B-B-B chizmasi
-
Bilamiz
|
Bilishni xohlaymiz
|
Bildik
|
Mavzu bo‘yicha o‘kuvchilarga bilganlarini yozish taklif etiladi. O‘quvchi daftariga “Bilamiz” - deb bilganini yozadi. Bunga 5minut vaqg beriladi. Ushbu vazifa bajarilgach guruh o‘zaro bilganlarini bir-biriga aytib beradi, keyin hammaning fikrini umumlashtirib, 5minut muhokama qilinadi. So‘ngra har bir guruhdan bir kishi 3 minut ichida guruh nomidan taqdimot o‘tkazadi. O‘quvchilarga Z minutda “Mavzu bo‘yicha nimani bilmoqchisizlar?” savoliga javob yozish topshiriladi. Ular “Bilmoqchiman”- degan fikr yozadilar. Har bir guruhdan bitta o‘quvchi guruhning fikrini umumlashtirib so‘zga chiqadi. Keyingi bosqichda o‘kuvchilarga mavzu bo‘yicha matnlar tarqatiladi. O‘kuvchilar matndan yangi bilganlarini “Bilib oldim”- deb yozadilar.
Mashg‘ulotlarda bunday texnologiyalardan foydalanish asarda ilgari surilgan g‘oyalarni o‘quvchi yoshlar ongiga chuqurroq singdirishga xizmat qiladi.
O‘quvchilar ma’naviyatimiz asoschilari nomlarini aytib uchta guruhga bo‘linadilar va mavzuga oid matnlarni o‘rganib, “insert” jadvali bilan ishlaydilar. So‘ngra har bir guruhda “insert” jadvali buyicha savol-javob o‘tkaziladi. “Insert” o‘quvchilar bilimini sinash va mustaqil fikrlashini yo‘lga qo‘yish uchun qo‘llaniladigan so‘rov usulidir.
“Insert” strategiyasi tushunishni kuzatish vositasidir.
“Insert” usuli bu belgi qo‘yib o‘qishdir.
|
|
-
|
?
|
Bilaman
|
YAngilik
|
Qarshiman
|
Tushunmadim
|
|
|
|
|
“Insert” jadvalini to‘ldirish uchun 5 minut vaqt beriladi. O‘quvchilar bu jadvalni to‘ldirish vaqtida “CHAF” (CHaqiriq; Anglash; Fikrlash)ning “ANGLASH” bosqichida bo‘ladilar.Har bir o‘quvchiga matn tarqatiladi. Matn o‘qish bilan birgalikda o‘quvchilar daftarlaridagi “Insert” jadvalini ham to‘ldirib boradilar. Matnni o‘quvchilar mustaqil ravishda o‘qib chiqishlari kerak. O‘qituvchi matn yuzasidan o‘quvchilarning fikrini savollar asosida so‘raydi. SHuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, bir guruh tomonidan aytilgan fikr ikkinchi guruh tomonidan takrorlanmasligi shart. O‘quvchi savollarga noto‘g‘ri javob bergan bo‘lsa ham hech qachon “Noto‘g‘ri”, “Xato” deb aytilishi mumkin emas, chunki bu o‘quvchining faolligini susaytirishi mumkin. O‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan “bu fikrga shunday qo‘shimcha qilsak” yoki “shunday o‘zgartirish kiritsak” tarzida ish olib borilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Matn yuzasidan savol-javoblar tugagach o‘qituvchi mavzuga oid qo‘shimchalar kiritadi.
Insert jadvali bilan ishlash jarayonida “Tushunmadim” va “Qarshiman” bo‘limlariga ko‘proq e’tibor beriladi.
O‘quvchilar mavzuning qaysi qismlariga tushunmagan bo‘lsalar o‘qituvchi yoki boshqa o‘quvchilar tomonidan tushuntiriladi. “Qarshiman” bo‘limida esa nima uchun qarshi ekanligi ta’kidlanishi shart.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko`p marotaba ilg`or pedagogik texnologiyalarni o`rganib, ularni o`quv muassasalarimizda joriy qilish zarurligi to`g`risida uqtirilgan. Keyingi vaqtda pedagogik adabiyotlarimizda «pedagogik texnologiya», «yangi pedagogik texnologiya», «ilg`or pedagogik texnologiya», «progressiv pedagogik texnologiya» kabi tushunchalar ko`plab qo`llangani bilan, ularning
maromga etgan ta`rifi hali berilmadi. Mustaqil Davlatlar Hamdostligi mamlakatlarida chop etilgan nufuzli lug`atlarda xam uning to`lik ta`rifi keltirilmagan.
YuNeSKO ning ta`rifi bo`yicha «Pedagogik texnologiya – bu ta`lim berish va uni egallashda texnika va inson resurslarini o`zaro uzviy bog`liqlik xolda ko`rib, butun ta`lim jarayonini yaratishda va amalda
qo`llashda tizimli yondashuvdan foydalanishdir».
Bu yerda asosiy g`oya, asosiy tushuncha so`zsiz tizimli, ya`ni xar qanday narsa yoki voqelikka majmua sifatida yondashuv bo`lmoqda. Bunda ta`lim-tarbiya jarayonida ishtirok etuvchi barcha tashkil etuvchi tarkibiy qismlar bir butunlikni tashkil kiluvchi pedagogik texnologiya degan majmuaning qismlari bo`lib hisoblanadi. Pedagogik texnologiyaning an`anaviy uslub (metodika)lardan farqi ham uni to`la-to`kis majmuaviy yondashuv nazariyasining qonuniyatlaridan kelib chiqqanligidadir.
Pedagogik texnologiyaning an`anaviy ta`lim-tarbiya uslublaridan afzalligi, u ta`lim-tarbiya jarayonini bir butunlikda ko`rib, ta`lim-tarbiya jarayonining ishtirokchilari o`qituvchi va o`quvchi, ta`lim maqsadi, uning mazmuni, ta`lim berish usullari, ta`lim jarayonini nazorat qilish va ta`lim natijalarini baxolashdek bo`laklarni o`zaro uzviy bog`lab, majmua shakliga keltirib turib, loyixasini avvaldan tuzib qo`yilganligidir. Uning an`anaviy pedagogik tizimlardan ikkinchi farqi o`qituvchilar tomonidan, ularga berilgan bilimni yodlab olib, aytib berishga emas, balki ta`lim va tarbiya jarayonining yakunida qandaydir bir amaliy ishni bajarishga yo`naltirilganligidadir.
Pedagogik texnologiyaning yana bir uzgacha xususiyati yaxshi loyixalashtirilgan pedagogik texnologiya bo`yicha xar qanday o`qituvchi ham a`lo bo`lmasada, yaxshi dars o`tishi mumkin. Chunki pedagogik texnologiyani pedagog olimlar tuzib, ularning maxorati texnologik jarayon loyixasida o`z ifodasini topadi. Avvalgidek, «darsdan ko`zlangan maqsadga ob`ektiv sabablarga binoan yetib bo`lmadi» yoki «kutilmagan omillarga binoan dars buzildi» va shunga o`xshash gaplarga pedagogik texnologiyada o`rin yo`q. Pedagogik texnologiyaning yuqorida aytib o`tilgan xususiyatlaridan kelib chiqib, unga quyidagicha izoh berish mumkin bo`ladi: Pedagogik texnologiya ta`lim-tarbiya jarayoniga yangicha yondashuv bo`lib, pedagogika ijtimoiy-muxandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida darsning maqbul loyixasini tuzib chiqish bilan bog`liq ijtimoiy xodisadir. Demak ijtimoiy gumanitar fanlarni o`qitishda pedagogik texnologiyalarning ro`li kattadir. Usiz ko`zlangan maqsadga etib bo`lmaydi.
Jaxon pedagogik tafakkurida ta`lim-tarbiyaga bunday yondashuv yangi bo`lmay XYII asrdayoq «Buyuk didaktika»ning muallifi Yan Amos Komenskiy ta`lim jarayonini shunday shaklga solmoqchi bo`lganki, «unda xar bir usul va vositalar vaqt jixatdan joylashtirilishi kerak ediki», «butun pedagogik jarayon yaxshi sozlangan soat kabi bexato yurishi kerak» edi. Xozirgi paytda bu ijtimoiy xodisa pedagogik texnologiya nomini olib, buyuk pedagog Komenskiy etmagan niyatga XXI asr pedagoglari etib, butun dunyo o`qituvchi va muxandis-pedagoglariga dasturamal bo`lib xizmat qilmoqda.
Pedagogik nazariyalar yig`indisi hisoblangan didaktikada katta hajmda nazariy va amaliy bilimlar to`plangan bo`lishiga qaramay, XX asr ikkinchi yarmigacha mashxur pedagoglarning birontasi qayta tiklanadigan, ya`ni izdoshlari tomonidan ular o`tgan yuqori samarali darslarini ularga o`xshab o`tish imkonini beradigan pedagog jarayon andozasi ishlab chiqilmagan.Buning sababi mashxur pedagoglar uslubi tarkibida o`zlarining shaxsiy sifatlari etakchi o`rinni egallaganligidir. Ma`lumki, jamiyat tarkibida mashxurlikka da`vogar buyuk shaxslar juda xam oz. Bizga esa ular xar bir akademik litsey va kasb-xunar kollejiga xamda har bir sinf va darsxonalariga kerakdir. Bunga etishishning bitta yo`li mashxur pedagoglarning darslarini, pedagogik texnologiya loyixasini tuzish va ko`paytirish tarqatishdir.
Texnologiya atamasi ishlab chiqarishdan olingan bo`lib, unda minglab texnologik jarayonlar loyixalashtirilgan. Ular kerakli natijalarga erishish garovi xisoblanadilar. Bu texnologiyalar qo`llash vaqtida xudud va ularning ijrochilari o`zgarsa xam, baribir kerakli maxsulot chiqaraveradi. Ta`limtarbiya jarayonida xam shunga erishish uchun pedagogik texnologiya ishlab chiqildi.
Bu ish birinchi bor AQSh olimlari B.Blum, D.Kratel`, N.Granlund, Dj.Kerrella, Dj.Blok, L.Anderson va boshqalar xarakati natijasida amalga oshdi. Ta`lim-tarbiya usullari orasidagi tafovutlar va ularning pedagogik texnologiyalardan farqi masalasiga kelsak ta`lim mazmunini o`zlashtirishda o`qituvchilarning bilish faoliyatiga munosib ravishda quyidagi usullar mavjud: tushuntirish-illyustrativ (informatsion retseptiv), reproduktiv, muammoli bayon, izlanuvchanlik yoki evristik xamda tadqiqotchilik kabi usullaridir.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar, jumladan «Ma`naviyat asoslari» fani bo`yicha bilish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayoni uzatish, qabul qilish, anglash, axborotni esda saqlash, olingan bilimlarni amaliyotda qo`llay olishni nazarda tutib, barcha usullar ichidan tushuntirish – illyustrativ, izlanuvchilik – tadqiqotchilik va pedagogik texnologiya usullari moxiyatini, ularning o`xshash va farqli tomonlarini aniqlab chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |