MIDDLE
|
Rasmning o’rtasi joriy (rasmdan keyingi) satrning tagiga tekislanadi
|
ABSMIDDLE
|
Rasmning o’rtasi joriy satrning o’rtasiga tekislanadi
|
BOTTOM
|
Rasmning quyi chegarasi joriy satrning tagiga tekislanadi
|
ABSBUTTOM
|
Rasmning quyi chegarasi joriy satrning tagchizig’iga tekislanadi
|
TOP
|
Rasmning yuqori chegarasi joriy satrning eng katta elementiga tekislanadi
|
LEFT
|
Rasm chap hoshiyaga tegib turadi, matn rasmni o’ng tomoniga yoziladi
|
RIGHT
|
Rasm o’ng hoshiyaga tegib turadi, matn rasmni chap tomoniga yoziladi
|
Masalan: 1. yozuvi web-sahifaga “kub.bmp” rasmini matnning joriy satrini eng katta elementiga tekislaydi:
2. yozuvi web-sahifaga “kub.bmp” rasmini o’ng hoshiyaga tegizib, rasmning yuqori chegarasi joriy satrning eng katta elementiga tekislaydi va joriy satr rasmni chap tomoniga yoziladi:
Shuni ta’kidlash joizki, web-sahifada matn va rasmning joylashish holatlari matn formatiga xos teglarning ishlatilishiga ham bog’liq, buni ko’rish uchun yuqoridagi misollardan ikkinchisida
tegini olib tashlashning o’zi kifoya.
Web-sahifaga rasmni joylashtirish bilan birga, uning o’lchamlarini ham o’zgartirish mumkin. Buning uchun WIDTH (eni, kengligi) va HEIGHT (bo’yi, balandligi) parametrlaridan foydalaniladi. Mazkur buyruqlar yordamida web-sahifaga joylashtirilayotgan rasmning eni va bo’yi piksellarda yoki rasmning asl o’lchamiga nisbatan foiz hisobida beriladi. Rasmning o’lchamlarini foiz hisobida berilishi qulay (ba’zi brauzerlar fozni qabul qilmaydi). Masalan,
yozuvi mypic.jpg fayldagi rasmning asl o’lchamlari (jadvaldagi 130x100 pikselli rasm) qanday bo’lishidan qatiy nazar uni web-sahifaga 50x100 piksel o’lchamli qilib joylashtiradi:
R asm o’lchamlarini kattalashtirish uning sifatini yomonlashishiga olib kelishini unutmang! Rasmni biror grafik muhharir yordamida kerakli o’lchamga keltirib olib, so’ngra web-sahifaga joylashtirish maqsadga muvofiqdir!
Web-sahifaga rasm joylashtirilganda uning atrofida bo’sh joy bo’lmasligi, ya’ni, ekranda bu rasmga matn yoki boshqa rasm “yopishib” chiqishi mumkin (yuqoridagi 1-misol). Web-sahifadagi rasm atrofida bo’sh joy qoldirish (rasmdan chekinish) uchun HSPACE (rasmning chap va o’ng tomonidan bo’sh joy qoldiradi) va VSPACE (rasmning tepasi va tagidan bo’sh joy qoldiradi) buyruqlari qo’llaniladi. Qoldiriladigan bo’sh joy piksellarda beriladi. Masalan,
yozuvi web-sahifadagi rasmning (lola.jpg) o’ng, chap, tepa va pastki tomonlaridan kengligi 15 pikselga teng (ramkasimon) bo’sh joy qoldiradi:
Rasm atrofida (qora) ramka hosil qilish uchun BORDER (chegara) parametridan foydalaniladi. Bunda parametr qiymati sifatida ramka qalinligi piksellarda olinadi, ya’ni masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |