Loyihani tashqi baholash mezonlari:
- loyihalashning oldiga qo’yilgan muammolarning qimmatliligi vadolzarbligi, o‘rganilayotgan mavzuga mosligi;
- foydalaniladigan tadqiqot uslublari va olingan natijalarni ishlashuslublarining muvofiqligi;
- loyiha ishtirokchisining o‘ziga xos imkoniyatlariga muvofiq faolligi;
- qabul qilinadigan qarorlarning jamoviy mazmundaligi;
- loyiha ishtirokchilarining o‘zaro aralashuv, o‘zaro yordam, o‘zaroto‘ldiruvchanlik mazmuni;
- muammoga zaruriy va yetarlicha chuqur kirish, boshqa sohalardanbilimlarni jalb etish;
- qabul qilinadigan qarorlarni isbot qilinishi mumkinligi. O‘z fikr-lari va xulosalarini asoslay olish;
- bajarilgan loyiha natijalarini rasmiylashtirish tartibi.
O‘quv loyihasini amalga oshirish bosqichlari:
- taqrizchilar savollariga javob bera olish, guruh har bir ishtirokchisijavoblarining qisqachaligi va asoslanganligi.
O‘quv loyihasini ishlab chiqishbosqichlari:
tayyorgarlik (motivatsiya, muammoli vaziyatlarni aniqlash, mavzuni tanlash, loyihaning maqsadini belgilash);
loyihalashga doir (umumiy rejani ishlab chiqish, faoliyatni amalga oshirishning aniq rejasini tuzish, tanlab olingan nuqtai nazar bilan bog‘liqlikda topshiriqlarni talabalar o‘rtasida taqsimlash, mustaqil ish, guruhlarda ishlash, “aqliy hujam”, praktikum va boshqalar);
amaliy (muammoni tadqiq etish, ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash, natija olish, natijalarni sinovdan o‘tkazish, natijalarni grafik ko‘rinishida taqdim etish, hujjatlarni rasmiylashtirish);
analitik (rejalashtirilgan ishlar va olingan natijalarni taqqoslash, umumlashtirish va xulosalash);
nazorat va baholashga doir (muafaqqiyatlarni va yo‘l qo‘yilgan xatolarni tahlil etish, xatolarni to‘g‘rilash yo‘llarini izlash, real holat bilan bog‘liqlikda loyihaga o‘zgartirishlar kiritish);
yakuniy (ishmazmuni bilan tanishtirish, xulosalarni asoslash, loyiha himoyasi).
O‘quv loyihasini amalga oshirishda bir qator shakl va metodlarga tayaniladi. O‘quv loyihasini tashkil etishning turli bosqichlarida bir biridan farq qiluvchi metodlarga murojaat etishga to‘g‘ri keladi. Bu jarayonda o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyatlari ham bir biridan farqlanadi.O‘quv loyihasi asosan talabalarningmustaqil ishlariga asoslanadi.Bu ishlarnitashkilashtirish kattalarning ishi. Bu yerda Ya’ni guruhlarda va individual o‘quvloyihasini tashkil etishda farqlar bor. Maktab va kollejlarda guruhlardaishlashga e’tibor berishadi, chunki bu yerda o‘qituvchi ko‘p talabalar bilanishlaydi. Ijodiy loyihaviy ustaxonalarda darsdan tashqari vaqtlarda ko‘ployihalar ishlab chiqariladi. Bunday loyihalar juda murakkab (talabalarishlariga rahbarlik qilish uchun). Shuning uchun biz buni batafsil ko‘ribchiqamiz. Ijodiy loyihaviy ustaxona deganda kichik jamoa tushuniladi. Unda fano‘qituvchisi va har-xil yoshdagi talabalar bo‘lishi mumkin. Ular bir fanyo‘nalishi bo‘yichi har-xil loyihalarda ishlashlari mumkin. Pedogogikao‘qituvchisi ”Estetik tarbiya talabalar ijodkorligining muhim tarkibiyqismi”, Pedogogika tarbiya haqidagi qadimiy fan”, ”Talim samaradorligita’minlanishi metodlarning zamonaviyligida” va boshqalar.
Ijodiy loyihaviy ustaxona a’zolari ma’lum bir vaqtda har biri o‘zpredmeti ustida ishlaydi. Ustaxonada bir-birlari bilan uchrashgandayordamlashadilar, axborot almashishadi va loyiha ustida ishlashtexnologiyasini o‘rganadilar. Kattalar o‘z tajribalarini yoshlar bi lano‘rtoqlashadi, a’lochilar kuchsizlarni ilhomlantiradi. Bunday katta vakichiklarning bigalikdagi ishlari qiziqarli ijodiy muhitni yaratadi. Bubilan nafaqat ta’limiy balki tarbiyaviy masalalar ham hal etiladi.Maktabda sog‘lom muhitni yaratishga yordamlashadi. Bunda ustaxonalardamashg‘ulotlar haftasiga bir martadan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Bu narsaustaxona qatnashchilarining tajribasi va o‘qituvchining bandligiga bog‘liq. Bunday ust xonalarda o‘qituvchiga bir talabaning loyiha ishi bilan alohidatanishishga imkoniga ega bo‘ladi. Ustaxonalarda bunday ishlarni tashkiletish,o‘qituvchi bilan talabaning teng huquqli, hamkor,umumiy ish bilanmashg‘ul hamkasblar bo‘lishiga imkon beradi. Bunday ustaxonalar har-xilyoshdagi talabarlar o‘rtasida umumiy ish doirasida aloqalar tashkil etishga xizmat qiladi.Ma’lumki, talabalar bir-birlaridan tez o‘rganadilar.Umumiy ishsinfdan tashqari aloqalar o‘rnatishga xizmat qiladi. Bunday ishlarnitashkil etish o‘z atrofiga nafaqat talabalarni balki, maktabning ko‘pginao‘qituvchilarini ham jalb etadiki, bu bilan ular o‘z ishlarini, kasbiybilimlarini ham to‘ldiradilar. O‘quv loyihalarini tashkil etishning bir qator yo‘llari mavjud bo‘libular: guruhlarda va individual o‘quv loyihasini tashkil etish, ijodiy loyihaviy ustaxonalarni tashkil etish. Guruhlarda loyihaviy ishlar olib borishi nafaqat ta’limiy, tarbiyaviymasalalarni hal etishga yordam beradi. Shu bilan birga guruhning loyihaviyish olib borishiga raxbarlik qilish ma’lum qiyinchiliklar ham tug‘diradi.Bu loyihaviy guruh tashkil etilshdan boshlanadi. Odatda bu guruhqatnashchilari faol, mustaqil va ma’suliyatli bo‘lishlari kerak. Bundan tashqari guruh loyihani muvoffaqiyatli bajarishi uchun ular orasida: “g‘oyalar generatori”- bu a’zo o‘ylovchi, “erudit”- ko‘p biluvchi, “tanqidchi”-shubhalanuvchi, tekshiruvchi, qayta tekshiruvchi. Bundan tashqari lider vaijrochilar bo‘lishi kerak. Talabalar o‘zaro yordam berishlari, prinspialbo‘lishlari, boshqalar fikrini bilishi, o‘zini nuqtai nazarini himoya qilaolishi va umumiy maqsad yo‘lida kelishuvchan bo‘lishi kerak. To‘g‘risi maktabbunday sharoitni amalga oshirib bo‘lmaydi. Agar loyihalar beshinchi sinftalabalari doimiy amalga oshirilsa, sakkizinchi, to‘qqizinchi sinfga kelib, ular guruh loyihalarida muaffaqiyatli ishlay oladilar. Guruh loyihalariuchun yana bir chegaralash bor:ular uzoq muddatli bo‘lmaydi. Talabalar uzoqvaqt vaqt birga,mustaqil faoliyat olib bora olmaydi. O‘qituvchi ham guruhishini uzoq muddat nazorat qilishga qiunaladi. Shu sabablarga ko‘ra guruhloyihalari qisqa muddatli yoki o‘ta qisqa muddatli bo‘ladi. Sinf jamoasinishakllantirishga talabalarga o‘zaro hamjihatlik paydo qilishda guruhloyihalari foyda beradi. Lekin guruh ishlarida, uning har bir talabaga birxil darajada ishtirokni ta’minlab bo‘lmaydi. Har doim kimdir asosiy ishnibajaradi,kimdir asosiy ishni bajaradi,kimdir ikkinchi darajaga tushibqoladi. Shuning uchun guruh loyihalarida ishtirok etishdan tashqariindividual loyiha ishlarida ham ishtirok etishlari kerak.Bu metod xohlagan fan uchun mos keladi. Vazifani olgandan so‘ng,sinfo‘qituvchi ko‘magida yoki o‘zlariga 3yoki 5 odamdan iborat bir necha guruhgabo‘linadi.Deyarli har doim yakka holda ishlovchilar bo‘ladiki, ular yolg‘izbo‘lishni istashadi. O‘qituvchi bunday talabalar bilan o‘zaro ishlashni to‘g‘ritashkil etish uchun, ular nima uchun guruhda bo‘lmasliklarini bilishi zarur. Birlari o‘zlariga ishonishadi, boshqalari esa guruhda kuchsiz bo‘lib qolishdanqo‘rqadi. Yana biri odamovi bo‘ladi. Bunday talabalarning har biri bilanalohida ishlash kerak. Manmanlarga tegish kerak emas, ular vaqt o‘tishi bilanguruhga qo‘shiladi (birga ishlash qiziq bo‘ladi, bir o‘zi ishni bajaraolmaydi.). O‘qituvchi ishtirokisiz guruhlar qilinadigan ishlarni bo‘libolishadi. Guruhda talabalarning o‘rni va vazifalari.Hamma narsa tartibli, ijodiy texnologiya asosida sodirbo‘ladi.Talabalardan biri “muammoni paydo qiluvchi”, biri “tahlil qiluvchitadqiqotchi”, biri “g‘oya beruvchi va g‘oya bunyodkori”, biri “tanqidchi” yana biri“har xil qarashlarni keltiruvchi” bo‘ladi. Bu vazifalar doimiy bo‘lmay, o‘zgartirib turiladi.Qizg‘in tortishuvlardan so‘ng, berilgan vazifani javobi topiladi, bu narsa yozma hisobotda ko‘rsatiladi. Yozma hisobot uchun mas’ul shaxs, hisobotni ovoz chiqarib o‘qiydi va o‘qish jarayonida hatoliklarni tuztibboradi. Natijada dastlabki “mahsulot”yaxshilanib boradi.Birinchi guruhishni yakunlab, ma’ruza o‘qishga kirishadi.Lekin ma’ruzadagi kamchilliklarnio‘zi ham bilib, uni qayta ishlashni boshlaydi. Aytilganidek o‘qituvchilarko‘pincha guruhlarning loyihalarini tanlashadi. Talaba bilan individual loyiha ustida ishlashni tashkillashtirishdao‘qituvchi talabaning nafaqat yosh imkoniyatlarini,balki uning individual xususiyatlari, shaxsiy qiziqish va talablarini hisobga olishi kerak. Demak, o‘qituvchida talabaning bilimidagi kamchilikka ta’sir o‘tkazish bilan birga, uning shaxs bo‘lib shakllanishiga ham ta’sir o‘tkazadi. Shunga individualloyihaning afzalligi ko‘rinadi. Individual loyihaga ham cheklovlar bor.Bir loyiha misolida,qanday qilib individual loyihani tashkillashtirishniko‘rib chiqamiz. Ko‘pincha talabalar uchun loyiha tuzishda birinchi bosqichmavzu tanlash qiyin bo‘ladi. Bunday vaqtda o‘qituvchi mavzu bermasdan, talabaning muammo va qiziqishlarini aniqlashi kerakki, talaba loyihaustida ishlash jarayonida bu muammolarni hal eta olsin.To‘qqizinchi sinftalabasi ana qanday loyihani oshirishni bilmas edi. Loyiha rejasiniishlab chiqish jarayonini o‘zgartirish mumkinmi? Masalan: Avval savol javobqilib, so‘ngra adabiyotni o‘rganish va ma’lumotlar yig‘ish va h.k. Biz qachontaqdimot bo‘lishini bilamiz va ishning har bir bosqichi uchun jadvaltuzishimiz mumkin. Endi bo‘lajak ish uchun bizda qanday imkoniyatlar bor vayana qandaylari kerakligi haqida o‘ylashimiz kerak. Qanday kitoblar vaboshqa axborot manbalari bor bir yana kerak bo‘ladi. So‘rovnoma tuzaolamizmi yoki o‘rganishimiz kerakmi? Eksperimentga kim qatnashadi? Loyihamaxsuloti qanaqa bo‘ladi? Bizning loyihaga avval adabiyotni o‘rganish yokimuammo bo‘yicha kerak edi. Keyin mustaqil ravishda talabalar va kattalaruchun savolnoma tuzish kerak edi. Keyin savol javob o‘tkazib,natijaniumumlashtirish kerak edi. So‘ngra olingan ma’lumotlarni taxlilqilib,ularning asosida”Maslaxatlar” berish kerak. Bu “maslaxatlarni” talabalar va kattalarga berib,ularning fakrlarini muhakama etamiz, ularasolsida loyiha mahsulotiga o‘zgarishlar kiritamiz va eksperiment bilanyana bir muhakama qilamiz. Oxirida “maslahatlar”ning so‘ngi variantinituzamiz va uni devoriy paster sifatida rasmiylashtiramiz, tarbiyaviy soatdatalabalarga ko‘rsatamiz.
Loyiha mahsuloti tayyor bo‘lgach, loyiha bo‘yicha qilingan ishlar haqidahisobot yozamiz va himoyaga tayyorlanamiz. Ishlab chiqilgan reja loyihamaqsadiga olib borishiga yana bir bor ishonch hosil qilishimiz kerak. Bu erdateskari aloqa ya’ni o‘qituvchining yordami kerak. Bular o‘qituvchilar yokiloyiha tayyorlash ustaxonlari a’zolari bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha muallifgatuzilgan rejasining kamchiligi ko‘rinmaydi, shuning uchun ekspert qilishkerak. Agar reja yaxshi bo‘lib, loyiha reja bo‘yicha ketsa loyiha muvafaqiyatliyakulanadi. Rejani batafsil muhakamsidan so‘ng, uni amalga oshirishboshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |