Mahsulot belgisi deganda mahsulotning har qanday xossalari va holatlarining miqdoriy va sifat tavsiflari tushuniladi. Sifat belgisiga materialning rangi, buyumning shakli, detalning sathida himoya va bezak uchun ma’lum qoplamalarning bo‘lishi, prokatning yon tomoni (burchak, tavr, shvellar va shunga o‘xshashlar), mahsulot detallarining biriktirish usullari (payvandlash, yopishtirish, parchalash va shunga o‘xshashlar), sozlash usullari (qo‘lda, yarim avtomatik, avtomatik va shunga o‘xshashlar) kiradi.
Sifat belgilari orasida mahsulot sifatini boshqarishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan statistik nazoratda qo‘llanuvchi muqobil belgisi bo‘lib, faqatgina ikkita bir – birini inkor qiluvchi imkoniyatlari bo‘lishi mumkin. Masalan, buyumlarda yaroqsizlikning borligi yoki yo‘qligi, detallarda himoya qatlami borligi yoki yo‘qligi va shunga o‘xshashlar.
Mahsulotning miqdoriy belgisi uning parametridir. Mahsulot sifati o‘zining ko‘rsatkich alomati bilan ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |