- putur etkazmasdan tekshirish natijalarini ishonchliyligi: ob’ektning haqiqiy holatini tekshirishda, uning holati to‘g‘risidagi xulosaning bir xillik darajasi bilan tavsiflanadigan, putur etkazmasdan tekshiruvning xususiyati.
Tekshiruv natijalarining ishonchliyligi ko‘rsatgichlariga quyidagilar tegishlidir:
sohta muvofiqlik ehtimolligi
o‘rnatilgan talablarga muvofiq deb tan olingan tekshiruv ob’ekti amalda ularga muvofiq emasligi ehtimoli;
sohta nomuvofiqlik ehtimolligi
o‘rnatilgan talablarga nomuvofiq deb tan olingan tekshiruv ob’ekti amalda ularga muvofiq bo‘lganligi ehtimoli.
Ob’ektning putur etkazmasdan tekshirish yo‘riqnomalari, usuliyatlari O’z DSt 1.6 ga mos ravishda usul (usullar), vositalar sharoitlar, bajaruvchilar malakasi, PEN tayyorlash va o‘tkazish operatsiyalari, PEN natijalariga ishlov berish tartibi va usuli hamda ob’ektning me’yoriy talablari muvofiqligi (nomuvofiqligi) to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibining majmuini ta’riflovchi me’yoriy hujjat ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
Tekshirish yo‘riqnomalari va usuliyatlari mustaqil hujjat ko‘rinishida rasmiylashtirilishi yoki o‘zining tarkibiy qismi bilan har qanday boshqa me’yoriy hujjatga kiritish mumkin.
PEN yo‘llari yoki usullarida foydalaniladigan tekshirish usuli (usullari), putur etkazmasdan tekshiruv vositalari, tekshiruvni o‘tkazish sharoitlari, bajaruvchilar malakasi tekshiruv tekshirish natijalarining berilgan aniqligini, ishonchliyligini va qaytariluvchanligini ta’minlashi lozim.
PEN yo‘llari yoki usullariga taalluqliligi sohasiga bog‘liq ravishda quyidagilarga bo‘linadi:
O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida, shu hisobda O’Z DSt 8.002 bo‘yicha davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tadbiq etiladigan doirada qo‘llanishga ruxsat etilgan PEN yo‘llari yoki usullari;
davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tadbiq etiladigan doiradan tashqari O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida qo‘llanishga ruxsat etilgan PEN yo‘llari yoki usullari.
O’Z DSt 8.002 bo‘yicha davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tadbiq etiladigan doirada qo‘llaniladigan, shu hisobda «Sanoatkontexnazorat» DI nazorati ostidagi ob’ektlarni PEN o‘tkazishda qo‘llaniladigan PEN yo‘llari yoki usullari majburiy attestatlanishi lozim.
Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tadbiq etiladigan doiradan tashqari O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida qo‘llanishga ruxsat etilgan PEN yo‘llari yoki usullari O’z DSt 20.201 da belgilangan hollarda va PEN yo‘llari yoki usullari ishlab chiquvchisi yoki foydalanuvchining qarori bo‘yicha attestatlanishi lozim.
PEN yo‘llari yoki usullari O’z DSt 20.201 ga muvofiq metrologik ekspertiza va me’yoriy tekshiruvdan o‘tkaziladi.
CHet elda ishlab chiqilgan O’Z DSt 8.016 da o‘rnatilgan tartibda qo‘llashga ruxsat etiladi.
PEN ning aniq usullari mahsulot turlari uchun PEN yo‘llari yoki usullari tekshiruv ob’ektlarni ishlab chiqarish, ishlatish, ta’mirlash bo‘yicha MH ni ishlab chiquvchi tashkilotlar va (yoki) mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, tashkilotlar va (yoki) tekshiruv ob’ektlarini ishlatish va (yoki) ta’mirlashni amalga oshirayotgan korxonalar, tashkilot, shuningdek, PEN usullariga MH ishlab chiqish va chiqarishni amalga oshirayotgan tashkilotlar, korxonalar tomonidan tuziladi.
PEN yo‘llari yoki usullari, tarkibiy qismi sifatida, O’z DSt 8.016 bo‘yicha attestatlangan o‘lchashlarni bajarish usuliyatiga ega bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida shu hisobda davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tadbiq etiladigan doirada qo‘llanishga ruxsat etilgan PEN yo‘llari yoki usullari:
a) tekshiruv va navzorat davlat idoralarida kelishilishi lozim, agar PEN yo‘llari yoki usullarning layoqatliligiga tegishli talablarni o‘z ichiga olsa;
b) tekshirilayotgan ob’ektlarni tayyorlash, ishlatish va ta’mirlash bo‘yicha ishlarni davlat darajasida koordinatlashni amalga oshuruvchi tashkilot bilan kelishilishi lozim (kelishish bo‘yicha talablar mavjud bo‘lsa);
s) ob’ekt buyurmachisi, va (yoki) egasi va (yoki) ishlab chiqaruvchisi bilan, ularni talabi bo‘yicha kelishilishi lozim.
Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tadbiq etiladigan doirada qo‘llanishga ruxsat etilgan PEN yo‘llari yoki usullari «O‘zstandart» Agentligi tomonidan tastiqlanadi.
Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tadbiq etiladigan doiradan tashqari O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida qo‘llanishga ruxsat etilgan PEN yo‘llari yoki usullari o‘rnatilgan tartibda idoralar, tashkilotlar, korxonalar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
PEN yo‘llari va usullarini joriy etish sanasini PEN yo‘llari yoki usullarini tasdiqlovchi tashkilot, korxona o‘rnatadi.
Majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talablari tegishli bo‘lgan mustaqil MH ko‘rinishda rasmiylashtirilayotgan PEN yo‘llari yoki usullari dastlab standartning «Tekshiruv qismiga qo‘yiladigan talablar» bo‘limida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
xona xili (vaqtinchalik, maxsus, o‘zgarmas va h. k.);
xonaning minimal kerakli maydoni;
muvofiq kuchlanishning o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchi toki elektr taminotining, erga ulashning pol uchun dielektr qoplamaning zarurati;
suv ta’minoti, hovo ta’minoti, moy ta’minoti va h. k. zarurati;
javonlar, tokchalar tizmalari, qutilar va sig‘imlar bilan jihozlar zarurati;
ko‘tarish-yuk tashish qurilmalar, o‘girgichlar va boshqa mexanizmlar hamda moslamalar bilan jihozlash zarurati;
PEN o‘tkazish bo‘yicha ko‘rgazmali axborot mavjudligi;
issiqlik, elektromagnit va b. nurlanishlar, shuningdek tebranishlar va shovqindan himoya darajasi;
PEN bo‘yicha me’riy hujjatlar bilan ta’minlash;
PEN o‘tkazish uchun kerakli boshqa talablar, qo‘llanilayotgan usulning o‘ziga xos xususiyatlardan kelib chiqqan holda.
Putur etkazmasdan nazorat bo‘yicha me’yoriy hujjatlariga qo‘yiladigan talablar.
Ob’ektlar yoki ob’eklar guruhini PEN bo‘yicha MHga quyidagilar kiradi:
ob’eklarni tayyorlash, montaj qilishda, ishlatishda va ta’mirlashda ularni PENdan o‘tkazish usullari va yo‘llarini PENning tashkiliy texnik qoidalarini belgi-lovchi davlatlararo, davlat va tarmoq standartlari, rahbariy hujjatlar,qoidalar, ishlab chiqarish va texnologik yo‘riqnomalari, usuliyatlar, tavsifnomalar, me’yorlar;
PENning ichki ishlab chiqarish texnologik yo‘riqnomalari;
PENning umumlashgan texnologik jarayonlari;
muayyan turdagi ob’ektlar PENning texnologik kartasi.
Ob’ektlar (yoki ob’ektlar guruhi) ni bir yoki bir necha usullar bilan PEN bo‘yicha texnologik yo‘riqnomalari (usuliyatlari) GOST 3.1102 va GOST 3.1105 talablariga muvofiq ishlab chiqiladi va PENni amalga oshiruvchi korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Sanoatkontexnazorat agentligi nazorati ostida bo‘lgan ob’ektlari (yoki ob’ekt guruhi) ni PEN bo‘yicha texnologik yo‘riqnomalari mazkur tashkilot bilan kelishilgan bo‘lishi kerak.
Buyumni tayyorlash, montaj qilish, ishlatish yoki ta’mirlashga oid KH yoki MHlarda ko‘rsatilgan PEN bo‘yicha xorijiy korxona (tashkilot, firma, kompaniya va b.) lar tomonidan ishlab chiqilgan me’riy hujjatlar korxonada O‘z DSt 1.7 ga muvofiq qo‘llaniladi.
PEN bo‘yicha davlatlararo davlat, tarmoq, shuningdek, xorijiy korxona (tashkilot, firma, kompaniya va boshqa) lardan olingan MH foydalanish O‘z DSt ga muvofiq korxonada belgilangan tartibda amalga oshiriladi
PEN bo‘yicha ko‘rsatilgan MH majburiy atestatlashdan o‘tkazilmaydi.
Buyumni tayyorlash, montaj qilish, ishlatish yoki ta’mirlash KH yoki MHda ko‘rsatilmagan PEN bo‘yicha MHni korxonada qo‘llash tartibi buyumni ishlab chiquvchisi va buyurtmachisi bilan kelishilgan holda korxona tomonidan belgilanadi.
PEN bo‘yicha davlatlararo davlat, tarmoq, shuningdek, xorijiy korxona (tashkilot, firma, kompaniya va boshqlar) dan olingan PEN MHlar korxonalardagi ishlab chiqarilishning o‘ziga xos xusisiyatlarini to‘liq hisobga olmagan bo‘lsa, ular asosida ishlab chiqarishning ichki texnologik yo‘riqnomalari (usuliyatlari) yoki tekshirishning mavjud shartlarini hisobga oluvchi umumlashgan texnologik jarayonlari ishlab chiqilishi mumkin.
Ichki ishlab chiqarish yo‘riqnomalari yoki umumlashgan texnologik jarayonlarda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
tekshiriladigan ob’ektlar (buyumlar);
tekshirishning maskur turi uchun xos bo‘lgan talablar;
qo‘llaniladigan tekshirish vositalarining xillari;
standart namunalarga quyiladigan talablar;
qo‘llaniladigan PEN vositalarini metrologik ta’minlash;
PEN kartalarini shakli;
buyumning tekshiriladigan sirti, shakli,o‘lchamlariga, materialiga qo‘yiladigan talablar;
tekshirishni o‘tkazish, tekshirish natijalarini talqin qilish, tekshirish ob’ekti sifatini baholash tartibi;
yaroqli mahsulotni qabul qilish va nuqsonliligini yaroqsiz deb topish tartibi;
PEN uchastkasiga qo‘yiladigan talablar;
xodimlarning malakasiga qo‘yiladigan talablar;
xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavsizligi qoidalari;
PEN o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan boshqa talablar.
Ichki ishlab chiqarish yo‘riqnomalari va uslubiy tekshirish jarayon (UTJ)larni ishlab chiqish, tasdiqlash, amalga kiritish tartibi korxona tomonidan belgilanadi.
Mahsulotning ommoviy yaroqsizligi yuz berganda yoki undan foydalanib bo‘lmaydigan holda ichki ishlab chiqarish yo‘riqnomalari yoki UTJ attestatlashdan o‘tkazilishi kerak.
PEN bo‘yicha ko‘rsatilgan MHlarni attestatlash tartibi korxona tomonidan belgilanadi.
Ob’ektlarni PENning texnologik kartalarida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
PEN kartasini ro‘yxatga olish tartibi;
buyum indeksi uning modifikatsiyasi;
PEN dan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan detal va (yoki) uzel chizmasining nomi va belgilanishi;
material markasi;
detal (uzel) ni bo‘laklari bo‘yicha tekshirish o‘tkazilganda tekshirish zonalari va belgilash sxemalarini, tekshirishni o‘tkazishda, (skanerlash, yoritish traektoriyalari) detal (uzel) yuzasi bo‘yicha o‘tkazgichlarni qo‘yish va siljitish sexamalari ko‘rsatilgan detal (uzel) eskizi;
sirtning sifatiga qo‘yiladigan talablar;
qo‘llaniladigan defektoskoplar, standart namunalar, yordamchi asboblar, moslamalar, qurilma va uskunalarning xillari;
qo‘llaniladigan defektoskopik materiallar xillari;
texnologik yo‘riqnoma muvofiq tekshirish asosiy parametrlarining qiymatlari;
tekshirish hajmi va bosqichi;
tekshirish texnologik amallarini o‘tkazishning ketma-ketligi;
yo‘l qo‘yiladigan nuqsonlarning me’yorlari;
tekshirishning sezgirligi;
nuqsonlarni tugatish (to‘g‘rilash) tartibi;
hujjatni ishlab chiqqan, kelishilgan va tasdiqlagan mutaxassislarning imzosi.
Ob’ektlar sifatining PEN yoki UTJ bo‘yicha texnologik yo‘riqnomalardagi va (yoki) PEN ning texnologik kartalaridagi boholash mezonlari bu ob’eklarni tayyorlash, montaj qilish,ishlatish yoki ta’mirlash uchun amaldagi KH va MHlarning talablariga muvofiq belgilanadi.
PEN bo‘yicha barcha MHlar amaldagi qoidalarga muvofiq metrologik ekspertizadan va (yoki) me’yoriy tekshirishdan o‘tkazilishi kerak.
PEN masalalari bo‘yicha usiliyatli rahbarlik O‘zR PEN Bosh markazi tomonidan amalga oshiriladi, bu vazifalar “O‘zstandart” agentligining “Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti” (SMSITI) zimmasiga yuklatilgan.
PEN vositalariga quyidagilar kiradi:
tadqiq etiladigan materiallar va ob’ektlarning sifati haqida axborot olish uchun singuvchi maydon, nurlanish va modalardan foydalaniladigan tekshiruv o‘lchov apparaturasi, defektoskoplari, asboblar, moslamalar, apparatlar, qurilmalar va uskunalar;
Defektoskopik materiallar (magnit kukunlari, suspenziyalar, singuvchi moddalar, ochiltirgichlar, kantakda bo‘lgan suyuqliklar va boshqalar);
standart namunalar (davlat va korxona).
PEN vositalar muayyan turdagi ob’ektlar (yoki ob’eklar guruhi) ni PEN bo‘yicha amaldagi MH talablariga muvofiq bo‘lishlari kerak.
O‘lchash vositalariga taalluqli me’yorlangan metrologik tavsiflarga ega va ob’ektni (buyumni) tayyorlash, montaj qilish, ishlatish yoki ta’mirlash bo‘yicha KH va MH talablariga muvofiq texnologik jarayonlarda qo‘llaniladigan PEN vositalar belgilangan shakldagi guvohnoma (sertifikat) berish bilan davriy ravishda qiyoslashdan (O‘z DSt 8.003) yoki kalibrlashdan (O‘z DSt 8.018 bo‘yicha) o‘tkazilishi kerak.
O‘lchash vositalariga taalluqli bo‘lmagan PEN vositalari O‘z RST 8.017 bo‘yicha atestatlanishi kerak.
Standart namunalar PEN bo‘yicha texnologik yo‘riqnomalarga muvofiq tanlab olingan (tayyorlangan) va O‘z DSt 8.004 talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
YAngi turdagi PEN vositalar, shuningdek ko‘rsatilgan vositalarni qo‘llagan holda ob’ektlarni PENning tegishli texnologiyalari PENni amalga oshiruvchi korxonada belgilangan va tekshiriladigan buyumlar (ob’ektlar) ning buyurtmachisi bilan keli-shilgan tartibida ishlatish sinovlardan o‘tkzilgandan so‘ng joriy etilishi mumkin.
PENning texnologik jarayonlarida qo‘llaniladigan defektoskopik materiallar PEN bo‘yicha MH talablariga muvofiq attestatlangan bo‘lishi va ularning kofolatlangan muddatlari oralig‘ida ishlatilishi kerak.
Muvofiqlik sertifikati bo‘lmagan yoki yaroqlilik kofolat muddati cho‘zilgan yoxud PEN bo‘yicha MHda ko‘rsatilmagan defektoskopik materiallardan korxonada foydalanish tartibi PENni amalga oshiruvchi korxona belgilangan tartibda tegishli tadqiqotlar va sinovlar o‘tkazilgandan so‘ng aniqlanadi.
PEN vositasiga texnik xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash belgilangan tartibda ko‘rsatilgan ishlarni bajarish huquqini olgan korxona (tashkilot) tomonidan o‘tkaziladi.
Mazkur standart O‘z DSt 20.201 ga muvofiq putur etkazmasdan tekshirishni amalga oshiruvchi xodimlar malakasi, tayyorlash va sertifikatlashtirish tizimini o‘rnatadi.
Standart talablari xodimlarni o‘qitadigan va malakaviy imtihonlarni oladigan o‘quv va imtihon markazlariga, sertifikatlashtirish protseduralarini amalga oshiradigan xodimlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralarga, shuningdek, o‘z faoliyatida GOST 18353 bo‘yicha putur etkazmasdan tekshirish turlari va usullarini qo‘llayotgan va tekshirilgan ob’ektlar sifati haqida xulosa berayotgan, mahkamaviy bo‘ysinuvi va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining tashkilot va korxonalariga, yuridik va jismoniy shaxslarga taalluqlidir.
Standart talablari O‘zbekiston Respublikasining sanoatda, konchilikda va kommunal – maishiy sektorda ishlarni bexatar olib borishni nazorat qilish Davlat inpeksiyasi (bundan keyin – Sanoatkontexnazorat Davlat inpeksiyasi) nazorati ostidagi ob’ektlarning putur etkazmasdan tekshiruvini o‘tkazadigan va ularning sifati haqida xulosa beruvchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |