Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha


O’rxun-Enasoy, Kul-Tegin va Bilka-Xoqon yodgorliklari O’rta asr ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida



Download 494,11 Kb.
bet120/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

O’rxun-Enasoy, Kul-Tegin va Bilka-Xoqon yodgorliklari O’rta asr ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida.
Kul tegin bitigi. Bitik turk xoqoni Eltarish xoqonning kichik o’g’li Kul tegin qabriga qo’yilgan. Kul tegin 731 yilda vafot etgan bo’lib, tosh 732 yilda o’rnatilgan. Bitiktoshdagi voqyealar Kul teginning akasi Bilga xoqon (asli ismi Мo’g’iliyon) tilidan hikoya qilingan. Asar Kul teginning jiyani Yo’llug’ tegin qalamiga mansub. Asar ikki qismdan iborat, birinchi kichik yozuv – 110, ikkinchi katta yozuv 428 misradan iborat. Kichik yozuvning dastlabki qismida Kul teginning o’z avlodlariga, beklar va xalqqa murojaati beriladi. Turk davlatining chegaralari ko’rsatilgan. Kul tegin qo’shini «Shantung tekisligigacha» (shimoliy-sharqiy Xitoy), «To’quz arslon» — Tibetgacha yetganligi aytiladi. Kul tegin qo’shinlari Inju (Sirdaryo)ni kechib, Temir Qopug’gacha (Bo’zg’ala o’tami), so’lda esa Bayirqu (Sharqiy Zabaykal)gacha borgani madh etiladi. Kul tegin turkiy xalqlarni O’teken yerida muqim qolsa, mung bo’lmasligini uqtiradi. Asarning ikkinchi qismida esa Bilga xoqon ajdodlarining tarixi bitiladi. Kul teginning harbiy yurishlari, shaxsiy bahodirligi, vafoti, matom marosimi va marsiyalar keltiriladi. Asarning har ikki qismi ham Ko’k tangriga e’tiqod ruhi bilan boshlanadi. Turkiylar bilan yonma-yon yashagan tabg’achlarning bosqinchiligi, hiylakorligi keskin qoralanadi.
Kul tegin yodgorligidagi kichik va katta bitig janr xususiyatiga ko’ra memuar-xotirani eslatadi. Lekin bu asarlarning To’nyuquq bitigidan farqli tomonlari mavjud. Kichik va katta bitig tangrining olamni yaratish haqidagi tasavvurlar tasviri bilan boshlangan. Albatta, bunday tasvirlar epik yo’nalishli katta syujetli asarlarning janr xususiyati talabi natijasidir. Dostonlar avvalida tangri va olamning yaratilishi haqidagi tasvirni berish, so’ngra asosiy voqyeaga o’tish qadimiy adabiy an’ana hisoblanadi.
Kichik bitig ma’lum ma’noda katta bitig uchun muqaddima hisoblanadi. Katta bitigda voqyealar hikoyachisi – bilga xoqon, avvalo, o’zining kimligini tanishtiradi, hayotiy tajribalari, saboqlarini bayon etadi, Kul tegin sharafiga o’rnatilgan yodgorlikning sababi va tafsilotini keltiradi.
«So’zimni tugal eshit!» Bilga xoqonning og’a-inilariga, farzandlariga, xalqiga, beklariga murojaati ana shunday. «So’z» — epik voqyea uch qismdan tashkil topgan: 1. Bilga xoqon qayerda va kimlar bilan jang qilgani tasviri. 2. Turli qavmlar bilan urushish, muloqotda bo’lish, yarashish jarayoninida to’plagan hayotiy tajribalar va ularni «so’z»ni eshituvchilarga bayon etish. Bu qismdagi g’oyaviy xulosani xalqni birlashishga, o’z xoqoni atrofida jipslashishga da’vat tashkil etadi. Bilga xoqon xalq ana shu maqsadga erishishsa, u och bo’lmaydi, farovon yashaydi, deb uqtiradi. 3. Tabg’ach xoqonidan tosh yo’nuvchi va toshga yozuvchi usta keltirib, mangu yodgorlik tiklagani tasvirlangan.

Download 494,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish