17-ma‟ruza
Mavzu: O„zbek ismlari va joy nomlari imlosi
Reja:
1. O„zbek ismlarining o„tmishi va buguni.
2. Manbalarda qo„llanilgan antroponimlar imlosi. Sof o„zbekcha ismlarni
tanlash va ularning imlosini stabillashtirish.
3. Qadimgi va zamonaviy toponimlarning xarakterli jihatlari. Joy nomlarini
qayta ko„rib chiqish Davlat komissiyasining tashkil qilinishi.
4. Toponimlar imlosida yuzaga keladigan muammolar va ularning hal
qilinishi masalasi
Onomastika – grekcha so„z bo„lib, nom qo„yish san‟ati demakdir. Bu atama
tilshunoslikda ikki ma‟noda ishlatiladi:
1. Tilshunoslikning atoqli otlarni o„rganuvchi bo„limi.
2. Atoqli otlar majmuasi.
Inson uchun, umuman, tog„lardan alohida tog„larni, daryolardan alohida
daryolarni, shaharlardan alohida shaharlarni, odamlardan alohida odamlarni
farqlash hayotiy ehtiyoj tufayli paydo bo„lgan. Bunday ehtiyojlarni qondirish
uchun kishilar bir turkumga kiruvchi predmet va hodisalardan ayrimlarini alohida,
yakka-yakka ajratib olganlar va uni maxsus
nom
berish orqali ajratganlar.
Jumladan, tog„larni yakkama-yakka holatda Olatog„, Qoratog„, Pomir,
Chimyon; daryolarni Zarafshon, Sirdaryo, Amudaryo; shaharlarni Buxoro,
Samarqand, Urganch va boshqa toponimlarning nomlanishi ham yakka
shaxslarning ismi ham shunday yuzaga kelgan.
Boshqacha aytganda, yakka predmet va hodisalarni maxsus qo„shimcha
nomlar bilan atash tilda atoqli otlarni yuzaga keltirgan. Atoqli otlar ham xuddi
boshqa so„zlar singari tilda azaldan mavjud. Buni qadimgi yozma yodgorliklar
67
tilida yaqqol ko„rish mumkin. Tilda atoqli otlarning yig„indisi mazkur tilning
nomlar boyligini tashkil qiladi. Tilning onomastik fondidagi atoqli otlar o„zi
atayotgan predmet yoki obyektning xususiyatiga ko„ra farqlanadi. Ular turli-tuman
jonsiz predmetlarning yoki insonlarning atoqli otlari bo„lishi mumkin.
Tilimizdagi koʻpsonli ismlar xalqimizning ulkan madaniy hamda ma‟naviy
boyligining benazir durdonalaridan biridir. Har bir xalqning koʻhna tarixi
boʻlganidek, ismlarning ham turli davrlarda,xilma-xil sharoitlar tufayli vujudga
kelgan va rivojlanib borgan qiziqarli tarixi ham bordir.
Dunyoga kelgan chaqaloqqa ism qoʻyish va bu orqali uni boshqa
shaxslardan farqlashga intilish jahondagi barcha xalqlarda juda qadimiy
davrlardayoq yuzaga kelgan obyektiv ehtiyojdir. Ism va ism qoʻyish haqida turli
qarashlar mavjud. Bu haqda taniqli o„zbek nomshunosi Ernst Begmatov “Fan”
nashriyoti tomanidan 1994-yilda e‟lon qilingan “Ism chiroyi” kitobida quyidagi
fikrlarni aytib oʻtadi: “
Ism va ism qoʻyish odati – biror yakka shaxsni oʻzgalardan
farqlash, ajratish ehtiyoji tufayli tugʻilgandir. Keyinchalik yuzaga kelgan va
rasmiy tus olgan familiyalar, laqablar, ota ismlari, ajdodiy (pantronomik) nomlar
va ularning turli-tuman koʻrinishlari, kishini atashning boshqa xil shakllari va
usullari ana shunday hayotiy ehtiyojning qonuniy mahsulidir
”.
Darhaqiqat, hozirgi kunda ismlarning turli koʻrinishlari – familiyalar, ota
ismlari, laqablar bilan atash odat tusiga kirgan. Hatto bu haqda muqaddas
kitoblarda keltirilgan bir qancha fikrlar ham oʻrinlidir. Jumladan, “Qur‟on” va
“Hadis”larda kishilarning bir-biriga laqablar, haqoratli nomlar qo„yishini va
odamni o„sha laqab bilan atashni nihoyatda qoralaydi.
“Hadis”da shunday deyilgan: “
Do'stlaringiz bilan baham: |