Tasdiqlayman «Iqtisodiyot
va menejment» kafedra mudiri
Ismailxodjayev A.I. ________
Kurs ishini bajarish uchun vazifa
“____________________Tarmoq Iqtisodiyoti________________________________________” fanidan
Mavzu: «Lokomotiv deposining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish rejasi»
Talabaning F.I.SH.: Yoqubov Javlonbek Kamollidin o’g’li
Gurux: Mn-57
Vazifani bergan o‘qituvchi F.SH.: __________________Sana________20___y.
Kurs ishining topshirish: ___________________ gacha.
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
O‘lchov birligi
|
Ko‘rsatkich miqdori
|
1
|
2
|
3
|
|
1
|
Yukli xarkatdagi lokomotiv brigadalarning xizmat ko‘rsatish uchastkasidagi ish xajmi:
|
Mlrd. tkm.brutto
|
|
- juft yo‘nalishda
|
6,8
|
- toq yo‘nalishda
|
5,5
|
2
|
Poyezdning ikki tortuvi uchun yo‘lovchi harakatining miqdori
|
Sutkada juft poyezdlar
|
20
|
3
|
Lok. brigadalari xizmat ko‘rsatish uchastkasining uzunligi
|
km
|
125
|
4
|
Yukli harakatda poyezdning o‘rtacha og‘irligi:
|
t
|
|
juft yo‘nalishda
|
4400
|
toq yo‘nalishda
|
4100
|
5
|
Poyezdlar harakatining o‘rtacha uchastka tezligi:
|
km/soat
|
|
Yo‘lovchi harakatida
|
60
|
Yukli harakatda
|
35
|
6
|
Poyezdlar harakatining o‘rtacha texnik tezligi:
|
km/soat
|
|
Yo‘lovchi harakatida
|
70
|
Yukli harakatda
|
40
|
7
|
Maxsus manyovr ishida band bo‘lgan lok.lar soni (TEM2)
|
lok
|
18
|
8
|
Xizmat ko‘rsatish uchun qabul qilingan lokomativ seriyasi
|
|
|
Yo‘lovchi harakatida
|
TEP70BS
|
Yukli harakatda
|
3TE10M
|
*1 va 2 ko‘rsatkichlar talabaning familiyasi bo‘iycha tanlanadi, 3,5 va 6 ismi, 4,7 va 8 otasining ismi.
KIRISH
Deponing asosiy faoliyati yuk va yo’lovchi tashish hamda xo’jalik ishlarida mashg’ul bo’lgan poezdlarni texnik jixatdan soz lokomotivlar bilan ta’minlash, texnik bekatlarda manevr ishlarini bajarish va poezdlarni tortish vositalarini ta’mirlashdan iborat. Depoda lokomotivlarni belgilangan turdagi joriy ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish ishlari olib borilishi bilan birga, lokomotiv brigadalari, lokomotivlarni ta’mirlovchi chilangarlar va boshqa toifadagi ishchilar jamlanadi, shuningdek depodagi ishlab chiqarish va xizmat – dam olish binolarini risoladagidek saqlab turish ishlari olib boriladi. Depoda ekipirovka va ombor xo’jaligi, lokomotivlarga texnik xizmat ko’rsatish punktlari va lokomotiv brigadalari shtablari mavjuddir.
Ixtiyorida lokomotivlar parki va ularga xizmat ko’rsatish qurilmalari kompleksiga mavjud bo’lgan lokomotiv deposining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: tashish jarayonini to’liq va uzluksiz ravishda texnik soz lokomotivlar bilan ta’minlash va ularga barcha xarakat yo’nalishlarida xizmat ko’rsatish; poezdlar harakatlanish jadvaliga so’zsiz amal qilish; teplovozlar xolatini yaxshilash, ularning unumdorligini oshirish; belgilangan ko’rsatkichlarni va me’yorlarni bajarish; texnik taraqqiyotga asoslangan holda ishlab chiqarish va moliyaviy resurslardan foydalanish jarayonida ularni tejash tamoyillariga qat’iy amal qilish va boshqalar.
