3.Rolli- o‘yinli loyihalar va ularning tavsifnomasi: Bunday loyihalardatuzilma faqat belgilanadi va ish oxirigacha ochiq turadi. Ishtirokchilarloyihaning xarakteri va mazmuniga qarab, o‘zlariga ma’lum rollarni taqsimlaboladilar. Bu adabiy qiyofalar, ijtimoiy yoki ish munosabatlarini taqlid etuvchixayoliy qahramonlar bo‘lishi, ishtirokchilar o’ylab topgan vaziyatlar bilanmurakkablashtirilishlari mumkin. Bu loyihalarning natijalarida yokiularni ijro etilishining boshida, yoki eng oxirida belgilanadi. Bundaijodiyot darajasi yuqori bo‘lsa-da, rolli-o‘yin faoliyati bari-bir ustun turbo‘lib qolaveradi.
4. Tanishtiruvga mo‘ljallangan, axborotli loyihalar va ularning tavsifnomasi: Bu xil loyihalar avvaldan biror obyekt, voqea haqida axborotyig‘ishga yo‘naltiriladi; loyiha qatnashuvchilarini shu keng auditoriyagamo‘ljallangan axborot bilan tanishtirish, tahlil qilish, dalillarniumumlashtirish talab qilinadi. Bunday loyihalar, xuddi tadqiq etiluvchilarikabi yaxshi o‘ylanilgan tuzilmani, ish davomida tizimli tahrir qilishgaimkoniyatini talab qiladi.
5. Amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan loyihalar: Bu loyihalar boshdanoqishtirokchilar faoliyatining yaqqol natijalarini ajrata oladi. Natija esaishtirokchilarning ijtimoiy manfaatlari tomon yo‘nalgan bo‘ladi (tadqiqotnatijalari asosida tuzilgan hujjatlar - ekologiya, biologiya, geografiya, agrokimyo, tarixiy, adabiy va boshqa mazmundagi harakat dasturi, tabiat, jamiyatbo‘yicha, qonun loyihasi, lug‘atlar, tavsiyalar va boshqalar keltiriladi.
6. O'quv loyihasi, loyihaviy faoliyat, o'quv loyihasining uslubiy pasporti.
Sharq pedagogikasining mashhur namoyondalari Al-Xorazmiy, Abu NasrForobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Hayyom, Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy asarlarida ta’lim va tarbiyaning tajriba, kuzatuv, induksiya va deduksiya, amaliy-sinov, algoritmik ketma-ketlikdagisavol-javob, taqqoslash va boshqa uslublarini ilmiy holda asoslab berilgan,shu bilan birga bilim olish faoliyatini faollashtirish, bilimlarni amaldaqo‘llanishini, tizimlilik va ketma-ketlilik, mantiqiyligini ilmiy jihatdanyoritib berishgan. Allomalar tomonidan birlikning, xususiylikning vaumumiylikning, yagonalikning, sabab-xulosaviy aloqalar, kuch etadiganlik, materialni soddadan murakkabga tomon bayon etilishi, ko‘rsatmalilik va shu kabitamoyillar keng foydalanilgan.Sharq qomusiy allomalari ta’lim va tarbiyaning shakllari, uslublari vatamoyillarini ishlab chiqdilar, ular hozirgi kunda ham o‘z kuchini yo‘qotganemas. Ularning ishidagi qimmatli tomonlaridan biri shuki, ular barchafanlarni ikkiga ajratganlar - amaliy va nazariy, ular orasidagi bevositaaloqani yoritib berganlar. Masalan: Abu Ali Ibn Sino ta’limning quyidagi tamoyillarini aniqlagan:
a) bolani birdaniga kitobga bog‘lab qo‘yish kerak emas;
b) bola bilan o‘tkaziladigan mashqlar me’yorlangan, kuchi yetadigan, jamoaviy bo‘lishi, jismoniy mashqlar bilan birgalikda olib borilishi, bolaning mayllari va qobiliyati e’tiborga olinishi lozim;
v) ta’lim yengildan og‘irga tomon yo‘nalgan bo‘lishi kerak;
g) ko‘rsatmalilik tamoyilida bolaning o‘ziga xos xususiyatlarie’tiborgaolinadi.
Burxoniddin Zarnujiy ta’limni hayot bilan bog‘lashni, onglilikni, o‘tilganlarni takrorlash, ketma-ketlikni va tizimlilikni taklif etadi.
Umar Hayyom bilimni chuqur, tushunib o‘zlashtirilishi, mustaqilo‘rganilishini, mustaqil fikriy faoliyat, hayotiy voqeliklarni o‘rganishga doir amallar, jarayonlarni ko‘p martalab takrorlashga asosiy diqqat-e’tiborni qaratdi. Alisher Navoiy, bolaning o‘ziga xos xususiyatlariga, bilim orttirishgaintilishining rivojlanganligiga, materialning ketma-ketlikda tushunarlibayon qilinishi, kishining xar tomonlama kamolot topishiga asosiy e’tiborni qaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |