Mustaqil ishni tashkil etishning xususiyatlari.Mustaqil ishni tashkil etishning quyidagi 6 ta xususiyati aniqlanadi: A) bilim va ko’nikmalarning mustaqil ravishda yangi xolatga ko’chishi; B) ma’lum xolatda yangi muammoni ko’rish; V) yangi xolatdagi faoliyat uslublarini mustaqil mujassamlashtirish; G) qo’yilgan muammoni mustaqil hal etish uslubni ko’rish; D) yangi uslubni tuzish; E) ma’lum uslublarni mujassamlashtirish. Demak, «Talabalarning mustaqil ishni tashkil etish muammosining psixologik - pedagogik adabiyotlarda va maktab amaliyotidagi nazariy asoslari»ni o’rganib chiqish jarayonida talaba (o’quvchi)larni mustaqil ishni tashkil etish buyicha psixologik - pedagogik va uslubiy asoslari bayon etish ushbu muammo holatining aniqlanishi, ma’naviyat asoslari fanidan mustaqil ishni rivojlantirishda topshiriqlar o’rni va ahamiyati xaqidagi fikrlarning bayoni natijadir. Talabalarning mustaqil ishni tashkil etish va ularning darsga bo’lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, qiziqarli muammolarni tanlashga alohida e’tibor berish zarur. Darsga doir tanlanadigan mavzu aniq bir tizimni tashkil qilish, o’ziga xos tanlash usuliga va o’qitishning aniq bir maqsadiga qaratilishi zarur. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tanlangan mavzular sistemasi ma’lum metodik talablarni qanoatlantirishi kerak. Barcha tanlangan mavzulartizimi, shuningdek har bir vujudga kelgan muammoning aniq didaktik maqsadini aniqlash va murakkablashishning ketma-ketligi, boy material va katta imkoniyatlar beradi. Shuni aloxida qayd qilish kerakki, agar tanlangan mavzular tizimi quyidagi talablarga javob bersa, bunday holda ular katta tarbiyaviy-pedagogik yutuqqa ega bo’ladi:
1.Har bir mavzuda qanday maqsad ko’zda tutilgan?
2.Vujudga kelgan muammoning boshqa mavzuga nisbatan zaruriyligi nimada?
3.Nima uchun bu mavzu tanlangan, mavzular tizimiga kiritilgan? Bu vujudga kelgan muammoni kiritish bilan qanday tarbiyaviy – pedagogik maqsad ko’zda tutilgan?
Bordi-yu, mavzu o’quvchi uchun qiziqarli bo’lsa, uning javobi va hal etish usuli o’quvchini o’ziga jalb qiladimi?
1. Vujudga kelgan muammoni talaba (o’quvchi)lar mustaqil hal eta oladimi? Buning uchun u nimani bilishi, eslashi va qila olishi kerak?
2. Qiunalib qolganda unga o’qituvchi qanday darajada yordam berishi mumkin?
3. Qo’yilgan vujudga kelgan muammoni hal etish davomida talaba (o’quvchi)larning qanday yutuqlarga erishishini istaymiz?
4. Qo’yilgan mavzu talaba (o’quvchi)larning oldingi va keyingi mavzu bilan qanday bog’liqligi bor?
Talabalarning mustaqil ishni tashkil etish maqsadida tanlangan mavzular tizimini tuzishda ta’limning didaktik tamoyillarini hisobga olish kerak. Ma’naviyatni shakllantirish masalalarini hal etishda olib boriladigan jarayon uchun tanlangan mavzular tizimi talaba (o’quvchi)lar mustaqil ishining effektiv vositasi bo’lishligi uchun ma’naviyat asoslarini o’qitish va o’rganishning asosiy tushuncha va qonuniyatlariga mos bo’lishligi kerak.
Bu tanlashning asosida o’qitish va o’rganishning asosiy tamoyillari yotishi kerak. Bu erda mavzularni tizimga solishning ikkita tamoyili xaqida gap boradi. Tamoyillarning biri tavsiya qilinadigan mavzularning murakkabligi doimiy ravishda o’sib borishligi, ikkinchi tamoyil esa yangilik, bilishga undash hisoblanadi. Bunday normativ xolat alohida olingan mavzular tanlash yo’lini va mavzular tanlash tizimining butunlayicha xarakterini aniqlab beradi. Xulosa qilib aytish mumkinki, talaba (o’quvchi)larning mustaqil ishini tashkil etish faoliyatini rivojlantirish tizimi asta – sekin murakkabligi o’sib borish tizimiga asoslanib tanlangan bo’lib, talaba (o’quvchi)larni xar tomonlama ish qobiliyatini rivojlantirishga, yangiliklar ochishga qaratilgan talaba (o’quvchi)lar shaxsining ijodiy shakllanishiga katta ta’sir qiladi, o’quvchini ijodiy manzilga etaklaydi.