Pedagogik loyihalash tamoyillari va algoritmiobyektni tadqiq qilish uchun, dastlab model, so‘ngra uning asosida loyihaishlab chiqilsa, modellash loyihalashning tarkibiy qismi bo‘lishi mumkin.Loyihalash bashorat qilish tushunchasi bilan uzviy bog‘langan. Ularningumumiyligi shundaki, loyiha va bashorat kelajakdagi didaktik hodisalarhaqida tushuncha beradi. Lekin, loyihadan farqli ravishda bashoratlarehtimoliy mazmunga ega va u yoki bu didaktik jarayonning rivojlanishnatijalarini oldindan ko‘ra oladi. Loyiha esa bu jarayonlarni qaytadantuzadi. Loyihalash o‘z tarkibiga bashorat qilish qismini kiritishi mumkin.Agar talabaning o‘quv - bilish faoliyat rejasi haqida gap borsa, va shu jarayon davom ettirilsa, rejalashtirish loyihani amalga oshirishi tarkibiga kiradi.
Tuzish-qurish ham ta’lim jarayonini loyihalash tarkibiga kiradi. Fikrimizcha, u texnologik jarayonni amalga oshirish uchun moddiy vositalarnituzishdan iborat. Loyihalash u yoki bu darajada kelajakdagi ta’limjarayonini modellashtirish, bashorat qilish, rejalashtirish, tuzish-qurishqismlarini o‘z ichiga oladi. Ta’lim jarayonini loyihalash - murakkab faoliyat bo‘lib, pedagogdan amaliy, didaktik, uslubiymetodologik, buyumli va boshqa bilimlarning tizimini talab qiladi, chunki, u xayoliy darajada haqiqiy ta’lim jarayonini yoritib beradi.
“Tamoyil” (prinsip) tushunchasi lotincha“principium” - boshi, asosi so‘zidanolingan. O‘zining kelib chiqishiga ko‘ra ta’lim tamoyillari pedagogik amaliyotning nazariya bilan umumlashtirilishidan iborat, amaliy faoliyatdan kelib chiqadi va aniq mazmunga egadir. Shunga ko‘ra, ular rahbariy holatlarga egadirki, talabalarga ta’lim berish jarayonida o‘qituvchining faoliyatini ma’lum tartibga soladilar va tuzatadilar. Didaktik tamoyillar o‘quv jarayonining barcha tomonlarini qamrab oladilar va unga aniq maqsadga yo‘naltirilgan, mantiqan ketma-ket boshlanishni beradilar.
Lekin, o‘zlarining mavjudlik shakliga ko‘ra tamoyillar subyektivmazmunga egadir, chunki pedagogning ongida turli darajadagi to‘liqlilik vaaniqlikda akslanadilar. Tamoyillarni bilmaslik, ularning talablariningortidan bormaslik, ularni noto‘g‘ri tushunishlik ularni rad qilmaydi, lekin, ta’lim jarayonini noilmiy, ziddiyatli va unumsiz qilib qo‘yadi. Ta’limtamoyillariga amal qilish o‘qituvchi pedagogik madaniyatining bir qismigaaylanadi, kasbiy faoliyatining natijali bo‘lishini ta’minlaydi.
Ta’lim tamoyillari - eng umumiy rahbariy nizom bo‘lib, undatalabalarga ta’limning mazmuni, uni tashkil etish, texnologiyasi, uslu-biyatiga nisbatan talablar ifodalanadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, didaktik tamoyillar OO‘YUdapedagogik jarayonni tashkil etish tamoyillari bilan o‘quvchilarning bilimolish faoliyatini boshqarish bevosita o‘zaro bog‘liqlikga egadir. Lekin ular shubilan birga o‘z xususiyatlariga va tarixiga egadirlar, ular ustida batafsilroqto‘xtalishga to‘g‘ri keladi.
5. O'quv loyihaviy faoliyat: tuzilishi va mazmuni.
Do'stlaringiz bilan baham: |