Kurs ishining maqsadi va tarkibi
Kurs ishining asosiy maqsadi mustaqil ravishda lokomotiv deposining ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari istiqbolini, depo ishining aniq sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqish. Usulubiy ko‘rsatmalar asosini amaldagi buyruqlar va «O‘TY» AJ ning yo‘riqnomalari tashkil etadi.
Kurs ishi uslubiy ko‘rsatmada keltirilgan ketma-ketlikda bajariladi. Har bir bo‘lim ilovada keltirilgan jadval shakllarini to‘ldirish bilan tugatiladi. Kurs ishida bajarilgan barcha hisoblar to‘liq tushuntirishlar bilan bajarilishi talab etiladi.
Kurs ishi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
Korxonaning ishlab chiqarish dasturi;
Lokomotiv deposi ishining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari;
Lokomotiv deposining mehnat rejasi;
Lokomotiv deposining tashish bo‘yicha xarajatlari rejasi.
Kurs ishini bajarish uchun berilgan ma’lumotlar
yukli va yo‘lovchi harakatida lokomotiv brigadalar ikkita uchastkada ishlaydi;
yukli va yo‘lovchilar harakati uchun lokomotivlarning aylanish zonasida ish hajmi lokomotiv brigadarlarning ish hajmiga nisbatan 2,5 - 3 barobar ortadi;
yukli harakatda shartli bosib o‘tgan masofani poyezdlar boshida bosib o‘tgan masofaning 4-5%ga teng qilib olinadi;
yo‘lovchilar harakatida yordamchi masofa shartli masofaga tenglashtiriladi va poyezdlar boshida bosib o‘tgan masofadan 2-2,5% miqdorda qabul qilinadi;
manyovr ishida lokomotiv-soatni lokomotiv-kilometrga o‘tkazish uchun 1 lok-soat turib qolish vaqti - 1 km masofaga teng qilib olinadi, manyovr ishining 1 lok-soati esa - 5 km deb qabul qilinadi.
manyovr lokomotivlarining ekipirovkasi va texnik xizmat ko‘rsatishga 0,5 soat ajratiladi;
yo‘lovchi poyezdlarning o‘rtacha massa og‘irligi 1000t, uzun tarkibli poyezdlarda esa 1500t ga teng.
1. Korxonaning ishlab chiqarish dasturi 1.1. Lokomotivlardan foydalanish ko‘rsatkichlari va ularga ta’sir qiluvchi omillar
Deponing ish hajmi ko‘rsatkichlari lokomotiv brigadalari tomonidan xizmat ko‘rsatadigan yelka doirasida va aylanish zonasi uchun hisoblanadi.
Deponing ekspluatatsion faoliyati quyidagi hajm ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi:
Yuk va yo‘lovchi harakatida tonno-kilometr brutto;
Poyezd boshida lokomotiv-kilometrlar;
Yakka holda lokomotiv-kilometr;
Shartli lokomotiv-kilometr;
Chiziqli lokomotiv-kilometr;
Umumiy lokomotiv-kilometrlar.
1.1.1. Yo‘lovchi harakatida
Yo‘lovchi harakatida tonno-kilometr brutto quyidagi formula orqali aniqlanadi:
=3.285*106*1000=3.285 mlrd. t-km brutto.
Lokomotivlarning poyezd boshida bosib o‘tgan yillik masofasi quyidagi formula orqali hisoblanadi:
=2*18*125*365*2=3.285 mln. lok-km,
bu yerda:
– uchastkadagi yo‘lovchi poyezd juftliklari soni;
- lokomotiv brigadalarining xizmat ko‘rsatadigan yelka uzunligi;
365 – yildagi kunlar soni;
– brigada xizmat ko‘rsatadigan uchastkalar soni.
Shundan so‘ng lokomotivlarning bosib o‘tgan masofalari aniqlanadi.
Yo‘lovchi harakatida lokomotivning yakka holda yurishi nolga teng.
Shartli masofa poyezdlar boshida bosib o‘tgan masofadan belgilangan miqdorda qabul qilinadi. Shartli-yordamchi bosib o‘tilgan masofa yakka holda va shartli bosib o‘tilgan masofa yig‘indisiga teng.
=(2/100)*3.285*106=65.7 mln. lok-km,
=65.7 mln. lok-km.
Umumiy masofa chiziqli masofa bilan shartli masofalar yig‘indisiga teng.
Umumiy tonno-kilometr brutto:
=6.8*109+5.5*109=12.3 mlrd. t-km br.
Poyezdlar boshida bosib o‘tilgan masofa quyidagi formula orqali aniqlanadi:
=1.5454+1.3414=2.8868 mln. lok-km,
= 6.8*109/4400= 1.5454 mln. lok-km,
= 5.5*109/4100=1,3414 mln. lok-km
bu yerda:
- lokomotiv brigadalarning hizmat ko‘rsatish yelkasidagi tonno-km bruttosi;
- poyezdlarning brutto og‘irligi, t.
Lokomotivlarning yakka holda bosib o‘tgan masofasi juft va toq yo‘nalishlarda bosib o‘tgan masofalar ayirmasi farqi orqali aniqlanadi.
=1.5454-1.3414=0.204 mln. lok-km.
Shartli masofa poyezdlarning boshida bosib o‘tgan masofasidan berilgan foiz bo‘yicha qabul qilinadi.
=2.8868*0.04=0.1154 mln. lok-km.
Shartli-yordamchi masofa lokomotivlarning yakka holda va shartli bosib o‘tgan masofalarning yig‘indisiga teng. Chiziqli masofa esa poyezdlarning boshida va yakka
holda bosib o‘tgan masofalarning yig‘indisidan iborat.
=2.8868+0.204=3.0808 mln. lok-km.
Lokomotivlarning umumiy bosib o‘tgan masofasi chiziqli va shartli masofalarning yig‘indisiga teng.
=3.0808+0.3194=3.3901 mln. lok-km.
1.1.3.Maxsus - manyovr lokomotivlarning ishi
Depoda maxsus - manyovr lokomotivlarning ishi manyovr lokomotivlar sonidan kelib chiqqan holda lokomotiv - soat va shartli bosib o‘tilgan lokomotiv - kilometrlar bo‘yicha e’tiborga olinadi.
Maxsus - manyovr lokomotivlarining lokomotiv-soati quyidagiga teng:
=18*23.5*365=154.395 ming lok-soat.
Ishchi holatda turganda:
=18*0.5*365=3.285 ming lok-soat.
Yig‘indisi:
=154.395+3285=157.68 ming lok-soat.
Manyovr lokomotivining shartli masofasi lokomotiv km. da boshlang‘ich ma’lumotlar asosida hisoblanadi.
=154395*5+3285*1=775.26 ming lok-km,
bu yerda:
– maxsus manyovr ishlaridaband bo‘lgan lokomotivlar soni.
- lok-soatlarni lok-kmlarga aylantirish koeffitsientlari (boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘yicha).
Xisob-kitoblar natijasi 1-ilovaga kiritiladi.
1.2. Lokomotivlarning ta’mirlash dasturi
Texnik xizmat ko‘rsatish va lokomotivlarni ta’mirlash dasturi har bir harakatlanuvchi tarkib seriyasi bo‘yicha alohida hisoblanadi. Ta’mir sonlari quyidagicha aniqlanadi: poyezdli lokomotivlar uchun lokomotivlarning aylanish zonasida bosib o‘tgan masofasi va masofalarning ta’mirlararo me’yoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi; manyovr va xo‘jalik ishlaridagi lokomotivlar bo‘yicha esa lokomotivlarning biriktirilgan parki va ishning ta’mirlararo muddatidan kelib chiqqan holda hisoblanadi (1-jadval).
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |