Darsda o'quvchilar o'quv faoliyatini tashkil etish zamonaviy shakllarining turlari. Turli dars tuzilmalaridan yanada samaraliroq foydalanish yo'llarini izlashda darsda o'quvchilar o'quv faoliyatlarini tashkil etish shakllari alohida ahamiyatga ega bo'lmoqda. Pedagogik adabiyotlar va maktab amaliyotida asosan uchta shunday shakllari qabul qilingan — ommaviy guruhli va individual.
Ta'limning ommaviy shakli sinfdagi jami o'quvchilarning o'qituvchi rahbarligi ostida birgalikda harakatlarini ko'zda tutadi. Guruhli shaklida esa o'quvchilar 3—6 kishidan iborat guruhlar yoki juftliklarda ish olib boradilar. Guruhlar uchun topshiriqlar bir xil yoki turlicha bo'lishi mumkin. Individual shakli har bir o'quvchining alohida mustaqil ishlashini ko'zda tutadi.
O'qish guruhli shaklida o'qituvchi sinf o'quvchilari guruhlari o'quv-o'rganish faoliyatilarini boshqaradi. O'quvchilarni zvenoli, brigadali, birlashtirish-guruhli va differensiyalangan guruhlarga taqsimlash mumkin. O'qish zvenoli shakli o'quvchilar doimiy guruhi o'quv faoliyatini tashkil etishni ko'zda tutadi.Individual ta'lim o'quvchilarning boshqa o'quvchilar bilan bevosita aloqalarini ko'zda tutmaydi. O'z mohiyatiga ko'ra sinf jamoasi yoki muayyan guruhlar bilan ishlashdan tubdan farq qilmasa-da, biroq o'quvchi o'zining shaxsiy imkoniyatlariga muvofiq o'qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni mustaqil bajaradi. Bu maqsad yo'lida maxsus tayyorlangan kartochkalardan foydalanish mumkin.Darsda o'qituvchining e'tibori bir necha o'quvchiga qaratilsa, bu vaqtda qolgan o'quvchilar mustaqil ishlasalar ta'limning bunday shakli individual-guruhli shakl deb ataladi.
Dars strukturasi o’quvchilar bilish faoliyatining xarakteri bo’yicha tasniflanadigan darslarning tipiga bog’liq bo’ladi. Ularni o’tkazish usullari, ta'lim metodlari esa o’quvchilar mustaqil ishining darajasi bo’yicha tasniflanadi.
Darsning quyidagi tiplari mavjud: o’quvchilar yangi bilimlarni o’zlashtiradigan, faktli materiallar to’planadigan, ko’zatishlar o’tkaziladigan, jarayon va hodisalar o’rganiladigan, ularni anglanadigan, tushunchalari shakllantiriladigan, ko’nikma va malakalar tarkib toptiriladigan darslar, bilimlar umumlashtiriladigan va tizimlash - tiriladigan darslar, bilimlar, ko’nikmalar va malakalarni takrorlash, mustahkamlash, boshqacha aytganda, kompleks qo’llash darslari, bilim, ko’nikma va malakalar og’zaki hamda yozma ravishda sinaladigan nazorat - tekshirish darslari, bir necha didaktik masalalar baravar hal qilinadigan kombinatsiyalashgan darslar. Darsning muayyan miqdordagi tiplarini belgilashning turlari, yo’llari bilan uning ancha jiddiy strukturasi ishlab chiqilgan. Masalan, kombinatsiyalashgan darslar quyidagi sxema bo’yicha tashkil qilingan: tashkiliy jihat, o’quvchilar uy vazifasini qanday bajarganini tekshirish, o’quvchilardan o’tilgan mavzu bo’yicha so’rash, o’qituvchining yangi materialni bayon etishi, o’rganilayotgan materialni mustahkamlash, uyga vazifa berish.
Darsning strukturasi faqat o’qituvchi va o’quvchilarning darsdagi hamkorlik faoliyati tashkil topishining tashqi ko’rinishini aks ettirib qolmasligi, balki o’quvchilar bilish faoliyati bilan bog’liq ichki jarayonning mohiyatini ham ifodalashi lozim.
Kamol toptiruvchi ta'lim sharoitida «darsning strukturasi» tushunchasini aniqlashda uni uchta: didaktik, mantiqiy – psixologik va metodik shartlar asosida ko’rib chiqish tavsiya etiladi.
Bunda doimiy komponentlar: oldin o’zlashtirilgan bilim va harakatlar usullarini faollashtirish hamda qo’llashdan, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat didaktik struktura asos bo’ladi.
T.A. Ilina darsning o’z strukturasiga barcha asosiy elementlarini olgan tipini, ya'ni umumiy yoki aralash darsni tavsiya etadi.
Darsning birinchi bosqichi - tashkiliy qism. Odatda, bu qismga salomlashish, o’quvchilarning, sinf xonasidagi jihozlarning darsga tayyorligini tekshirish, darsda yo’q o’quvchilarni aniqlash, ishning rejasini e'lon qilish kiradi. Tashkiliy qismning maqsadi - darsda ish vaziyatini vujudga keltirishdir.
Darsning ikkinchi bosqichi - yozma uy vazifasini qo’yilgan maqsaddan qat'iy nazar, turli metodlar bilan tekshirish.Darsning uchinchi bosqichi - o’quvchilarning bilimlarini og’zaki tekshirish (yoki ulardan so’rash).Darsning to’rtinchi bosqichi - o’qituvchining bayon etishi asosida yoki o’quvchilarning mustaqil tahlil qilishi orqali yangi materialni tushuntirish.Darsning beshinchi bosqichi - uyga topshiriq berish. Darsning bu qismiga mazkur topshiriqning mohiyatini, lozim bo’lsa, uni bajarish metodikasini ham tushuntirish, uni o’qituvchining o’zi doskaga yozishi, o’quvchilarning daftarga yoki kundalikka ko’chirishi kiradi.Darsning oltinchi bosqichi - yangi materialni mustahkamlash, ya'ni dastlabki yo’l-yo’lakay mazkur material bayon qilinayotganda amalga oshiriladigan mustahkamlashdir.Darsning ettinchi bosqichi - uni tugallashdan iborat bo’lib, bu ish tashkiliy ravishda amalga oshirilishi kerak. Chunki dars faqat o’qituvchining ko’rsatmasi bo’yicha mustahkamlanadi.
Darslarning turlari
Darslarning faqat tiplari bo’yicha emas, balki turlari bo’yicha ham tasniflanishi ko’lami muvaffaqiyatli tashkil etish uchun muayyan darajada ahamiyatga molikdir. Pedagogik adabiyotlarda darslarning turlari xar xil asoslar bo’yicha ifodalanadi. Darslarni o’quvchi va o’qituvchilar faoliyatining xarakteri bo’yicha turlarga ajratish amaliy maqsadga muvofiq emas, bunday ajratishni taiim metodlarini amalga oshirish usullari bo’yicha bajarish lozim.
Mazkur holda darslarning tiplari va turlari bo’yicha tizimlashtirish mukammal shaklga ega bo’ladi: pedagogik maqsad va o’quv materiali darsning tipi, turini, didaktik maqsadlarini tanlash zaruratini keltirib chiqaradi va bular, o’z navbatida, ta'limning metodlarini, vazifalarning qo’yilishini hamda maqsadga erishishning omillari sifatidagi ta'limning vositalari, masalalarini echish usullarini oldindan belgilaydi.
Darslarning turlari quyidagicha:
I. dars – leksiya; b) dars – suhbat; v) kino darsi; g) nazariy yoki
amaliy mustaqil (tadqiqot tipidagi) ishlar darsi; d) aralash dars (bitta
darsda darsning xar xil turlari birikmasi).
II.mustaqil (og’zaki yoki yozma mashqlardan iborat reproduktiv tipdagi) ishlar darsi; b) dars - laboratoriya ishi; v) amaliy ishlar darsi; g) dars - ekskursiya.
III.og’zaki(umumiy, yakka tartibda, guruhiy) so’rash; b) yozma (yakka tartibda) so’rash; d) sinov; e) sinov amaliy (laboratoriya) ishi; f) kontrol ish; g) aralash dars. Oldingi uchta turning birikmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |