"tasdiqlayman" O‘quv ishlari bo`yicha prorektor



Download 2,39 Mb.
bet36/152
Sana27.06.2022
Hajmi2,39 Mb.
#711700
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   152
Bog'liq
05.10.21y

Tushuntirish usuli eng keng tarqalgan an`anaviy usullardan hisoblanadi. U o`qituvchi tomonidan muayyan mavzuda yig`ilgan bilimlarni axborot sifatida so`zlab, ko`rsatib berishga, o`quvchilar
tomonidan esa, bu axborotni qabul qilib, esda saqlab qolishga asoslangan. Bu bilimlar esda qanchalik qolgan – qolmaganligini sinov yoki imtixon vaqtida tekshiriladi. Talabalar, asosan mexanik ravishda esda saqlab qolgan axborotni qaytarib aytib berish bilan cheklanadilar. Bu bilimlar faqat so`ragandagina esga tushib, oz vaqt o`tishi bilan esdan chiqib ketadi.
Bu usulda o`qituvchi tomonidan o`quv dasturida berilgan tayyor bilimlarni o`quvchilarga etkazib berish va ularni esida qolishi uchun mashqlar o`tkazish bilan kifoyalanadi.
Izlanuvchilik-tadqiqotchilik usuli, o`qituvchilar tomonidan materialni mustaqil ravishda egallashga asoslangan. Bu usul, mustaqil fikrga ega bo`lgan va kelgusida ilmiy faoliyat bilan shug`ullanishga o`zini bag`ishlanganlarga asosan akademik litsey va kasb hunar kollejlarining iqtidorli o`quvchilariga asqotadi. Bu usullardan foydalanib dars berilishi natijasida bilim olgan o`quvchilar ma`lum darajada fan fidoyisi bo`lib, boshqa dunyoviy ishlardan ozod bo`lgan bo`ladilar. Ya`ni erkin shaxsga
aylanib boradilar.
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni jumladan «ma`naviyat asoslari» kursini xam o`qitishda qo`llanilayotgan pedagogik texnologiya maxsuli (produktiv) dars berishga asoslangan bo`lib, undagi usullarni egallashga asoslangan. Pedagogik texnologiyada dars mahsuli bilim olish jarayoni darsni aniq
bo`laklarga bo`lib, har bir bo`lagida o`quvchilar bilishi shart bo`lgan natijalar ko`rsatib boriladi. O`quv materiali darsni maqsadidan kelib chiqib, modullarga bo`lingan bo`ladi. Har qaysi modulga test savollari
tuziladi. O`quv jarayoni aniq savollarga konkret javoblar topishga qurilgan bo`lib, natijada bu javoblar bir butunlikni , ya`ni qismlarning ichki zarurriyatidan kelib chiqqan aloqadorliklarni tashkil qiladilar. Bu
usul ilmiy asosda standartlashgan bilimlarni egallashga mo`ljallangan.
Pedagogik texnologiyada maxsul (produktiv) usul qatorida izlanuvchilik – tadqiqotchilik usuli xam ishlatiladi. Mustaqil erkin fuqorolarni shakllantirishda xalq xo`jaligi uchun zarur bo`lgan ma`lum bilim xajmiga ega mutaxassis hamda turli muammolarni izlanib xal qiladigan tadbirkor kishilarni tarbiyalash kerak bo`ladi. Bunday kishilarni tarbiyalashda tipik harakatlarga o`rgatuvchi maxsuli (produktiv) va nostandart vaziyatlardan yo`l topib chiqib ketishni o`rganuvchi izlanuvchilik – tadqiqotchilik usullari mos tushadi. Bizga kerak bo`lgan bu usullar omiqtasidan pedagogik texnologiya unumli foydalanadi:
pedagogik texnologiya tamoyillarining birinchisi muayyan dars mavzusidan kutilgan asosiy maqsadni aniqlab olish; ikkinchisi-umumiy maqsaddan kelib chiqib, darsni qismlarga ya`ni modullarga ajratib, xar bir qismning maqsadini va qismlar ichida xal qilinishi lozim bo`lgan masalalar tizimini aniqlab olish; pedagogik texnologiya tamoyillarining uchinchisi modul ichida echiladigan masalalarning har biri uchun test savollarini tuzib chiqish; to`rtinchi tamoyili-maqsadlar aniq bo`lib, test savollari tuzilgandan keyin maqsadga etish usullar tanlanib, ularning aniq ishlatiladigan payti va o`rni belgilab olinadi. Ta`lim jarayoniga texnologik yondashuv paytida, avval aytib o`tkanimizdek, majmuaviy yondashuv tamoyiliga binoan bosqichlari orasidagi zaruriy bosqichlarga alohida e`tibor qaratiladi. Bu pedagogik texnologiyaning beshinchi tamoyili xisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaning an`anaviy uslublardan asosiy farqi, uni majmular nazariyasidan kelib chiqqanligi bo`lib, u ushbu nazariyani barcha qonuniyatlariga bo`ysunganligidadir.
Pedagogik texnologiya O`zbekiston maorifchilari uchun nisbatan yangi bo`lganligi va u majmua yondashuv tamoyiliga to`liq asoslanganligi sababli hamda majmular nazariyasini bilmay turib bu usulni tushunib etish qiyin bo`lganligi uchun, quyida majmualar nazariyasining eng asosiy konuniyatlarni ko`rsatib o`tishni lozim ko`rdik.
Majmua deb, bir butun yaxlitlikni tashkil qiluvchi va o`zaro uzviy bog`lik qismlardan iborat ma`lum bir ob`ekt (narsa yoki xodisa) ga aytiladi.
Har qanday majmua ikki yoki undan ortiq tarkibiy qismlardan iborat bo`lib, auni vaqtda o`zi xam o`zidan yuqori pog`onada turgan majmuaga tarkibiy qism bo`lib kiradi. Uning tarkibiy qismlari bir pog`onadagi majmualar hisoblanib, ular xam bir necha tashkiliy qismlardan (majmualardan) iborat bo`ladi. Bu hodisa chekli bo`lishi va cheksiz davom etishi mumkin. Misol uchun, metodikada ko`rgazmalilik majmua, u bir necha kodoskop, proektor, komp`yuter va tarkibiy qimslardan tashkil topgan.
Komp`yuter ham o`z navbatida majmua bo`lib, ekran, korpus, klavish va boshqa qismlardan tashkil topadi. Kompyuter mustaqil majmua bo`la turib, darsda ko`rgazmalilik degan katta pog`onadagi majmuaga qism bo`lib kiradi. Yoki o`quvchilarning bilimlarini egallashini misol qilib oladigan bo`lsak, u bir butun majmua bo`la turib, bir necha tarkibiy qismlardan tashkil topgan, shu bilan birgalikda o`zi barkamol inson
tushunchasining bir qismi xisoblanadi. Ijtimoiy xodisadan misol keltirsak, to`y degan ijtimoiy xodisa majmua xisoblanib, bir necha qismlardan iborat. Shu bilan birgalikda o`zi milliy urf-odatlar va an`analar degan majmuaning bir qismi va xokozo.
Tabiatdagi va jamiyatdagi jamiki ob`ekt (narsa va xodisa) larni xammasiga majmua sifatida yondashsa bo`ladi va yondoshish kerak ham shu jumladan dars degan ijtimoiy hodisaga ham.
Majmuani tashkil qiluvchi qismlar deb, faqat o`zaro uzviy (funktsional) aloqadorlikda bo`lgan qismlarga aytiladi.
Majmuani tashkil qiluvchi qismlarning bir xususiyati o`zgarsa, qonuniy ravishda boshqa qismlarning ham hususiyatlari o`zgarishlarga ychrasa, uni funktsional aloqadorlik deyiladi. Masalan, «Ma`naviyat asoslari» fanida metodologik asoc o`zgarsa, fanning oldiga quygan maqsadi va kutilgan natija ham o`zgaradi. Majmuada zamon va makon mavjud bo`lib, vaqt o`tishi yoki makon o`zgarishi bilan majmuaning
ba`zi bir hususiyatlari ham o`zgaradi. Majmuaning har biri faqat o`ziga xos hususiyatlarga ega bo`lib, biri biridan shu xususiyatlar yig`indisi bilan ajralib turadi. Majmuaning xususiyati faqat boshqa majmualar
bilan aloqalarda namoyon bo`ladi.
Bog`liqlik esa, faqat ularning namoyon bo`lishidir. Yangi xususiyatni yaratuvchi aloqadorlik funktsiya deyiladi. Narsa va hodisalarning funktsiyaga bo`lgan nisbati funktsiyaning namoyon bo`lish asosi, majmuaning ajralmas qismidir. Funktsiyalar orqali majmualar holati aniqlanadi. Majmua xolatlarini ketma–ket namoyon bo`lishini jarayon deyiladi. «Jarayon», «holat» tushunchalari orqali majmuaning bir tizimdan ikkinchi bir tizim bilan aralashishi ifodalanadi.
Har qanday majmua asosini aloqadorliklar tashkil qiladi. Aloqadorliklar kishi ixtiyoridan tashqarida mavjud. Sub`ektiv, ya`ni inson hoxish istagidan kelib chiqqan va uni tasavvurida namoyon bo`ladigan aloqadorliklar ham bo`ladi. Bunday aloqadorlikni sun`iy aloqadorlik deyiladi. Sun`iy aloqadorlik ob`ektiv qonuniyatlardan kelib chiqqan bo`lib, tarkibiy qismlarning ichki zaruriyati natijasida shakllangan bo`lsa, ular amaliyotda xaqiqiyga aylanadi.
Majmualar o`z asoslariga, ya`ni funktsional aloqadorliklar proektsiyasining shakliga nisbatan tartibli va tartibsiz, masalan o`qituvchining bilim berishi tartibli, o`quvchilarning uni o`zlashtirilishi tartibsiz majmualarga misol bo`la oladilar; tezlikka ega va sust, misol uchun o`qituvchining nutqi tezlikka ega bilimning talantga aylanishi, sust majmulardir; ikki qarama-qarshi va ko`p tomonlama yaxshilik va
yomonlik ikki qarama - karshi tomonli majmuaga misol bo`la oladi, axloq esa ko`p tomonlama majmuaga misol bo`ladi; tiklanuvchi va tiklanmaydigan majmualarga doim avvalgi holiga qaytib keluvchi, misol
uchun kecha-kunduz tiklanuvchi vaqt esa tiklanmaydiganlarga kiradi; markazlashgan va markazlashmagan, agar majmua qismlari bog`liqlik sektorlarining hammasi ma`lum bir qismda kesishsa, unday majmua markazlashgan bo`ladi, misol uchun oilada ota bilan hamma ishlar bog`liq bu makazlashgan majmua, majmuadagi qismlar teng huquqga ega bo`lib bir-biri bilan teng aloqadorlikda bo`lsa, unda markazlashmagan majmua bo`ladi. Unga do`stlar davrasi misol bo`la oladi; bir va ko`p pog`onali davlat qyrilmasi ko`p pog`onali majmua, oila bir pog`onali va xokozo guruhlarga ajraladilar. Ko`rib turganimizdek majmualar nazariyasi ancha murakkab va yaxshi taraqqiy etgan nazariy bilimlar majmui ekan. Uni egallagan o`qituvchi pedagogik texnologiyani to`g`ri tushunib, har qanday ta`lim berish sharoitini to`g`ri amalga oshiruvchi bo`ladi.
Bu yerda biz majmualar nazariyasi bilan chuqur shug`ullanuvchilarning ko`p yillik tadqiqotlarini soddalashtirib, xususiyat va qonuniyatlar ko`rinishida keltirdik xolos. Aslida majmualar nazariyasi juda ham shaxobchalab ketgan nazariy bilimlar yig`indisidir. Unga atalib yozilgan kitoblarning nomlari yuzdan ortib ketdi.
Har qanday ta`lim jarayonida majmualar nazariyasidan kelib chiqishlik, birinchidan, ishni bir necha o`n barobar osonlashtiradi va tezlashtiradi. Ikkinchidan, pedagogik faoliyatni to`g`ri amalga oshirishning garovidir. Uchinchidan, muayyan ob`ekt (narsa yoki xodisalar)ni o`qituvchilar tomonidan tez va to`g`ri tushunilib, samarali o`zlashtirilishiga xizmat qiladi. Pedagogik texnologiyada majmualar nazariyasidan kelib chiqishlikni majmua yondashuv tamoyili deyiladi.

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish