3.2. Putur etkazmasdan nazorat qilishni tashkillashtirish va o‘tkazish hamda natijalarini rasmiylashtirish
Putur etkazmasdan nazorat qilishni tashkillashtirish laboratoriyada PEN natijalarini kuzatuvchanligi ta’minlash va PEN natijalarini qayd qilish tizimi shakllantirish bilan amalga oshiriladi.
PEN natijalarni qayd qilish, lozim bo‘lganda, ob’ektning hajmini to‘g‘ri aniqlanganini, usilini, yo‘lini va PEN vositlarini, yaroqsizlash me’zonlarini to‘g‘ri tanlanganligini tekshirishga, tekshirish (sinash) ishlarni o‘tkazgan va xulosalar xodimlarni aniqlashga imkon beradigan axborat hajmiga ega bo‘lishi kerak.
Laboratoriyada tekshirish (sinash) natijalarini (xulosalar, bayonlar, hisoblar va sh.u.) rasmiylashtirish tartibi aniqlangan bo‘lishi va tekshirish (sinash) natijalari va ularni rasmiylashtirish uchun javobgarligi belgilangan bo‘lishi kerak.
Tekshirish (sinash) natijalari PEN o‘tkazgan va PEN natijalarni tekshirgan mutaxassis tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak. PEN bo‘yicha xulosa laboratoriya rahbari tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.
Laboratoriyada tekshirish (sinash) natijalarini saqlash uchun javobgar shaxs bo‘lishi va O’z DSt ISO/IEC 17025 standartlari bo‘yicha ishlarni amalga oshirish lozim.
Ob’ektlar sifatini PEN natijalari bo‘yicha konstruktorlik hujjatlari (KH) yoki me’yoriy hujjatlar (MH) lar talablariga muvofiqligini bohalash PEN bo‘yicha tegishli malakaviy talablarni qanoatlantiradigan mutaxassislar tomonidan bajarilishi kerak.
Sinov (tekshirish) natijalari shubhali bo‘lganida korxona tegishli bo‘limlarining PENning berilgan turi (usuli) bo‘yicha ishlarini tashkil qilish va o‘tkazish uchun mas’ul mutaxassislari jalb qilinishi kerak.
Ob’ektlarni PEN natijalari «PEN natijalarni ruyxatga olish jurnali»ga kiritilishi kerak. Jurnalning shakli PEN bo‘yicha MH bilan aniqlanadi va u quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
-tashkilot va uning bo‘limini nomi;
-tekshirish (sinov) ni o‘tkazgan bo‘limi (qismi) ning nomi;
-sinov (bayonnoma) raqami;
-sinov (bayonnoma) sanasi;
-sinov buyurtmachisi bo‘limining nomi;
-buyurtma raqami;
-sinov ob’ektning nomi;
-PEN (sinov) ob’ektining zavod raqami yoki chizmasining belgilanishi;
-PEN (sinash) ob’ektning materialini markasi;
-tekshirish natijasi – ob’ektni tekshirilgan (sinovdan o‘tkazilgan) parametrlarining KH va MH talablariga muvofiqligi (yoki nomuvofiqligi);
-talablariga muvofiq PEN (sinovlar) o‘tkazilgan KH yoki MHlarning belgilanishi;
-tekshirish natijalari bo‘yicha xulosa bergan mutaxassisning familiyasi, imzosi va lovozimi;
-PEN natijalari bo‘yicha xulosa bergan mutaxassisning familiyasi, imzosi va lovozimi, PEN ning muayyan usuli bo‘yicha malakasini darajasi, guvohnamasining raqami va berilgan sanasi (bor bo‘lsa);
-tekshirish (sinov) natijalarini tekshirgan PEN bo‘linmasi (uchastkasi) rahbarining familiyasi, imzosi.
Zarur bo‘lganda PEN natijalarini ro‘yxatga olish jurnallari va bayonnomala-rida tekshirish (sinash) natijalarini kuzatib borish uchun lozim bo‘lgan boshqa qo‘shimcha axborot nazarda tutilishi mumkin.
Jurnalni rasmiylashtirishning to‘g‘riligini va o‘z vaqtida olib borilganligini muntazam tekshirishni korxonaning PEN bo‘linma (uchastka) sining rahbari amalga oshiradi.
Ob’ektni PEN natijalari tekshirish (sinov) bayonnamasi ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin.
Ob’ektga PENning mazkur usullari bo‘yicha tekshirish (sinov) bajarilgani haqida guvohlik beruvchi va ob’ekt sifatining uni tayyorlash, montaj kilish, ta’mirlash va ishlatish bo‘yicha KH (MH) lar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi belgilar tushirish (tamg‘alash, markalash) shuningdek ob’ekt uchun PEN usullari bilan tekshirish (sinov) bajarilgani tug‘risidagi texnik hujjatlarni rasmiylashtirish korxonada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Putur etkazmasdan nazoart qilishlar, unga asos bo‘lgan fizik hodisaga ko‘ra GOST 18353 bo‘yicha quyidagi turlarga ajratiladi.
-magnitli;
-elektrik;
-uyurma tokli;
-radioto‘lqinli;
-issiqlik;
-optik;
-radiatsion;
-akustik;
-singuvchi moddalari.
Putur etkazmasdan tekshirishning har bir turini usullari qo‘yidagi alomatlar bo‘yicha sinflarga ajratiladi:
a) fizik maydonlar yoki moddalarning tekshiriluvchi ob’ekt bilan o‘zoro ta’sirlashuv tavsifi:
b) birlamchi axborotli parametrlar;
v) birlamchi axborotni olish usullari;
Korxonada muayyan turdagi ob’ektlarning PEN tizimini tashkil etish uchun ushbu ob’ektni KH yoki MHni tayyorlash, montaj qilish, ishlatish yoki ta’mirlashga bo‘lgan talablarni borligi va ularda PEN turi va usuli, PEN MHlari, yo‘l qo‘yiladigan me’yorlari, tekshirish hajmi va zonalari hamda PEN o‘tkazishga bo‘lgan boshqa talablarni ko‘rsatilishi asos bo‘ladi.
PEN tizimi korxonada buyuruq bilan kiritiladi, unda ishlab chiqarish, ishlatish va ta’mirlashning barcha bosqichlarida ob’ektlar sifatini PEN ishlab chiqish, joriy etish va undan foylanish tartibi aytib o‘tilgan bo‘lishi kerak.
O‘z tarkibida PENning qo‘llaniladigan usullari bo‘yicha laborotoriya va (yoki) mutaxassislariga ega bo‘lgan korxona va tashkilot ob’ektlarni PENni o‘tkazadi.
PEN laborotoriyalari qo‘yidagi hollarda majburiy akkreditlanishi kerak.
tekshiriluvchi ob’ekt (buyum) ning MHda laborotoriyani akkreditlash zarurligi haqida talablarining mavjudligida;
“Sanoatkontexnazorat” agentligi nazarati ostida bo‘lgan ob’ektlarni PENdan o‘tkazish chog‘ida;
laborotoriya tomonidan o‘zga tashkilotlarning buyurtmasi bo‘yicha PEN ishlarini bajarish chog‘ida.
Ob’ektlarning PENni bajarish huquqlarini berish uchun laborotoriyani akkreditlash “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Akkreditlashning davriyligi besh yilda bir martadan kam bo‘lmasligi kerak.
Ob’ektlarning PENni bajarish huquqini berish uchun xorijiy mamlakat idorasi tomonidan akkreditlangan PEN laboratoriyalari “O‘zstandart” agentligi tomonidan ro‘yxatga olingan bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |