Milliy g’oya fanidan mustaqil ishni tashkil etish muammosi pedagogik, psixologik, falsafiy, iqtisodiy-ijtimoiy nuqtai nazardan quyidagilarni o’z ichiga oladi:
a) ta’limda ijodiy muhitning paydo bo’lishini ta’minlash;
b) aqliy harakatlar va aqliy faoliyat yo’llarini, usullarini shakllantirish;
Metodist olimlarning ishlarini ko’rib chiqib shunday xulosa qilish mumkinki, talaba (o’quvchi)larning mustaqil ishi o’qituvchi rahbarligida, maqsadli tashkil qilingan faoliyat jarayonida samarali rivojlanadi. O’qituvchi rahbarligida ta’lim jarayonida umumiylashtirish, mantiqiy bog’lash bilimlari rivojlanadi va bu pedagogik jarayonda o’z aksini albatta topadi. Ta’lim jarayonida bunday sharoitlarning yaratilishi muammoni xal etishda o’rganilayotgan bilimlarni amaliyotda ishlatish muammoni mustaqil xal etish ko’nikmasini rivojlantirish, muammoni yaqindan ko’ra bilish va uni hal etishni bilish, olingan natijalarni vujudga kelgan muammoni xal etish jarayonida ishlatishni bilish uchun talaba (o’quvchi)ga imkon yaratadi.
Milliy g’oyani shakllantirishga oid muammoni hal etishda metodikaning birlamchiligi shundaki, o’quvchining mustaqil ish maxsus metodik qonuniyatlar asosida shakllanadi. Ammo mustaqil ish inson bilan birga tug’ilmaydi. Yoshlarda shu xususiyatlarni tarbiyalashda maktab katta ahamiyat kasb etishi kerak. Ma’lumki, ma’naviyat muammosi, mustaqil ish muammosi, mustaqil shaxs muammosi o’rta umum ta’lim, o’rta maxsus kasb-xunar ta’limi isloxotining asosiy yo’nalishlarida aks ettirilgan. Hozirgi vaqtda metodikada ta’limning rivojlantiruvchi roli alohida o’rganilmoqda. Ta’lim shunday tashkiliy vazifa bo’lib turmoqdaki, unda talaba (o’quvchi)lar eng yuqori va tez rivojlana oladigan, ularda mustaqil ta’lim va bilim olish uchun o’ziga hos qobiliyatni shakllantira oladigan bo’lishi lozim. Ushbu vazifalarni bajarishda talaba (o’quvchi)larda mustaqil ishni rivojlantirish muhim axamiyatga egadir.
An’anaga ko’ra o’qituvchi talaba (o’quvchi)ga o’rganilayotgan mavzuning mazmuniy bilimini beradi, lekin ushbu mazmuniy bilimlarni ishlatish uslublari, auniqsa, maqsadga muvofiq ishlatish uslublari xaqida bilim berilmaydi. Asosiy sabablardan biri bu erda–bilimlarni mustaqil egallashni tashkil etish bo’yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarning etishmasligi, ta’lim jarayonidagi shu kabi ilmiy muammolarning ishlab chiqilmaganligidir. Tadqiqotlarda o’quvchining o’quv faoliyati qulay sharoitda, ularning aqliy faoliyatini faollashtirish uslub va turli vositalardan foydalangan holda kechadi. Demak, ta’lim uslublari o’quvchidagi ijodiy faoliyatni rivojlantirishga qaratilishi, ishning turli uslublarini mujassamlashtirishi lozimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |