Elektron o’quv nashri- ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlar, ko‘nikmalar va mahoratlarni ijodiy va faol egallashlarini ta’minlaydigan ilmiy amaliy bilim sohasiga mos ravishdagi tizimlashtirilgan o‘quv materialga ega bo‘lgan elektron nashr.
Elektron o’quv qo’llanmasi- darslikni qisman yoki to‘liq almashtira oladigan yoki to‘ldiradigan rasmiy tasdiqlangan elektron o‘quv nashri.
Empirik — hissiy tajriba asosidagi bilimlar va ularning yagona manbaini hissiy tajriba deb tushunish.
Evristik — yo’naltiruvchi savollar berish yo’li bilan o’qitish tizimi; topqirlik, faollikni rivojlantirishga yordam beruvchi ta’lim metodi,o’quv-izlanishli, optimallashtirilgan tafakkurni rivojlantiradi.
Faollik — biror maqsad yo’lida aqliy,jismoniy va boshqa harakatlarni tez va unumli amalga oshirishga intilish.
Guruhli ta’lim — bir o’qituvchi bir necha o’quvchini o’qitadigan ta’lim shakli. Guruhlar o’quvchilar soniga qarab: kichik (3—6 o’quvchi), o’rta(7—15 o’quvchi), katta (15 dan ortik o’quvchi) guruhlarga ajratiladi. Shuningdek, har bir guruhdagi ta’lim oluvchilarning yoshiga, ta’lim yo’nalishiga va shu kabilarga qarab ham guruhlarga ajratiladi. Bu shaklni qo’llash jarayonida yakka ta’lim shakllari ham amalga oshiriladi.
Hajm — shu mazmunga tegishli belgilarga ega narsa, hodisalar yig’indisidan iborat.Tushunchada aks ettiriladigan narsalar doim kengroq, sinf tarkibidan ajratuvchi belgilarga ega bo’lib, shu kengroq sinfga nisbatan turlarni ifodalaydi. Masalan, to’g’riburchakli uchburchaklar — umuman uchburchaklar sinfiga nisbatan tur. Uchburchaklar esa geometrik shakllar sinfiga nisbatan tur hisoblanadi.
Tushunchalar hajmiga ko’ra— hajmsiz, bir elementli, ko’p elementli bo’ladi:
hajmsiz — oltin; suv parisi.
bir elementli — Ulugbek rasadxonasi; Samarqand shahri.
ko’p yoki umumiy elementli — o’simlik; rasmlar; tarixiy voqea; tabiat hodisasi.
Tushunchaning mazmuni ortsa, hajmi kamayadi va aksincha. Masalan, uchburchak tushunchasi mazmuniga teng tomonli belgisini qo’shsak, uning mazmuni, ya’ni belgilari soni ortdi va hajmi kamaydi, chunki teng tomonli uchburchak tushunchasi, uchburchaklar tushunchasining bir qismini tashkil qiladi.
Tushunchalar quyidagiturlarga ajratiladi:
ilmiy tushunchalar. Bu barcha fanlarga oid bo’lib, fizikaviy, kimyoviy, falsafiy, tibbiy, texnika, siyosat, huquq, iqtisod, tarixiy va boshqa tushunchalar;
badiiy-estetik tushunchalar — san’at, adabiyot, musiqa, teatr, kino va boshqalar;
sport, jismoniy tarbiya, kasb-hunarlarga oid tushunchalar;
mifologik, diniy tushunchalar va boshqalar.
Hamijodkorlik — ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning birgalikda ijodiy faoliyat olib borishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |