«Tasdiqlayman» O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Zamonaviy o‘qituvchi shaxsida quyidagi fazilatlar namoyon bo‘la olishi



Download 355,8 Kb.
bet6/33
Sana07.07.2022
Hajmi355,8 Kb.
#755592
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
111магистр-иши

Zamonaviy o‘qituvchi shaxsida quyidagi fazilatlar namoyon bo‘la olishi
kerak:

  1. O‘qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi hamda bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri, asosli ma’lumotlarni berib borishi lozim.

  2. Zamonaviy o‘qituvchi ilm-fan, texnika va texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo‘lishi talab etiladi.

  3. O‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur va puxta bilimga ega bo‘lishi, o‘z ustida tinimsiz ishlashi va izlanishi lozim.

  4. O‘qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat tashkil etishi kerak.

  5. O‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida eng samarali shakl, metod va boshqalardan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i darkor.

  6. O‘qituvchi ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatlariga ega bo‘lishi shart.

  7. O‘qituvchi yuksak darajadagi pedagogik mahoratga, chunonchi, kommunikativlik layoqatiga ega bo‘lishi, pedagogik texnika, nutq, yuz, qo‘l-oyoq va gavda harakatlari (mimika, jest, pantomimika) qonuniyatlarini chuqur

o‘zlashtirib olishga erishishi lozim.

  1. O‘qituvchi yuksak nutq madaniyatiga ega bo‘lishi va uning nutqi bir qator sifat va xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak.

  2. O‘qituvchi kiyinish madaniyatiga (sodda, ozoda va bejirim kiyinish, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning diqqatini ko‘p jalb etuvchi turli xil bezaklar(qimmatbaho taqinchoqlar va yorqin rangli pardoz-andoz vositalari)dan ortiqcha va o‘rinsiz foydalanmaslik, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishga odatlanish kabilar) ega bo‘lishi lozim.

  3. O‘qituvchi shaxsiy hayotda pok, atrofdagilarga o‘rnak bo‘la olishi lozim.

O‘qituvchi shaxsining mazkur talablarni o‘zida aks ettira olgan ichki va tashqi qiyofasi uning o‘quvchilar va hamkasblari hamda ota-onalar o‘rtasida obro‘e’tibor qozonishini ta’minlaydi.
Uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning ikki muhim ko‘rsatkichi – sifat va samaradorlik aynan o‘qituvchining salohiyati va kasbiy mahoratiga uzviy aloqadordir. Uning kasbiy talabnomasi (professiogrammasi) kun sayin kuchaymoqda.
“Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevoridir”, - degan shior kun tartibiga o‘rnili kiritilgan mustaqillik yillarida bu masalaning yechimi o‘qituvchi va tarbiyachi shaxsiga yanada mustahkam aloqador bo‘lib qoldi. Boisi, o‘qituvchi tajriba va malakasining uyg‘unligi muvaffaqiyatlar garovi ekanligi sir emas. O‘qituvchining ijodkor va tashabbuskor bo‘lishi lozimligini mazkur darslik epigrafidagi buyuk nemis pedagogining fikri ham tasdiqlaydi.
Ta’lim tizimini insonparvarlashtirish (gumanizatsiyalash) muammosi kun tartibiga qo‘yilgan bugungi kunda o‘qituvchi shaxsining insonparvarlik jihati oldingi o‘ringa chiqdi.
O‘qituvchining shaxsiy fazilatlari: axloqiy barkamollik, ya’ni sahovatpeshalik, mehribonlik, talabchanlik, ma’naviy poklik qanoatlilik, rostgo‘ylik, sadoqatlilik, pokizalik, ziyraklik, andishalilik, vazminlik, sabrbardoshlilik, muloyimlik va boshqalardir.
O‘qituvchining kasbiy fazilatlari: o‘z sohasining puxta bilimdoni bo‘lish, hunar sirlarini sodda usulda o‘rtaga olish, hayotiy tajribalari asosida tarbiyalovchilik, shogirdlar ehtiyojlari va yutuq-kamchiliklarini idrok eta oluvchanlik, nutq madaniyatiga ega bo‘lish, shaxsiy namuna bo‘la olishlik va shu kabilardir.
Shogirdlik odobi bo‘yicha quyidagicha mezonlar qayd qilinadi: “Agar sendan shogirdlik odobi nechta, deb so‘rasalar, yettita degin”. 1) avvalo: o‘z ishiga yaxshi munosabatda bo‘lish, ya’ni o‘z kasbini sevish; 2) o‘z ishiga e’tiqod qo‘yish va unga ishonish; 3) ustoz oldida xokisor bo‘lish, o‘z nojo‘ya odatlarini tark etish; 4) ko‘rish (nojoiz) lozim bo‘lmagan hamma narsalardan nigohini olib qochish; 5) eshitish mumkin bo‘lmagan barcha narsalarga quloq solmaslik; 6) barcha noloyiq ishlardan qo‘l tortish; 7) ustoziga qarshi bo‘lgan kishilar bilan muomala qilmaslik. Ana shu kesimlarda o‘qituvchi va o‘rganuvchi o‘rtasidagi dialektik munosabat to‘laqonli amalga oshiriladi.

Download 355,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish