Fransuz fizigi A.Bekkerel uran tuzlarining fotoplastinkasi yoritishini payqab qolib, radioaktivlikni kashf qilindi. U bu tuzlarning nurlanishi lyuminoforlarning chaqnashini yuzaga keltirishini va elektroskopni zaryadsizlantirishini aniqladi.
Keyinchalik yadro nurlanishlarini qayd qilish usullari ancha mukammallashtirildi va yadro nurlanishlarini o‘lchash asboblari uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Masalan, ionlanish kamerasi elektroskopdan ancha ishonchliroqdir (7.9-rasm). Kameraning gaz bilan to‘ldirilgan ish hajmida elektronlar va alfa - zarralar ionlar va elektronlardan iborat iz qoldiradi - zanjirda tok hosil bo‘ladi. Tokning kattaligidan kamera hajmidan o‘tayotgan zarralar oqimi ‘aqida fikr yuritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |