Qutbli usulda magnitlash jarayoni o‘zgarmas magnit yoki elektromagnit yordamida amalga oshiriladi. Nazorat rejimi boshqariladi. Doimiy magnitlar yoki elektromagnitlar ko‘pincha tekis detallarni nazorat qilishda ishlatilinadi. Ushbu usulda ko‘ndalang joylashgan nuqsonlar aniqlanadi.
б) Электромагнит билан магнитлаш.
а) Ўзгармас магнит билан амагнитлаш.
4.1-rasm Qutbli magnitlash
Sirkulyar magnitlashda nazorat ob’ekti teshigida joylashgan detal yoki o‘tkazgichdan tok o‘tkaziladi. Ushbu usul yordamida ko‘pincha detal o‘qiga bir qancha burchakda joylashgan nuqsonlar aniqlanadi. Maydon kuchlanganligi taxminan hisoblanadi. SHuning uchun magnit maydon kuchlanganligi alohida o‘lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |