Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha


Kultegin, Bilga Xoqon, To’nyuquq, Ungin bitik toshlariga bitilgan hikmatlarning Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviyatiga ta’siri



Download 494,11 Kb.
bet119/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

Kultegin, Bilga Xoqon, To’nyuquq, Ungin bitik toshlariga bitilgan hikmatlarning Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviyatiga ta’siri
To’nyuquq bitigi xotira-memuar shaklidagi dostondir. Unda asosan hayotiy voqyealar hamda mifologik tasavvurlar ifodalangan. To’nyuquq tarixiy shaxs bo’lib, Eltarish xoqonning maslahatchisi edi. Uning yoshligi Tabg’ach- Xitoyda o’tgan. Bu paytda turk xalqi Tabg’achga bo’ysungan. Chunki turk xalqi bosh-boshdoqlikka yo’l qo’yib, o’zini idora etolmagan. Ana shunday tarqoq xalqni To’nyuquq birlashtirdi, ikki bo’lagi otli va bir bo’lagi piyoda bo’lgan 700 kishilik qo’shini bilan turk mamlakatini tikladi hamda shad (turk xoqonligining oliy unvonlaridan biri) unvoniga ega bo’ldi.
To’nyuquq Bo’yla Baga Tarxon hamda Eltarish xoqonlar bilan mamlakat farovonligi uchun kurashdi. Natijada, xalq to’q bo’ldi. Turklar mamlakatiga yana urush xavfi tug’ildi. Tabg’ach, o’g’uz, qutan qavmlari birlashib, hujum qilishga tayyorgarlik ko’rdi. To’nyuquq Eltarish xoqonga maslahat solganida xoqon uning kuchiga, tadbirkorligiga, donoligiga ishondi va «ko’nglingga kelganini qil» deb buyurdi. To’nyuquq o’g’uzlarning uch ming kishilik qo’shiniga qarshi jangga kirdi, ularni yengdi, yigirma uch shaharni ishg’ol qildi. Jang qishda, qor-izg’irinli kunlarda davom etardi. Qattiq sovuq bo’lsa-da, Irtish daryosidan o’tish va urushishga to’g’ri keldi. Jangda To’nyuquq g’alaba qozondi, dushman shadini ham o’ldirdi, dushmanning oz qismi qochdi, ular Temur qopug’gacha quvib borildi va qo’lga olindi. To’nyuquq Eltarish xoqonga maslahatchi bo’lgan davrda yurt dushmanlari bilan tez-tez jang bo’lib turdi. Jumladan, Eltarish xoqon tabg’achga 17, qutanga 7, o’g’uzlarga 5 marta yurish qildi.
Tosh bitigda ifodalangan bunday tasvirlar xotira-memuar bo’lib, ular asarda epik bayonni, syujetni hosil qiladi. To’nyuquq bitigining boshqa toshbitiglardan o’ziga xos tomoni shundaki, unda yig’i-yo’qlov ruhi sezilmydi, aksincha, asarning butun mazmuni qahramonlik tasviri asosida qurilgan. To’nyuquq – jasoratli, o’z xoqoni va mamlakti sharafi uchun kurashgan dono sarkardadir.
Bitigda real hayotiy voqyealar bilan mifologik tasavvurlar uyg’un holatda tasvirlanadi. Мifologik tasavvur hayotiy voqyealarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Tangri xoqonlikka xon berishi, lekin xalq unga itoat etmay, bosh-boshdoq bo’lishi, shu sababli tangri ularni qarg’ashi, nihoyat To’nyuquq tangrining g’azabini anglashi, tangri bilim va madad bergani uchun xalqni birlashtirib, ulkan davlatni qayta tiklashi mifologik tasavvur natijasi hisoblanadi.
To’nyuquq bitigini turkiy yozma adabiyotdagi dastlabki qahramonlik dostonlari namunasi deb hisoblashga asoslar bor. Unda mavzu, syujet, obrazlar tizimi, tasviriy vositalar mahorat bilan yaratilgan. Shuningdek, asar o’ziga xos kompozision qurilishga ega.

Download 494,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish