Klass
|
Plenka turi
|
O‘rtacha gradient
|
Nisbiy vaqti
|
Umumiy xarakteristika
|
0
1
2
3
|
RT-15
RT-14, RT-4M
T-12, RNTM-1
RT-1, RT-11
|
3,5
4,0
3,5
3,0
|
20
10
4
1
|
Kichik sezgirli
Kichik sezgirli
O‘rta sezgirli
YUqori sezgirli
|
8.3-Jadval
Ssinsillyasion kristall va fluoroskopik ekrandan
lyuminitsensiyani chiqishi
O‘zgartirgich turi
|
Nurlanish maksimal energiyasida lyuminissensiyasini chiqishi, MeV
|
0,1
|
0,2
|
0,3
|
0,4
|
1,9
|
5,5
|
Fluoroskopik ekran
turi Sirin 5
Kristall Csi (Tl)
|
3
0,1
|
3
1
|
2,2
1
|
0,8
1,8
|
0,12
0,24
|
0,08
0,16
|
8.7. Ionizatsion sarf o‘lchagichlar
Gazlar sarfini o‘lchash uchun ionizatsion o‘lchash usulidan foydalanish mumkin. Bu usul truboprovoddan o‘tayotgan gazlarning radioaktiv nurlanish manbalari yordamida davriy ionlanishiga asoslangan. Gazning ionlashgan qismi ma’lum vaqt o‘tgach (bu vaqt gaz tezligiga bog‘liq) nurlanish qabul qilgichiga boradi va bu erda tok impulsli hosil bo‘ladi. SHundan so‘ng impuls kuchlanadi va bir qator o‘zgartirishlardan so‘ng sarf birligiga keltiriladi. SHu bilan birga ‘arakatdagi oqimga vaqti - vaqti bilan izotopli radioaktiv nishonlar kiritiladi. Bu nishonlardan chiqadigan impulslar qabul qiluvchi qurilma orqali tutiladi va qator o‘zgartuvchi elementlar yordamida o‘lchash asbobiga uzatiladi.
8.8 – rasmda ionlashgan molkulalar hosil qilish yo‘li bilan sarf o‘lchaydigan asbob sxemasi keltirilgan. Asbobning ishlash prinsipi quyidagicha: radioaktiv manba 2 nurlari truboprovod yonida joylashib, modulyator 3 yordamida truboprovoddan o‘tayotgan gazga ta’sir qiladi. Buning natijasida truboprovod ichida mu’itning ionlashgan qismi vuujudga keladi (ular ion nishonlar 4 deb ataladi) va gaz oqimi bilan birga ‘arakat qiladi. Nishon ionlashgan molekulalar qobig‘idan iborat. Nurlanish paytida modulyator ‘isob qurilmasi 7 ga vaqtni ‘isoblash uchun impuls yuboradi. Ionlashgan nishonlar oqim bo‘ylab nurlanish manbaidan ma’lum masofada joylashgan qabul qilgich 5 orqali tutiladi. Qabul qilgich truboprovod devorlariga o‘rnatilgan va ulardan izolyasiya qilingan ikki plastinkadan iborat. Plastinkalarga kuchaytirgich 6 ning birinchi kaskadi yuqori Omli qarshilik bilan ketma-ket ulangan ta’minlash manbaining potensiallar farqi uzatiladi. Ionlashgan molekulalar qobig‘i kollektor yonidan o‘tishi paytida hisob qurilmasi 7 ga kuchaytirgichdan impuls keladi. Bu impuls modulyator hosil qilgan impulsga nisbatan gaz oqimi tezligiga proporsional vaqtga kechikadi. Asbob shkalasi bevosita gaz sarfi birligida darajalanadi. Asboblarning eng katta xatosi o‘lchash chegarasining ± …. 2% ini hosil qiladi.
Ionizatsion asboblar ishda g‘oyat qulay va ishonchli, ammo ularni ishlatish, qo‘zg‘atish va remont qilish uchun maxsus xizmatxona, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar talab qilinadi, radiaktiv nurlanishdan tegishli ‘imoya kerak bo‘ladi. SHuning uchun amalda sarfni o‘lchash uchun neytral nurlanish, masalan, ultratovush nurlanish ma’qulroq.
8.6-rasm. Radioizotopli sath o‘lchagichlar.
Bularning ishlash prinsipi yutish qobiliyati turlicha bo‘lgan ikki muhitdan o‘tayotgan nurlarning qayd qilinishi va muhitlarning chegarasi o‘zgarishi bilan nurlanish o‘zgarishiga asoslangan. Barcha radioizotopli sat’ o‘lchagichlarning asosiy qismlari nurlanish manbai va nurlarni qabul qiluvchi asboblardan iborat. Nurlanish manbai sifatida o‘zidan j-nurlar chiqaradigan So60, Ss 137, Se75 va boshqa moddalar ishlatiladi. Qabul qiluvchi asbob sifatida Geyger-Myuller schyotchigi, ssintilyasion hisoblagichlar yoki yarimo‘tkazgichli detektorlar ishlatiladi. Detektor chiqishida paydo bo‘lgan impulslar elektron kuchaytirgich orqali kuchaytiriladi va sath o‘zgarishiga muvofiq elektr signalga aylanadi.
j- nurlanish intensivligini kamaytirish qatlam qalinligiga qarab quyidagi eksponensial munosabat bilan ifodalanadi:
Ix=I’ ex (-µx),
Bunda I’-j –nurlanishning boshlang‘ich intensivligi; µ - moddaning tabiati va uning katlami qalinligi x ga bog‘liq bo‘lgan j-nurlanishning kuchsizlanish koeffitsienti.
Radioizotopli sath o‘lchagichning prinsipial sxemasi 7.6- rasmda ko‘rsatilgan. U radioaktiv nurlanish manbai 1, ionlovchi nurlanishni qabul qiladigan hisoblagich 2, elektr toki manbai 3, rezistor 4, elektron kuchaytirgich 5 va o‘lchash asbobi 6 dan iborat. Hisoblagich metalldan yasalgan silindr bo‘lib, ichi inert gaz bilan to‘ldirilgan. Silindr markazida undan izolyatr bilan ajratilgan sim o‘rnatilgan. Silindr devori elektr manbaining manfiy qutbiga, metall sim esa musbat qutbiga ulangan. Silindr inert gaz bilan to‘ldirilgan bo‘lgani uchun hisoblagich zanjirida tok bo‘lmaydi. Hisoblagichga radioaktiv nur ta’sir etib, undagi inert gaz ionlanishi boshlangandagina hisoblagich 2 va rezistor 4 zanjirida tok hosil bo‘ladi. Bu tok miqdori inert gazning ionlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Gazning ionlanishi esa radioaktiv nurlanish manbai bilan hisoblagich orasiga o‘rnatilgan rezervuar ichidagi suyuqlikning yoki sochiluvchi moddaning balandligiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Rezervuardagi suyuqlik balandligi nur yo‘lini to‘la berkitsa, rezistordan o‘tadigan tok nolga yaqin bo‘ladi, nur yo‘li ochilishi bilan, ya’ni suyuqlik balandligi pasayishi bilan rezistor zanjirida tok orta boshlaydi. Rezervuar ichidagi suyuqlik balandligi ana shu rezistordagi U kuchlanish miqdori bilan o‘lchanadi. Buning uchun rezistordagi kuchlanish miqdori oldin elektron kuchaytirgich 5 yordamida kuchaytiriladi, so‘ngra esa o‘lchov asbobi 6 ga uzatiladi.
8.7-rasm. Radioizotopli sath o‘lchagichning prinsipial sxemasi
Radioizotopli sat’ o‘lchagichlar boshqa asboblarga nisbatan universaldir. Bu asboblar sath o‘lchashni nazorat qilishni diskret va uzluksiz ravishda amalga oshiradi; ular ochiq va berk rezervuarlardagi suyuqlik hamda sochiluvchan moddalar sat’ini o‘lchash uchun ishlatilishi mumkin, o‘lchanayotgan mu’it bilan asbob orasida ‘ech qanday mexanik bog‘lanish bo‘lmagani sababli agressiv suyuqlik va moddalarning balandligini o‘lchash mumkin. Asboblar ko‘rsatishining aniqligi va stabilligi muhit holatining (temperatura, namlik, elektr o‘tkazuvchanlik, zichlik va boshqa fizik xossalarning) o‘zgarishiga bog‘liq emas. Barcha radioizotopli asboblarning umumiy kamchiligi radioaktiv nurlarning tirik organizmga zararli ta’siridir. Asboblarning xatosi 0.5.- 1% dan oshmaydi. Bular asosan boshqa turdagi asboblarni ishlatish mumkin bo‘lmagan ‘ollardagina qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |