“Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/52
Sana21.05.2023
Hajmi1,76 Mb.
#941923
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   52
Bog'liq
Shaxs psixologiyasi UMK

A.F.Lazurskiy 
shaxs konsepsiyasining asosida shaxsning ijtimoiy muhitga 
moslashuvi bo’lib, u keng ma’noda tushuniladi. Shaxsning atrof-muhitga 
moslashuvi har xil: quyi, o’rta, yuqori. Bu darajalar shaxsning rivojlanish 
darajasini belgilaydi. 
L.S.Vigotskiy (1896) – metodolog psixolog, ko‘p yillar davomida bola 
psixikasini o‘rganishda emperik usullardan foydalanish programmasi ustida ish 
olib borgan. 10 yil davomida olib borilgan tinimsiz va intensiv izlanishlar orqali 
u 180 dan ortiq asarlar yozib qoldirgan. Bu asarlar orasida “San’at 
psixologiyasi”, “Fikr va nutq”, “Pedagogik psixologiya”, “Psixologik krizisning 
tarixiy mazmuni” kabi asarlari mashhurdir. Vigotskiy alohida e’tibor qaratgan 
“Markaziy kategoriga insonni ongi edi.Vigotskiy marksizm g‘oyalariga asoslanib, 
psixik o‘zgarishlarga tavsif qidirishga harakat qildi. 
Ichki psixik jarayonlarni tushunish uchun inson organizmi doirasidan chiqib, 
uning atrof- muhit bilan bo‘ladigan munosabatini o‘rganish kerak edi.
Uning konsepsiyasi ma’naviy- tarixiy deb atash mumkin edi, chunki ong va 
psixik jarayonlarga interpretasiyani faqatgina ularning rivojlanishi va qurilishi 
orqali berish mumkin edi. Vigotskiyning asosiy g‘oyasi, yuqori psixik 
funksiyalarning rivojlanishini tasqidlash bilan bog‘liq edi. Ular yosh bolada 
kattalar bilan muloqot davomida rivojlanadi. Vigotskiyning fikricha, rivojlanish, 
ma’naviy belgilarni ularning ichida eng soddasi bo‘lgan so‘zlarni o‘zlashtirish
bilan bog‘liq bo‘ladi. Oliy psixologiyaga doir muammolar bilan birga insonda 
tug‘ilishdan mavjud bo‘lgan funksiyalar xususida ham bahs yuritiladi. 
Vigotskiyning fikriga ko‘ra rivojlanish ikki yo‘nalishga bo‘ladi: 
Bola rivojlanishida bu ikki yo‘nalish ham ishtirok etadi, va biz ularni izchil 
holatda filogenezda uchratishimiz mumkin: bular; biologik va tarixiy, tabiiy yoki 
ma’naviy xulqning rivojlanishidir. Ontogenezda bu ikki jarayonlar o‘z 
parallellariga egadir.
Tabiiy funksiyalar bular mexanik xotira, e’tibor, obrazli fikrlarning organik
rivojlanishi bo‘lib, ular tashqi muhit bilan bo‘lgan aloqa davomida shakllanadi. 
Oliy psixik funksiyalarga – mantiqiy xotira, dunyoqarash, tushunchalarda 
fikrlash. Birinchi-tabiiy stimul reaksiya prinsipi asosida, ikkinchisi esa qonun 
bilan rivojlanadi.


43 
Vigotskiy ikkita gipotezani oldinga surgan:
1)
Oliy psixik funksiyalarning tarqalishi; 
2)
Tashqi integratsiya yo‘li orqali ichki faoliyatning vujudga kelishi. 
Izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, xulq atvorni o‘zlashtirish avval tashqi (sotsial) 
planda, kattalar bilan muloqot davomida rivojlanadi va shundan so‘ng funksiyalar 
ichiga aylanadi. Bu qonuniyat , ma’naviy rivojlanishning umumgenetik qonuni 
deb ataladi. Shaxsning shakllanishi, Vigotskiyning fikricha, moddiy rivojlanishni 
aks ettiradi. Uning fikricha bola shaxsi bilan moddiy rivojlanish o‘rtasida teng 
belgisini qo‘yishimiz mumkin. Shaxs shunday tarixiy rivojlanishda shakllanadi. 
Shaxsning ko‘rsatkichi deb tabiiy va oliy psixik funksiyalar ko‘rinishida 
ko‘rishimiz mumkin. Insonda qancha ma’naviy funksiyalar ko‘p bo‘lsa unda 
shuncha dunyo va o‘z xulq-atvori ustidan bo‘lgan hukmronligi kuchayadi.
A.N.Leontyev (1903-1979) – psixolog, ilm tashkilotchisi, faoliyat nazariyasi 
asoschisi. Uning asarlari orasidan “Psixika rivojlanishi”, “Faoliyat, ong, shaxs”, 
kabilari mashhurdir. Leontyev konsepsiyasi inson rivojlanishida ijtimoiy 
determinatsiyaning o‘rni haqidagi qarashni ma’qullab, qaysidir ma’noda 
Vigotskiy yo‘lini davom ettirgan. Leontyevning shaxs teoriyasi asosiy prinsipi 
yordamida insonning natural faoliyatini tushunish bilan ifodalash mumkin. Uning 
konsepsiyasining asosiy tushunchasi bu faoliyat kategoriyasidir. Faoliyat 
fenomeni sabab, atrof olam ta’sirida yuzaga keladigan jarayon tekshiriladi. 
Faoliyatning asosiy formasi uning tashqi faoliyatidir. Daliliy ma’nosi bu 
so‘z ma’nosi bilan solishtiriladi. Leontyev ta’kidlab o‘tganidek, ma’no faqatgina 
bitta tushunchaga taalluqli bo‘la olmaydi, chunki harakatni individ bajarmaydi. 
Tarixiy rivojlanishning tashqi faoliyat davrida ichki funksiyalar yuzaga kelishi 
mumkin, ular tez shakllanib 2ta formaga aylanadi. 
Predmetli faoliyatda asosan o‘z-o‘zini ta’minlay oluvchi-harakat va 
operatsiyalar ajralib chiqadi. Ichki faoliyatda motiv va maqsad shularga kiradi. 
Butun bir faoliyatni o‘rganishdan maqsad ichki sistema bog‘lanishlar va 
munosabatlarni tadqiq qilishdir. 
Leontyev fikricha shaxs bu faoliyatning ichki momenti, shaxs tushunchasi 
asosan individ tushunchasi bilan adashtiriladi. “Individ” tushunchasi konkret 
subyektning bo‘linmasligi, butunligi va o‘zgacha ekanligini ifodalaydi. Individ 
filogenetik va ontogenetik rivojlanishning so‘nggi mahsulidir. Shaxs strukturasi 
motiv va faoliyat orqali yuritiladi. Uning ta’kidlashicha, insonning alohida 
psixologik yoki sotsial-psixologik tomonlaridan kelib chiqgan holatda “Shaxs 
strukturasini” hosil qilish mumkin emas, bu shaxs o‘zagida unga o‘rnatilgan 
genetik programmalarida, uning mavjud salohiyatida emas, balki bilimi va 
faxmidadir.
Shaxs analizi birligida shaxs mazmuni inson ongida motivni maqsadga 


44 
bo‘lgan munosabati sifatida o‘rtaga chiqadi. Shaxs mazmuni shaxs analizi sifatida 
o‘rtaga chiqa olmaydi, chunki uning haqiqiy ko‘rinishi individ bilan bo‘lgan 
munosabati bilan o‘lchanadi. Mazmun bu haqiqatning umumlashtirgani bo‘lib 
asosan so‘z va gaplarda kristallashib, fiksirlashib boradi. Bu jamoa tajribasining 
ideallashtirilgan ruhiy shaklidir.
Leontyev faoliyat motivining o‘zgarishi shaxs mazmuni o‘zgarishi bilan 
birga amalga oshiriladi. Misol uchun, talaba tomonidan kitobning mutolaa 
qilinishi uning maqsadini ifoda etadi. Uning motivi esa mutolaa qilish orqali 
kelajakdagi kasbga tayyorlash yoki imtihonga tayyorlashdir. Shaxs fikrlarini 
o‘rganish muammolarini Leontyev ishlab chiqqan g‘oyalar asosida o‘rganishni 
psixologiyaning turli xil jabhalarida qo‘llaniladi.
Rubinshteyn (1889-1960) mashhur psixolog, faylasuf va psixolog, fikrlash 
psixologiyasi muammosi ustida tadqiqotlar olib borgan, psixologiya asoslari 
yaratuvchisi, “Umuman psixologiya asoslari” nomli darslik muallifi. “Ijodiy 
faoliyat prinsipi” maqolasida u ongni aktiv faoliyat deb baho berdi. Bu g‘oya 
asosida ong birligi va faoliyati prinsipini yaratadi. Ong birligi va faoliyat haqidagi 
g‘oyalar psixologiya rivojlanishining ayni bir etapida vujudga kelgan bo‘lib, XX 
asrning 30-40 yillarida introspektiv psixologiya va biheviorizm bilan bog‘liq 
muammolarni hal qilish uchun ham vujudga kelgan. Ong birligi va faoliyat 
tasdiq’i ong va psixikani passiv bir mavjudlik deb emas, subyekt faoliyati, real 
individ va inson faoliyati uni atrof-muhit bilan bo‘lgan munosabati jarayoni 
o‘rganiladi. 
Rubinshteyn alohida ta’kidlab shuni aytadiki, insonga faqatgina faoliyat 
emas balki shaxs ham tanlov huquqiga ega holda ta’sir o‘tkazish kuchiga egadir. 
Shaxsni o‘rganish davomidagi muhim daqiqalardan biri, Rubinshteyn fikricha 
faqatgina faoliyatini yoki hayot emas bundan kengroq jabhalarnio‘z ichiga oladi.
V.S.Merlin (1898-1982) shaxsining integral nazariyalarini ishlab chiqadi va 
quyidagi bosqichlarini ko‘rsatdi.
1. Biokimyoviy 
2. Somatik
3. Neyrodinamik
4. Psixodinamik (temperament bosqichi) 
5. Shaxs 
6. Jamiyatdagi sotsial roli. 
Bu bosqichlarni orasida bir tomonlama. Aksincha ko‘ptomonlama bog‘liqlik 
bor, ya’ni bir bosqich bir vaqtda bir necha bosqichda aloqada bo‘ladi. 
Temperament bosqichda quyidagilarni farqlaydi.
Ekstraversiya - obyektiv holatdan kelib chiqib, psixik o‘zini tutish.
Sergaklik- to‘siq bo‘layotgan holatda qochish orqali reaksiyaga kirishish.


45 
Reaktivlik- xatti-harakatga shunday javob qaytarish. 
Impulsivlik- tezlik undaemotsiyalar xatti- harakatning kuchi. 
Emotsiyalarni uyg‘onishi qo‘yilgan maqsadga aktiv harakat qilish. Shaxsiy 
faoliyat haqida gapirdanda, shuni nazarda tutganki, psixologik vositalarning 
tizimi shundayki, inson o‘zining shaxsini ko‘rsatish uchun harakat siz ulardan 
qochadi. Temperament B.S.Merlin fikricha ko‘ra, o‘zgartirish mumkin emas, 
chunki u genetik joylashtirilgan, lekin uni kompensatsiya qilsa bo‘ladi. 
Uning eng mashhur ishlaridan biri – “Temperament nazaryalari to‘g‘risidagi 
ocherk”, “Eksperimental shaxs psixologiyasi”, “Shaxsning integral tadqiqotlari”.
Shaxs psixologiyasining zamonaviy tadqiqotlari.
XX-asrning 80-90 yillarida shaxs psixologiyasining rivojlanish bosqichi 
bo‘ldi. Bu bosqichning asosiy xususiyatlari K.A.Abulxan-Slavga ko‘ra 
quyidagicha: 
- Haqiqiy shaxsga qaratilgan tadqiqotlar 
- Shaxs psixologiyasining etikaga o‘zini tutishning tomonlariga tafakkur va 
motivatsiyaga yaqinlashgan 
- B.F.Lomovning tizimli yondashuvi “shaxs psixologiyasi”ning asosiy 
muammolariga aniq yondashuv. 

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish