuzatilgan. Shuningdek, qadimshunoslar oyna, qayish to’qasi, idish-tavoq, yog’ochga bitilgan runiy yozuvlarni qo’lga kiritishgan.
Tosh bitiklar turkiy xalqlar tarixida favquloddagi yozma adabiyot emas. Ular qadimgi turkiy xalqlar og’zaki ijodining mantiqan davomi, o’zidan avvalgi adabiyotning mazmuni, ruhi, g’oyasini rivojlantirgan yangi shaklidir. Tosh bitiklardagi arxaik tasvirlar shundan dalolat beradi. I.V.Stebleva, N.Rahmonov va boshqa olimlar tosh bitiklarning bunday xususiyatlarini asoslab berganlar. Yodnomalarda bayon qilish usuli va bu usulning uch qat’iy unsurlari–asarda boshlanma, voqyea rivoji, tugallanmaning mavjudligi turkiy, umuman, barcha xalqlar og’zaki ijodiga xos arxaik xususiyatlardir. Tosh bitiklar qadimgi turkiy xalqlar og’zaki ijodining davomi sifatida yuzaga kelganligining asoslari mavjud. Ungin yodnomasi shunday boshlanadi:

Download 494,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish