2.4. Mahsulotlar sifatini nazorat qilish
Mahsulotlar sifatini tekshirish – mahsulotlarning sifat va morfologik ko‘rsatgichlarini me’yoriy-texnik hujjatlarga to‘g‘ri kelishiga aytiladi.
Mahsulotlar ishlab chiqishidan oluvchiga etib borguncha bir necha bor tekshiriladi: operatsion, qabul, daromad tekshiruvlari mavjud.
Operatsion – har bir bosqichdan keyin tekshiriladi.
Qabul tekshiruvi – ishlab chiqarishni oxirida bajariladi. Sifatni boshqarish bo‘limi tamg‘asi bosilishi mahsulotni sifatliligini bildiradi.
Daromad tekshiruvi – sanoat korxonalariga kelgan xom-ashyolarni va savdoga kelgan mahsulotlarni sifati bo‘yicha qabul qilish jarayoniga aytiladi.
Mahsulotlar sifatini tekshirishi yoppasiga va tanlanma asosida tekshirish turlari bo‘ladi. Ko‘proq tanlanma asosida tekshirish ishlatiladi, chunki bu usul kamroq vaqt talab qiladi. Elektr lampalarini har biri nominal darajadan 15% oshiqroq kuchlanishdagi elektr tokka 10 sekund bardosh bera olishi sinab ko‘rilishi kerak. SHunda 15-200 Vt li lampalar ichida kuygani 1,5 % dan oshmasligi kerak, shunda ular qabul qilinadi. Aks holda dalolatnoma tuzib ishlab chiqarishga qaytarilib yuboriladi.
Mahsulotlarni sifat va morfologik ko‘rsatgichlari ko‘pligi uchun tekshirishlarda hammasini tahlil qilishi qiyin. SHu sababli standartlarini “Qabul qilish qoidalari“ bo‘limida tekshirishini dasturiga qarab har xil sinovlar ko‘rsatiladi:
Mahsulotni ishlab chiqarishga joriy qilishdan oldin namunasi har tomonlama tekshiriladigan qabul sinovlari.
Ishlab chiqarish jarayonining oxirida tayyor mahsulotni me’yoriy hujjat talablariga yoppasiga ba’zi ko‘rsatgichlar bo‘yicha texnik nazorat bo‘limi (TNB) tomonidan tekshirish. Natijalar tovarlarga qo‘shib jo‘natiladigan hujjatlarda belgi qo‘yiladi.
Sanoat korxonalarida sifatni barqarorligini ta’minlash uchun davriy tekshiruv o‘tkazilib turiladi.
Bir andozadagi (namunali) sinovlar. Bunda har 2-3 yilda o‘tkaziladigan sinovlar (mustahkamligini sinash uchun);
Ta’mirlashga yaroqliligini aniqlash uchun 5 yilda bir marta sinaladi.
Mahsulotlar 3 ta belgi bo‘yicha (sifat, miqdor, muqobil) sifat guruhlarga bo‘linadi.
Mahsulotni sifat belgisi bo‘yicha navlarga ajratilib qabul qilinadi. Deraza oynalari oliy toifa 1 va 2 navlarga, modelli poyafzallar esa 2 navga bo‘linadi.
Nuqsonlar namoyon bo‘lishiga qarab yaqqol ko‘rinib turadigan va pinxona (yashirin) turlarga bo‘linadi.
YAna nuqsonlar katta-kichikligi bo‘yicha jiddiy, yirik va nojiddiy turlarga ajratiladi. Nuqsonlar kelib chiqish bo‘yicha hom-ashyo, konstruksiya, texnologiya va pardozlash nuqsonlariga bo‘linadi.
Mahsulotlarni miqdor belgisi bo‘yicha qabul qilish. Bunda mahsulotning sifat ko‘rsatgichlarini miqdori aniqlanib, me’yoriy-texnik hujjatlar talabiga solishtirish ko‘zda tutiladi. Masalan, sementning sifati uni siqishga chidamligiga (markasiga) qarab aniqlanadi. Buni uchun sementdan kubiklar yasaladi, presslangan bosim yo‘li bilan uni pishiqligi aniqlanadi. 3 kun saqlangan kubiklar sement pishiqligining yarmini bildiradi. 28 kundan keyin to‘la pishiqligi ko‘rinadi bunda natijalarda 5% ortiq farq bo‘lmasligi kerak. Ko‘p farq qilsa markasi pasayadi 285 kg/sm gacha bo‘lsa, 200 va 380 kg/sm gacha bo‘lsa – 300 markali deb hisoblanadi.
Mahsulotlarni muqobil belgisi bo‘yicha tekshirish savdoda keng qo‘llaniladi, mahsulotlar standart talablariga javob berishiga qarab ishlatishga yaroqli va yaroqsiz turlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |