Islom mintaqa madaniyati shakllanishining siyosiy-ijtimoiy asoslari
Milliy ma’naviyatimizning islom mintaqa madaniyati doirasidagi takomiliga yakun yasash oldidan bir muhim masalani aniqlashtirib olishga ehtiyoj bor. Biz islom m a’naviyati takomili va uning bosqichlarini boshdan oyoq mintaqa miqyosida qamrashga urindik. Ushbu yondashuv qanchalik maqbul, axir, asl maqsad milliy ma’naviyatimiz taraqqiyoti emasmidi? Gap shundaki, V III asr 2-yarmidan XVI asr boshlarigacha milliy ma’naviyatimiz yagona mintaqa madaniyati hududida rivojlandi va yaxlit islom mintaqa ma’naviyatining uzviy qismi sifatidagina taraqqiy etdi. Bunday tarixiy holat O’rta asrlarda nafaqat islom mintaqasi, balki Yevropa, U zoq Sharq, Janubiy Osiyo mintaqalari uchun ham xos edi.
Bu davr islom mintaqa ma’naviyatining shakllanishi va takomiliga bizning vatandoshlarimiz sezilarh hissa qo’shdilar. Sunna davridagi 6 buyuk muhaddisning 2 tasi bugungi O’zbekiston hududidan, VIII asr oxiri IX asr boshlarida mintaqa adab ilmining iqtidorli namoyandalaridan Adib Ahm adning ilk turkiy dostoni shu hudud bilan bog’lanadi, Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy kabi islom m a’rifatchiligining dunyoga nomi taralgan vakillari, mo’tazila yo’nalishiriing so’nggi zabardast vakili, Qur’oni karimning eng m o’tabar tafsirlaridan “Al-Kashshof’ning muallifi Mahmud az-Zamaxshariy (1075-1144), Kalom ilmida alohida yo’nalishga asos solgan Al-Moturidiy, fiqh ilmining o ‘nlab zabardast allomalari, jumladan, butun islom dunyosi qozilarining asosiy kitobi bo’lmish fiqh ilmining qomuslaridan “Hidoya fil-furu’” ni yaratgan Burhonuddin Marg’inoniy (vafoti 1197-yil), tasawufning uch buyuk tariqati — yassaviya, kubraviya, naqshbandiya-xojagon asoschilari - Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Abduxoliq G ‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband va boshqa yuzlab tasaw uf shayxlari ushbu zamin farzandlaridir. Butun islom dunyosida IX—X III asrlarda hukmronlik qilgan turkiy sulolalar ham ushbu zamindan chiqib borib, dunyoni zabt etganlar. Agar bugun biz Shimoliy Afrika va Ispaniya, Arabiston yarim oroli va Markaziy Osiyo hududlarida IX—XV asrlarda yashab o ‘tgan allomalar merosini bir-biridan alohida o ‘rgana boshlasak, tarixiyma’naviy voqelikni hech qachon to ‘g’ri ilg’ay olmaymiz va ko’p narsani chalkashtirib yuboramiz. Asli Mahmud Koshg’ariy turkiy adabiy til va uning shevalariga bag’ishlangan kitobini Bag’dodda yozgan bo’lsa, Mahmud Zamaxshariyning asarlari Xorazm vohasida arab tilida ijod etilgan bo’lsa, hatto XV asrda hukmronlik qilgan Mirzo Ulug’bek o ‘zining asarlarini arab va fors tillarida yozgan bo’lsa, bu uch til (arab, fors, turk) da yozilgan yaxlit madaniy merosning yagona mohiyatini qanday qilib bir-biridan ajrata olamiz?
Xullas, 7 asrdan oshiq vaqt davomida katta bir mintaqada yagona madaniyat, yagona m a’naviy muhit shakllandi. Ushbu muhitda arab, fors, turkiy imllatlaming o ‘ziga xos m a’naviy dunyosi bir-biri bilan nihoyatda yaqinlashib, o ‘zaro umumiy jihatlar kasb etdi. Shu bilan birga ularning islomdan oldingi taraqqiyoti muayyan darajada farqlangani bois va boshqa turli omillar tufayli umumiy rivojlanishning milliy talqinlarida farq bo’lishi ham tabiiydir. Turkiy millatning bosh bo’g’ini bo’lmish o ‘zbek xalqi milliy m a’naviyati taraqqiyotida Alisher Navoiyning m a’naviy olami avj nuqtani tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |