Nazorat uchun savollar:
1. Ta’lim metodi nima ?
Ta'lim vositalariga nimalar kiradi?
Ta'lim metodlarining tasnifi nima?
Ta’lim jarayonida, suhbat metodini qo 'llashda nimalarga e 'tibor qaratish zarur?
Og'zaki bayon metodlarining afzalliklari nimalarda ko'rinadi?
Ko'rgazmali metodlar turkumini nimalar tashkil etadi?
Amaliy metodlar mohiyati nimadan iborat?
Didaktik o'yinlar qanday maqsadda qo'llaniladi?
MILLIY G’OYA DARSLARIDA MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL ETISH
Reja
Mustaqil ishlarning mazmuni.
O’quvchilar mustaqil ishlarini tashkil etishning asosiy xususiyatlari.
Mustaqil ishni amalga oshirishda o’quvchi bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar
Mustaqil ishni baholash
Mustaqil ishni tashkil etish. Ta’lim tizimini qayta qurishning asosiy yo’llaridan biri talaba (o’quvchi)ning xususiyatlari, imkoniyatlari layoqati va qobiliyatlarini e’tiborga olgan holda uni shaxs sifatida maksimal rivojlantirishga qaratilgan ta’limdir. Qachonki har bir insonning intilishlari, qobiliyati va imkoniyatlariga ko’ra hayotda o’z o’rnini topa olgan sharoitdagina rivojlangan jamiyatni barpo etish mumkin. Ma’lumki, shu kechayu – kunduzda jamiyatdagi insonning to’laqonli faoliyati, ya’ni uning har kungi hayoti, ishlab chiqarish faoliyati, undan yuqori darajadagi ma’naviy rivojlanish va umumiy madaniyati talab qilinadi. Shuning uchun bizning asosiy vazifamiz – yoshlarni bilimga undash, faolikka chaqirish, amaliy faoliyatning har bir turida bilimlarning muximligini ko’rsatish, mustaqil ishga o’rgatish, xar bir mutaxassisga – ilmiy xodimga, o’qituvchiga, shifokorga, muxandisga, iqtisodchiga va boshqalarga muhimdir. Demak, zamonaviy maktab oldida bolalarga yoshligidan boshlab mustaqil, faol mustaqil ish talabini singdirish vazifasi turmoqda. Milliy g’oya bo’yicha darslik va o’quv qo’llanmalaridagi o’quv materiallari orqali talaba (o’quvchi)larga ma’naviyat asoslaridan mustaqil ishlarni tashkil etish o’rgatish muammosiga to’xtalib o’tamiz. Didaktika va ta’lim metodikasining xususiy masalalariga bag’ishlangan ishlarda dars samaradorligini oshirishda mustaqil ishlarni umumiy holda ko’zda tutiladi.
Ilm-texnika va hayotning zamonaviy rivojlanish darajasi maktab oldida o’sib kelayotgan avlodlarga ta’lim – tarbiya berish jarayonini uzluksiz takomillashtirish vazifasini qo’ymoqda. Metodistlar, ilg’or o’qituvchilar matonat bilan darsni tashkil etish yo’llari, shakllari va uslublarini izlashmoqda, bilim va ko’nikmalar sifatini ko’tarish sharoitlarini ishlab chiqmoqda. Bundan tashqari ko’pgina tadqiqotlarda ta’lim jarayonini va o’quv faoliyatini intensifikatsiyalashtirishni tashkil qilishning eng unumli va qulay usuli aniqlanmoqda, talaba (o’quvchi)larning aqliy rivojlanish rezervlarini ochishga harakat qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |