O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
___________ G‘.G‘.Egamnazarov
“___” __________ 2021 yil
333333333333333333____________________________
“___” __________ 2016 yil
“MAHSULOT SIFATI NAZORATI”
fanidan
MA’RUZALAR MATNI
Bilim sohasi:
|
300 000 – Ishlab chiqarish texnika sohasi
|
Ta’lim sohasi:
|
310 000 – Muhandislik ishi
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
5310900 – Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (sanoat)
|
Jizzax - 2021
Tuzuvchi:
|
F.A.Raxmohov.
|
JizPI, “Metralogiya va stahdartlashtirish” kafedrasi o’qituvchisi.
|
|
|
|
Taqrizchilar:
|
Yuldoshov Z.
|
− Jizzax “Sinov sertifikatlashtirish davlat karxonasi, esport avditori.
|
|
Bakaxanov T.
|
− Jizzax “Sinov sertifikatlashtirish davlat karxonasi” etakchi mutaxassisi
|
JizPI fakulteti dekani:
2021 yil “_____”_______________________ Hamidov. J.A.
(imzo)
“Metralogiya va stahdartlashtirish”
kafedrasi mudiri:
2021 yil “_____”_____________________Shertaylakov. G’.M.
(imzo)
GLOSSARIY
Mahsulot - mehnat faoliyati jarayonining moddiylashtirilgan natijasi tushunilib, u foydali xossalarga ega bo‘ladi, aniq ishlab chiqarish jarayonlarida olinadi va muayyan jamoa va shaxsiy xarakterli ehtiyojlarni qanoatlashtirishi uchun mo‘ljallanadi.
Mahsulot - ISO 9000 xalqaro standartida qisqa holda keltirilgan bo‘lib, «mahsulot - faoliyat yoki jarayon natijasi» deb ta’riflangan.
Iste’mol - mahsulotga nisbatan ishlatiladiki, uning vazifasiga ko‘ra, ishlatilishida o‘zi sarflanadi.
Mahsulotning oddiy xossasiga - massa, sig‘im, tezlik va boshqa ko‘rsatkichlar kiradi.
Mahsulotning murakkab xossasiga - buyum ishining ishonchliligi. Bu esa o‘z navbatida bir qator oddiy xossalarni o‘z ichiga qamrab oladi (buzilmasligi, chidamliligi, ta’mirlanuvchanligi va saqlanuvchanligi kabilar).
Mahsulot sifati - uning vazifasiga binoan muayyan ehtiyojlarni qanoatlantirishga yaroqliligini belgilaydigan xossalar majmuasi.
Mahsulot belgisi - mahsulotning har qanday xossalari va holatlarining miqdoriy va sifat tavsiflari.
Mahsulot sifatining ko‘rsatkichi - mahsulot sifatiga kiruvchi bitta yoki bir necha xossasining miqdoriy tavsifi, uning yaratilish va ishlatilishi yoki iste’molidagi muayyan sharoitlarga qo‘llanilishidir.
Mahsulotning xavfsizligi – bu uning murakkab xossasi bo‘lib, inson uchun zararli ta’sir etish miqdorini belgilaydigan ko‘rsatkichidir.
Aralashgan usul – bu bir vaqtning ichida ham birgina ko‘rsatkichidan, ham kompleks ko‘rsatkichlardan foydalanib mahsulotning sifati baholanadi.
Statistik usul - mahsulotning sifatini baholashda matematik statistika usullaridan foydalaniladi.
Organoleptik usul – tovar sifati xid, ko‘rish, eshitish, ta’m orqali aniqlanadi.
Tajriba usul – tovarning kimyoviy tarkibi, fizikaviy, mikrobiologik, texnologik xususiyatlarini aniqlanadi.
Sotsiologik usul – xaridorlar fikriga qarab aniqlanadi. Mahsulotlarni sifati sotish ko‘rgazmalari, xaridorlar konferensiyalari anketalar tarqatish yo‘li bilan aniqlanadi.
Ekspert usul – 7 kishidan kam bo‘lmagan yuqori malakali mutaxassis-ekspertlardan-tovarshunos, dizayner, konstruktorlardan tashkil topadi va ularning fikri bo‘yicha sifatga baho beriladi.
Mahsulot sifatining darajasi - baholanadigan mahsulot sifat ko‘rsatkichlarining qiymatlarini mos ko‘rsatkichlarning asos qiymatlari bilan taqqoslashga asoslangan, mahsulot sifatining nisbiy tafsilotidir,
Mahsulotning texnik saviyasi - baholanadigan mahsulotning texnik takomillashganligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarning qiymatlarini mos ko‘rsatkichlarning asos qiymatlari bilan taqqoslashga asoslangan, mahsulot sifatining nisbiy tafsilotidir.
Mahsulotlar sifatini tekshirish – mahsulotlarning sifat va morfologik ko‘rsatgichlarini me’yoriy-texnik hujjatlarga to‘g‘ri kelishiga aytiladi.
Sifatni boshqarish – bu loyihalash va konstruksiyalash bosqichida maqbul darajani ta’minlash, zamonaviy ilmiy-texnik imkoniyatlarga va xaridor talabiga mos keltirish, so‘ngra ishlab chiqarish jarayonida bu sifat ko‘rsatgichlarini real mahsulotda ta’milab berishdir.
Putur etkazmaydigan tekshiruv usiliyati (NDT procedure): o‘rnatilgan me’yoriy hujjatlarga muvofiq holda maxsus vazifalarni bajarish uchun putur etkazmaydigan tekshiruvning texnik usullaridan foydalanganda rioya qilinishi lozim bo‘lgan, barcha asosiy parametrlar hamda usullarning tavsifi.
Sinov - buyumning xususiyatlarini miqdoriy va (yoki) sifat xarakteristikalarini uni ishlashi, ta’sir qilishi sifatida tajriba yo‘li bilan aniqlashga aytiladi [GOST 16 504-81].
Sinov - o‘rnatilgan jarayonga mos holda mahsulot, jarayon yoki xizmatni bir yoki bir necha xarakteristikasini aniqlash yo‘lidagi texnik operasiyadir.
Solishtirish sinovlari – xarakteristikalari bo‘yicha o‘xshash yoki bir xil ob’ektlarini ularning xususiyatlarini sinash maqsadida bir xil sharoitda sinash.
Aniqlash sinovi – obekt xarakteristikasini avval malum bo‘lmagan qiymatlarini belgilangan aniqlik va (yoki) ishonchlilik bilan, zarurat bo‘lganda esa tasodifiy kattalik taqsimlanish qonuniy qiymati bilan aniqlash sinovi.
O‘lchamga etkazish sinovlari – mahsulotni ishlab chiqish jarayonida unga kiritilayotgan o‘zgarishlar uni belgilangan sifat ko‘rsatkichi qiymatlariga etishi uchun qanday ta’sir qilganini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan sinovlar.
Dastlabki sinov – tajribaviy ilk namunalarni va (yoki) ilk partiya mahsulotni qabul qilib olish sinovlariga topshirish mumkinligini aniqlash maqsadida sinashdir.
Qabul qilish va topshirish sinovlari – ilk namunani mahsulotni seriyali ishlab chiqarishga qo‘yishga va (yoki) mo‘ljallanganligi bo‘yicha qo‘llashga yaroqliligini aniqlash maqsadida sinash.
Malakaviy sinov – korxonani muayyan mahsulotni belgilangan hajmda ishlab chiqarishga tayyorligini baholash maqsadida mahsulotning birinchi sanoat ishlab chiqarish partiyasini sinash.
Taqdim etishdan oldingi sinov – ishlab chiqaruvchi korxona texnik xizmati tomonidan mahsulotni buyurtmachiga, istemolchiga yoki boshqa qabul qilib olish idorasiga taqdim etishdan oldin o‘tkaziladigan sinov.
Qabul qilish – topshirish sinovni qabul qilib olish sinovida mahsulotning nazorat sinovidir.
Davriy sinov – me’yoriy texnik hujjatda belgilangan hajm va vaqtda ishlab chiqarilayotgan mahsulotni nazorat sinovi, bunda mahsulot sifatining turg‘unligi va uni ishlab chiqarish mumkinligi tekshiriladi.
Inspeksion sinov – maxsus vakolatki idora tomonidan belgilangan turdagi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni tanlab sinovdan o‘tkazish, bunda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining turg‘unligi nazorat qilinadi.
Mahsulot turi sinovi – ishlab chiqarilayotgan mahsulot konstruksiyasiga, xususiyatiga, yoki texnologik jarayoniga kiritilgan o‘zgarishni samarali va maqsadga muvofiq bo‘lganligini tekshirish maqsadida sinash.
Attestasion sinov – mahsulot sifat darajasi bo‘yicha attestasiyadan o‘tayotgan payitdagi sinov.
Putur etkazuvchi sinov – putur etkazib nazorat qilish usullarini qo‘llab sinash.
Sinov uskunasi (SU) – sinov sharoitlarini yaratish uchun texnik qurilma.
Do'stlaringiz bilan baham: |